Rah im o V v. R., Ubayd ullayev n. U


 - § . Loyihalashning me’yoriy bazasi



Yüklə 7,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/162
tarix20.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#128599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
SHaxta va rudniklarni loyihalash asoslari

2 - § . Loyihalashning me’yoriy bazasi
Konni qazib olish sanoat korxonasi loyihasini ishlab chiqarish 
Davlat tizimi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihaiash 
va qurilish me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlanadi.
M e’yoriy 
hujjatlar sanoat obyektlarini loyihaiash va qurishda 
yagona talablar o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Bu hujjatlar qurilish 
sifatini yaxshilash, qurish muddatini qisqartirish, smeta narxini 
kamaytirish (arzonlashtirish), atrof-muhitni muhofazalash, tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi.
Bulardan tashqari me’yoriy hujjatlar loyihalashning asosiy 
yo‘nalishini va loyihada progressivyechimlarqabul qilish imkonini 
yaratib, 
texnologik jarayonlarni 
mexanizatsiyalash, 
avtomatlashtirish va qurilishni tashkil etishda ilg'or usullarni 
qo'llashga imkon beradi.
Loyihalashning me’yoriy bazasi: Davlat standartlari, har xil 
me’yoriy hujjatlar va direktiv ko‘rsatmalardan tashkil topadi.
Direktiv hujjatlarga 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlari va boshqa loyihaiash ishlariga va foydali qazilma 
konlarini ishlatishga taalluqli bo'lgan hujjatlar kiradi. Masalan, 
0 ‘zbekiston Respublikasining Yer osti boyliklaridan foydalanish 
haqidagi 13.12.2002-yil 444-11-sonli qarori, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining qonun kuchiga ega 
bo'lgan Litsenziyalash haqidagi 12.05.2001-yil 222-11-sonli qarori, 
0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 22.05.2006-yil 92- 
sonli qarori bilan tasdiqlangan Ekspertizalash haqidagi qarori, 
0 ‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqarishning xavfli obyektlarida 
«Sanoat xavfsizligi haqida»gi 28.09.2006-yildagi 3— RU-57 raqam 
bilan tasdiqlangan davlat qonuni, me’yoriy hujjatlarga idora, 
boshqarma, vazirliklarni konni qazib olish sanoat tarmog‘ining va
II


boshqa nazorat tarmoqlarining konlarni qazish ishlariga tegishli 
bo'lgan hujjatlari ham kiradi.
Ko'rsatilgan hujjatlardagi talablarga, konchilik korxonalarini 
loyihalashda to'liq rioya qilinishi shart.
Bunday va shunga o'xshash hujjatlar bo'lmaganida «Gosstroy» 
qurilish me’yori va qoidasi (S N IP ) va sobiq umumittifoq 
texnologik loyihalash me’yori (O N TP) dan foydalanish tavsiya 
etiladi, agar bu hujjatlar O'zbekiston Respublikasining mavjud 
me’yoriy hujjatlariga zid bo'lmasa. Qurilish me’yori va qoidasi 
(S N IP ) olti qismdan iborat bo'lib, uning har bir qismi guruhlarga 
bo'linadi. Masalan: ikki qismli loyihalash me’yori, 12 guruhdan 
iborat me’yoriy hujjatlarga ega. Shular jumlasiga, 09 guruhi ham 
sanoat korxonasini, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, unga 
yer osti kon lahimlarini loyihalash, qurilish me’yori va qoidalari 
ham kiradi.
Qator ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash kon qazish 
sanoatining har xil tarmoq va rudniklari uchun umumiydir. 
Masalan, shaxtani ko'tarisK qurilmasi, yer osti transporti, konni 
shamollatish, yer osti suvinivhiqarib tashlash va boshqalar. MDH 
davlatlari tomonidan qabul qilingan, loyihalashdagi yagona 
texnologik me’yoriy hujjat asosida loyihalanadi. Boshqarma 
(tarmoq) me’yoriy hujjatlariga: etalonlar, ishlab chiqarilayotgan 
loyiha-smeta tarkibini aniqlovchi hujjatlar, tarmoq tomonidan 
ishlab chiqarilgan xavfsizlik qoidalari, texnikaviy ekspluatatsiya qilish 
qoidasi, ayrim ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashdagi e’tibor 
beriladigan har xil hujjatlar ham kiradi (shamollatish bo'yicha, 
shaxtada degazatsiyalash ishlari olib borilishi bo'yicha, transport 
bo‘yicha va boshqa hujjatlar). Masalan, rangli metallurgiya 
korxonalarida rudani yer osti usulida qazib olishni loyihalash 
texnologik me’yori. Shunga o'xshash me’yoriy hujjat qora 
metallurgiya, ko'mir, kon-kimyo sanoati tarmoqlarida ham mavjud.
Kon qazib olish sanoati korxonalarini loyihalash uchun 
qo'llanishi shart bo'lgan hujjatlar: Kon-texnika davlat nazorati 
inspeksiyasi, Sanitariya inspeksiyasi, Davlat standartlash va 
Gidrometeorologiya vazirligi, departamentlaming qoida va me’yoriy 
hujjatlariga ham rioya qilib loyihalash shart bo'lgan talablardir.
12



Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə