Rah im o V v. R., Ubayd ullayev n. U


 -§ . Loyihaning ishchi hujjatlarini tayyorlash



Yüklə 7,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/162
tarix20.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#128599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
SHaxta va rudniklarni loyihalash asoslari

6 -§ . Loyihaning ishchi hujjatlarini tayyorlash
Korxonaning bino va inshootlarini qurish uchun ishchi loyiha 
hujjatlar asosiy loyihaga muvofiq ishlab chiqiladi.
Konchilik korxonasini qurish uchun ishchi hujjatlar tarkibiga 
quyidagilar kiradi:
1. Ishchi chizmalar GOST va qurilishdagi loyiha hujjatlar tizimi 
(Q LHT)ga muvofiq ishlab chiqiladi. S N IP 1.02.01—85 da 
belgilangan tartibga ko‘ra qurilishining smeta narxi aniqligiga xizmat 
qiluvchi uslubiy ko‘rsatmaga asoslanib yig‘ma smeta hisoblari 
tuziladi.
2. Qurilish-jamlash ishlari vedomosti va qurilishga sarflanadigan 
materiallarning yig‘ma (jamlama) vedomosti, ishga tushiriladigan 
bino va inshootlar qurilish loyihasi, smeta hujjatlari.
3. Yakka tartibda (individual) ishlab chiqariladigan uskuna- 
dastgohlarning konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash uchun 
buyurtma tavsiyanomasi G O ST 21 —40—82 uskunalar 
tavsivnomasida belgilangan shaklda tuzilgan boMishi kerak.
4. Ishchi chizmalar - asosiy hujjat bo‘lib, shu hujjatga muvofiq
18


konchilik ishlari, qurilish-jamlash va maxsus ishlar amalga 
oshiriladi. Buyurtma spetsifikatsiyasini joylashtirish uchun 
materiallar va yana chet mamlakatlardan keltiriladigan uskunalar 
ro‘yxati (vedomosti) va standartlashtirilmagan uskunalar, asboblar, 
armaturalar, kabel va boshqa seriyali ishlab chiqariladigan buyumlar 
ro4yxati ham loyihaga ilova qilinadi.
Loyiha bolimlarida javobgarshaxslaming imzolari bo'lishi kerak: 
titul varag‘i, umumiy tushuntiruvchi bayonnoma, texnik-iqtisodiy 
ko'rsatkichlar qismi va bosh rejalar. Loyihalagan institut direktori, 
bosh muhandisi (yoki loyihalagan tashkilot rahbarlari) va loyiha 
bosh muhandisi, qaysi vazifani bajarishidan qat’iy nazar, bo‘lim 
boshlig‘i va ijrochi tomonidan chizmalar imzolanadi.
Hisobot hujjatlari, tavsifnomasi va ro‘yxati (vedomostlar) 
hujjatda ko‘rsatilgan shaklda mansabdor shaxslar tomonidan 
imzolanadi.
Loyihaiash tashkiloti bosh loyihalovchi buyurtmachiga loyihani
4 nusxada topshiradi, maxsus loyihalovchi sub-pudratchi tashkilot 
bosh loyihachiga tayyorlagan loyihalarini 5 nusxada topshiradi.
Ishchi chizmalar umumiy ko‘rinishi bo‘yicha (planda va 
kesimining yuzasi) va detallashtirilgan chizmalarga boMinadi.
Ishchi chizmalar tarkibiga kiritilishi zarur bo'lgan hujjatlar:
— bosh sahifa, chizmalar ro'yxati bilan;
— konni ochish chizmalari, shaxta maydonini tayyorlash, qazib 
olish tizim ining chizm alari, shaxta stvolini uskunalash 
(armirovkalash) va kon lahimlarini mustahkamlash chizmalari, 
stvol oldi lahimlari chizmalari, transport tizimi (yuklovchi 
punktlar), qayta yuklovchi va jo'natuvchi qurilma va inshootlar, 
texnika xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarning chizmalari ham 
kiradi;
— konni qazib olish taqvimiy rejasi;
~ bosh rejaning chizmalari, unda yer osti va yer usti 
kommunikatsiyalari, transport yoMlari, hududni ko'kalamzorlash- 
tirilishi va obodonlashtirilishi kerak bo‘lgan joylar maxsus belgilar 
bilan chizmalarda qayd qilingan boMishi kerak;
~ qurilish maydoni sharoitiga bogMangan namunaviy va qayta 
qoMlaniladigan iqtisodiy samarali loyihalarni qoMlash;
19


— texnologik plan va chizmalar kesishishida unga texnologik. 
transport, energetik va boshqa uskunalar kiritilib qayd qilingan 
bo'lishi lozim;
— texnologik quvurlar, energiya ta’minotining tarmoqlari va 
qurilmalarini avtomatlashtirish, aloqa, signalizatsiya, suv quvurlari, 
kanalizatsiya, issiqlik tarmoqlari, shamollatish, gaz ta’minoti, havoni 
konditsionerlash va boshqa sxemalari ko‘rsatilgan bo'lishi kerak;
— chizmalarning umumiy ko'rinishida bino va inshootlarni va 
kommunikatsiyalarning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishi, uskuna- 
dastgohlarning joylashishi ko'rsatilgan bo'lishi kerak, ya’ni metall 
konstruksiyalar o'lchamlari va jamlash sxemalari ko'rsatiladi. 
Umumiy ko'rinish ko'rsatilgan chizmalarda detallashtirilgan 
chizmalar ro‘yxati bo'lishi kerak. Detallashtirilgan chizmada esa 
barcha detallar va elementlarning oMchamlari va spetsifikatsiyasi 
ko‘rsatiladi.
Ishchi chizmalarni tuzishda maxsus mahsulotlar katalogini 
alohida qo'llash, standart va namunaviy chizmalar, namunaviy 
loyiha yechimlari va yana shu loyihalanayotgan korxonaga o'xshash 
korxonani qurishda ishlab chiqilgan chizmalardan foydalanish 
nazarda tutiladi.
Metallokonstruksiyaning ishchi chizmasi uning KM pog'onasida 
(umumiy ko'rinishi) loyihalovchi institut tomonidan ishlab chiqiladi. 
KMD pog'onasida (detallashtirilgan chizmasi) ushbu metallokonstruk- 
siyani ishlab chiqaruvchi zavod yoki zavodning buyurtmasiga muvofiq 
loyihalash tashkiloti chizib ishlab chiqarishi mumkin.
Ishchi chizmaning umumiy ko'rinishida chizma muallifi, bo'lim 
yoki sektor boshlig'i, loyihaning bosh muhandisi, detallashtirilgan 
chizmada esa chizma muallifi va bo'lim boshlig'ining imzosi bo'lishi 
shart.
Ishchi chizm alar loyihalovchi tashkilot tomonidan 
buyurtmachiga to'rt nusxada berilishi kerak. Kelgusi yilda 
rejalangan qurilish ishlari hajmini qurib amalga oshirish uchun 
kerak bo'lgan ishchi chizmalar o'tgan yilning birinchi iyuliga qadar 
buyurtmachiga topshirilishi shart. Buyurtmachi esa bosh 
pudratchiga materiallar spetsifikatsiyasi bilan birga ishchi 
chizmalarni ham topshirishi kerak.
20



Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə