Rah im o V v. R., Ubayd ullayev n. U


-§. Boshlang‘ich ma'lumotlar



Yüklə 7,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/162
tarix20.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#128599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
SHaxta va rudniklarni loyihalash asoslari

3-§. Boshlang‘ich ma'lumotlar
Odatda, loyiha tuzish va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash 
uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni Bosh loyihachi yoki uning 
tavsiyasiga muvofiq maxsus tashkilot, loyihaga buyurtma beruvchi 
tashkilot yoki shaxs bilan alohida kelishilgan shartnoma asosida 
tuzish mumkin, lekin o‘z korxonasini loyihalash uchun 
boshlang‘ich ma’lumotni buyurtmachining o‘zi tuzishi maqsadga 
muvofiq kcladi.
Konni qazib oluvchi sanoat korxonasini loyihalash uchun asosiy 
boshlang‘ich materiallarga quyidagilar kiradi: foydali qazilma 
konlarini ishlatish huquqini beruvchi litsenziya, yer ostini 
ishlatishga ruxsat etilgan maydonning sxemasini tushuntirish matni 
bilan yer ostidan foydalanishdagi operatsiyalarini amalga oshirish 
kontrakti: loyihalanadigan binolar, inshootlar ro‘yxati, geologik 
ma’lumotlar, shu jumladan, rudalarning sanoat zaxirasi va ruda 
tarkibidagi foydali birikmalarning miqdori, umumiy qurilish 
inshootlari haqidagi ma’lumotlar, elektr ta’minoti haqida ma’lumot, 
transport, suv ta’minoti, kanalizatsiya (oqova suv), issiqlik manbayi 
va ta’minoti, korxona tovar mahsulotining bozor bahosi, mehnat 
unumdorligi, uning me’yoriy oMchamlari haqida u yoki bu ishni 
bajarish uchun mehnat sarfi me’yorlari va boshqalar ko'rsatiladi.
4 - § . Loyihalashga topshiriq tuzish
Yangi yoki ishlab turgan konchilik korxonasini qayta qurishni 
loyihalashga topshiriq qabul qilingan biznes-reja yoki texnik- 
iqtisodiy asoslash (TIA)ga muvofiq tuziladi. Ruda qazib olish 
korxonasini loyihalashga beriladigan topshiriqda quyidagi 
ma’lumotlar keltiriladi: korxonaning nomi, loyihalash uchun asos, 
qurilish uchun ajratilgan yer maydoni haqidagi ma’lumotnoma, 
ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi haqida ma’lumot, 
foydali qazilmaga xarakteristika va uning sifati haqida ma’lumot, 
foydali qazilmaning tasdiqlangan sanoat zaxirasi, korxonaning ishlab 
chiqarish quvvati, ishlash rejimi, foydali qazilmani iste’mol 
qiluvchilar haqida ma’lumot, asosiy texnologik jarayonlar, uskuna 
va mashinalar haqida ma’lumot, elektr energiya manbayi, suv
13


Konchilik korxonasining loyihasida quyidagi asosiy masalalar 
o‘z yechimini topadi: shaxta maydoni doirasidagi sanoat 
zaxirasining chcgarasi, yillik qazib chiqarish quvvati, shaxtaning 
xizmat qilish muddati va rudnikning ishlash rejimi, konni ochish 
usuli, shaxta maydonini ishga tayyorlash, foydali qazilmani qazib 
olish texnologiyasi, qazib olish tizimidagi ishlarni va tayyorlovchi 
lahimlar o‘tkazishni mexanizatsiyalashtirish yechimi, kon 
transport vositalari va sxemasi, shu jumladan stvol oldi 
lahimlaridagi, yer yuzasidagi transport, ko‘tarish qurilmasi, 
shamollatish, shaxtadan sizot suvni chiqarish, elektr energiya 
ta’minoti, pnevmatika xo'jaligi, korxonani avtomatik tizimda 
boshqarish, atrof-muhitni muhofazasi, qurilishning smeta narxi 
va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, mehnat unumdorligi, qazib 
chiqarilgan mahsulotning tannarxi, rentabelligi, mexanizatsiya 
va avtomatizatsiyalash darajasi, kapital qo'yilmalarning iqtisodiy 
samaradorligi va boshqalar, konchilik korxonasini ekspluatatsiyaga 
topshirilganidan keyin loyihadagi qazib chiqarish quwatiga chiqish 
muddati, qurilish davrlarining davomiyligi loyihada o‘z yechimini 
topadi. Loyihadagi variantlar yechimiga taalluqli materiallar, 
tavsiya etilgan variantidan tashqarisi loyiha tarkibiga kiritilmaydi, 
agar zarurat yoki ehtiyoj bo'lib qolsa, ekspertiza yoki loyihani 
tasdiqlovchi instansiyaga taqdim etiladi. Loyihaga buyurtma 
beriladigan uskunalar spetsifikatsiyasi ilova qilinadi. Shu 
spetsifikatsiyaga muvofiq texnologik, energetik, ko‘tarish va 
tashuvchi transport vositalariga, nasos-kompressorlar va boshqa 
uskunalarga ham buyurtmalar ro‘yxatga kiritiladi.
Yer osti usulida qazib oladigan konchilik korxonasining loyihasi 
oda^da 10-12 tomdan iborat bo'ladi. Har bir tom bir necha 
kitoblardan, har bir kitob esa bir necha boblardan iborat boMib, 
mazmuni taxminan quyidagicha:


Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə