Rah im o V v. R., Ubayd ullayev n. U


 - § . Loyiha-sm eta hujjatlarini kelishish va tasdiqlash



Yüklə 7,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/162
tarix20.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#128599
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   162
SHaxta va rudniklarni loyihalash asoslari

8 - § . Loyiha-sm eta hujjatlarini kelishish va tasdiqlash
Tasdiqlashga taqdim etilayotgan loyiha materiallari (ishchi- 
loyiha) ni loyihaiash instituti rahbarlari tomonidan imzolanadi: 
loyihani tushuntirish matnini (titul varag'ini) institut direktori, 
bosh muhandis, loyiha bosh muhandisi va yana loyihaning bosh 
rejasi bosh muhandis va loyiha bosh rejasi smetasi bo'limi boshlig'i 
va ijrochi shaxslar tomonidan ham imzolanadi.
Boshqa materiallarni loyiha bosh muhandisi, bo‘lim boshlig'i, 
me’yorlarga rioya qilish ishlari nazoratchisi va loyihani ishlab 
chiqargan shaxs imzolaydi; smeta hujjatlari belgilangan shaklga 
muvoflq mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi.
Loyiha (ishchi loyiha) va ishchi hujjatlar bosh loyihalovchi 
institut tomonidan buyurtmachiga asosan 4 nusxada, sub-pudratchi 
loyihalovchi bosh institutga 5 nusxada topshiradi. Obyekt va lokal 
smetalar buyurtmachiga belgilangan sonidan bir nusxa ortiq beriladi.
Rudnikni qurish uchun tuzilgan loyiha-smeta hujjatlari amaldagi 
me’yoriy hujjatga, qoidalaiga, yo‘riqnomalaiga va davlat standartiga 
mos tuzilgan bo'lsa, davlat nazorat organlari bilan kelishish shart 
emas, shu jumladan loyiha kompleksiga kiruvchi ishchi chizmalar 
ham.
Yuqorida keltirilgan hujjatlardan chekingan holda tuzilgan 
loyiha hujjatlari tegishli nazorat organlari bilan kelishilgan bo'lishi 
shart. Bunday kelishish ishlari nazorat organlariga loyiha-smeta 
hujjatlari taqdim etilgandan so'ng 15 kun muddatida, alohida 
holatda 30 kun ichida ko'rib chiqib, loyiha hujjatlari asoslangan 
bo'lsa, kelishilganligi haqida hujjat rasmiylashtiriladi.
Buyurtmachi loyihani «qurilishni tashkil etish» bo'limini va 
ishchi chizmalar asosida tuzilgan smeta hisoblarini bosh pudratchiga 
ko'rib chiqib kelishilganligini rasmiylashtirish uchun topshiradi.
Bosh pudratchi loyiha smeta va ishchi chizmalarini ko‘rib 
chiqib, 45 kun ichida belgilangan tartibda loyiha-smetadagi 
kamchiliklar ko'rsatilgan va ularni tuzatish zarurligi ko'rsatilgan
25


hujjat buyurtmachiga topshirilmasa, loyiha-smeta hujjatlar 
kelishilgan hisoblaniladi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi 
mumkin, agar kamchiliklar ko‘rsatilsa buyurtmachi bosh 
loyihachiga ko'rsatilgan kamchiliklami biroy muddatda tuzatishni 
so'rab talabnoma yuboradi.
Konchilik korxonalarining loyihasi albatta davlat ekspertizasidan 
o'tgandan keyingina tasdiqlashga taqdim etiladi.
Loyiha (ishchi loyiha) agar loyihalangan korxonaning quyidagi 
ma’lumotlari keltirilgan bo'Isa korxona buyrug'i, vazirlik, respublika 
hukumati qarori bilan tasdiqlanishi mumkin:
1) korxona (rudnik)ning nomi, uning joylashgan o‘mi;
2) qurilish xarakteri (yangi rudnik, kengaytirilayotgan texnikaviy 
jihatdan qayta uskunalanayotgan);
3) rudnikning yillik ruda qazib chiqarish quwati, t/yil va yillik 
ishlab chiqariladigan tovar mahsulotining natural o'lchami million 
so'm yoki dollardagi qiymati;
4) qurilishning umumiy smeta qiymati, shu jumladan:
a) qurilish-jamlash ishlarining smeta qiymati;
b) ishlab chiqarishga mo'ljallangan obyektlar;
d) uy-joy qurilishi obyektlari;
e) sog'liqni saqlashga xizmat qiluvchi, madaniy-maishiy va 
ta’lim-tarbiya obyektlari;
0 qurilish sanoati obyektlari;
5) asosiy fondlar qiymati, shu jumladan, ishga tushiriladigan 
ishlab chiqarishga mo'ljallangan barcha obyektlar va qurilish 
jarayonida ishdan chiqadigan obyektlar qiymati;
6) yillik qazib chiqariladigan mahsulot birligiga to'g'ri keladigan 
solishtirma kapital qo'yilmalar miqdori;
7) ishlovchilar soni;
8) ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligi, ming so‘m/yil 
yoki doll/yil;
9) ishlab chiqarishga mo'ljallangan obyektlar bo'yicha 1 so'm 
yoki shunga to'g'ri keladigan dollarli asosiy fonddan olingan 
mahsulot, fondning qaytarilishi so'm yoki doll, bilan o'lchanadi;
10) ekspluatatsiya xarajatlari so'm/yil yoki doll/yil;
11) foyda miqdori so'm/yil yoki doll/yil;
26


12) ishlab chiqarishning rentabclliligi;
13) kapital qo'yilmalarning o‘z-o‘zini qoplash muddati;
14) qurilishning davomiyligi.
Rudnikning qurilishini boshlashni rejalash va uning moliyaviy 
ta’minotini yechishining asosi tasdiqlangan loyihasi bo‘lib, asosiy 
uskunalarga buyurtma berish kapital qurilishni boshlashga 
shartnoma tuzishga imkon yaratadi.
Nazorat savollari:
/. Loyiha tuzishga topshiriq berish uchun buyurtmachi qanday hujjatlami 
loyihalash institutiga taqdim etishi kerak?
2. Loyihalashning me'yoriy bazasi deganda qanday hujjatlar tizimini 
tushunasiz?
3. Loyihalash uchun taqdim etilgan boshlang'ich та 'lumotlarda qanday 
ko'rsatkichlar o‘z aksini topadi?
4. Loyihani tayyorlash uchun loyiha bosh muhandisi kirn tomonidan 
tayinlanadi va и qanday ishlarni amalga oshiradi?
5. 0 ‘zbekistonda konchilik sohasi boyicha loyihalash institutlarining 
qaysilarini bilasiz?
6. Bir bosqichli va ко ‘p bosqichli loyihalash ishlari qanday holatlarda 
amalga oshiriladi?
7. Tayyorlangan loyiha hujjatlari necha tomdan iborat bo'ladi?
8. Smeta hujjatlari necha bo'limdan iborat bo'ladi va ularda qaysi 
ishlaming narxi ko'rsatiladi?
9. Loyiha ishchi hujjatlarini tayyorlash qanday amalga oshiriladi va о ‘z 
ichiga qanday та ’lumotlami qamrab olgan bo'lishi kerak?
10. Loyiha-smeta hujjatlarini qanday davlat organ lari bilan kelishish 
kerak?
11. Loyiha hujjatlari kimlar tomonidan tasdiqlanadi?
27



Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə