Rah im o V v. R., Ubayd ullayev n. U



Yüklə 7,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/162
tarix20.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#128599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162
SHaxta va rudniklarni loyihalash asoslari

7 -§ . Sm eta hujjatlari
Loyihaning smeta qismida (ishchi loyihada) rudnikning qurilish 
narxini jamlama smeta hisoblari keltiriladi, quriladigan alohida 
obyektlar 
smeta narxining hisobi, uskuna va dastgohlarni sotib 
olish, 
jamlash va o‘rnatishga sarflanadigan xarajatlar, alohida ishlar 
uchun narxlar birligi va boshqalar ishlab chiqilgan boMishi kerak.
Smeta hujjatlari loyihalanayotgan yoki qayta uskunalanayotgan 
rudnikning bahosini (narxini) aniqlash uchun tuzilib, quyidagi 
materiallardan iborat bo‘ladi: jamlama (yig'ma) smeta alohida 
obyektlar va ishlar turi bo‘yicha tuzilgan smetalardan tashkil topadi. 
Unda belgilangan shaklda korxona qurilishi umumiy narxining 
hisobi, tcxnikaviy (texnika-ishchi) loyiha asosida olinadi. Jamlama 
smeta ikki qism va boblardan iborat.
Jamlama smeta xarajatlari alohida obyektlar va ishlaming turi 
bo‘yicha belgilangan shaklda tuziladi, «sanoat korxonalari smetalarini 
loyihalash uchun tuzilgan maxsus yo‘riqnoma» ga muvofiq ishlab 
chiqiladi.
Alohida obyektlarni qurish smeta narxi 2.1-jadvalda ko'rsatilgan 
tartibda tuzilib, smetaning umumiy qiymati, nazarda tutilmagan 
ishlar hisobidan aniqlanadi.
2.1-jadval
1 qism
Xarajatlar turi (statya)
1
2
1-bob. Rudnikni 
qurish maydonini 
tayyorlash.
Yer uchastkasini ajratish, qurilish maydonidagi 
mavjud bino, inshootlardan tozalash va ulardan 
ko‘rilgan zarami qoplash, maydonni tekislash, 
suvsizlantirib quritish va boshqalar. Kon kapital 
lahimlari, tayyorlovchi lahimlar, konchilik ishlarini 
mexanizatsiyalash, shaxta ichi transporti, ko‘tarish 
qurilmasi, yer yuzasidagi transport va ruda 
omborlari va boshqalar.
2-bob. Ishlab 
chiqarish ishlariga 
mo‘ljallangan 
_obyektlar.
Kon-kapital va tayyorlovchi lahimlar o‘tkazish 
ishlarini 
mexanizatsiyalash, 
shaxta 
ichidagi 
transport, ko'tarish qurilmasi, yer yuzasi transporti, 
ruda omborlari.
21


3-bob. Yordamchi 
ishlab chiqarishga va 
xizmat qilishga 
mo'ljallangan 
obyektlar
Yer ostidagi sizot suvini 
shaxtadan chiqarib 
tashlash, shamollatish, qa/ilma boyliklarini qazib 
olishdan hosil bo'lgan bo'shliqlami toMdirishga 
xizmat 
qiluvchi 
xo'jalik 
(sexi), 
texnika 
xavfsizligi, sanoat sanitariyasi har xil, ustaxona- 
lar. ma’muriy-ma’ishiy kombinat. omborlar, 
ishchilarga xizmat ko'rsatuvchi madaniy-ma’ishiy 
inshoot, binolar, oshxona, klub, tibbiyot punkti va 
boshqa obyektlami qurish xarajatlari va boshqalar
4-bob.
Energetika xo'jaligi 
obyektlari
Elektr energiya, pnevmatika, issiqlik energiyasi 
bilan ta’minlovchi obyektlar
5-bob. Transport 
xo‘jaligi obyektlari
Temir yo‘l xo'jaligi, korxonaga keltiriladigan 
avtomobil yo'llari va telefon aloqasi.
6-bob. Suv quvurlari, 
oqova (kanalizatsiya), 
issiqlik va gazlash- 
tirish
Tashqi suv quvurlari. kanalizatsiya, issiqlik 
manbalari va gaz ta’minoti.
7-bob. Sanoat
maydonchasini
obodonlashtirish
Shaxtaning sanoat maydoniga keltirilgan yo'l, 
ko'kalamzorlashtirish, to'siqlar o'matish, oqova 
suv ariqchalarini qurish.
8-bob. Har xil ishlar
Ilmiy 
izlanish 
ishlari, 
geologiya-razvedka 
marksheyderlik ishlari.
II qism
Xarajatlar turi
9-bob. Qurilayotgan 
korxona direksiyasini 
saqlashga sarflana­
digan xarajatlar
Qurilayotgan korxona direksiyasini saqlashga 
sarflanadigan moliyaviy xarajatlar
10-bob. Kadrlar 
tayyorlash
Kadrlar tayyorlashga sarflanadigan jami xarajatlar
11 -bob. Loyihaiash va 
qidiruv ishlariga 
sarflanadigan 
xarajatlar (% umumiy 
summadan)
Loyihaiash 
uchun 
geologik-qidiruv 
ishlari 
xarajatlari.
12-bob. Kutilmagan 
xarajatlar
Kutilmagan, nazarda tutilmagan xarajatlar.
22


3-jadvaldagi smeta qurilishning alohida turi va maxsus ishlar 
uchun tuziladi. Xususan, bu shakldagi smetaga qurilish uchun 
ajratilgan maydonning shu yerdagi qurilmalardan tozalash ishlarini 
olib borishda sarflanadigan xarajatlarini qoplash, ish kuchlarini 
to‘plash uchun sarflanadigan xarajatlari va hukumat qarorlari bilan 
belgilangan imtiyozlar, qo'shimcha to'lovlar ham kiritiladi.
4-jadvaldagi smetaga, alohida obyektlarga uskunalar sotib olish, 
jamlash va o‘rnatishga sarflanadigan xarajatlar kiritiladi.
Uy-joy qurilishiga sarflanadigan xarajatlar esa la shakldagi 
alohida yoki jamlama smetada beriladi.
Alohida obyektlar, smetalar (bino, inshoot, kon lahimlari va 
boshqalar) loyihalanayotgan korxona kompleksi tarkibiga kiruvchi 
inshootlar quyidagi shakllarda keltiriladi.
Yagona narxlar to'plamida va uskunalarni jamlab o'rnatish, 
korxonada yo‘q boMgan qurilish-jamlash ishlari va uskunalarni 
o'rnatish smetalari agar shu tizim mavjud bo'lsa, 5- va 5a shakldagi 
yagona narxnoma va yagona narxnoma katalogiga (ular mavjud 
bo‘lmasa, kelishilgan narxda) muvoflq tuziladi.
Barcha turdagi xarajatlarni aniqlab hisoblash asosida jamlama 
(yig‘ma) smeta moliyaviy hisobi tuziladi, unda qurilish davrida 
o'tkaziladigan ilmiy izlanish (tekshirish) ishlariga sarflanadigan 
xarajatlar ham nazarda tutiladi va yana kutilmagan ishlarga 
sarflanadigan mablagMar ham rezervga olinadi. 3-shaklda obyekt 
qoshidagi omborga keltirilgunicha bo'lgan material va mahsulot- 
lari narxining kalkulatsiyasi va 7-shaklda esa transport xarajatlari 
kalkulatsiyasi beriladi. Loyihalash uchun izlanish ishlari smetasi, 
shunday ishlarga smeta tuzish haqidagi maxsus yo'riqnomaga 
muvoflq ravishda tuziladi. Ilmiy izlanish va eksperemental tajriba 
ishlar narxining smeta hisobi 3-shaklga muvoflq tuziladi.
Aniqlangan barcha xarajatlar asosida jamlama moliyaviy- 
smeta hisobi tuziladi. Bu jamlama smetaga qurilish davridagi 
izlanishlarga sarflanadigan xarajatlar va kutilmagan smetalarda 
nazarda tutilmagan ishlarni bajarish uchun rezerv mablag* 
miqdori ham jamlama-smeta miqdoridan kelib chiqqan holda 
belgilanadi.
Smeta qismi materiallari asosida qurilishning umumiy bahosi
23


(kapital qo'yilmalar) va yillik qazib chiqariladigan rudaning tannarxi 
(solishtirma kapital qo'yilmalar) aniqlanadi.
Smeta tuzish uchun quyidagi bcshlang'ich ma’lumotlar asos 
bo'lib xizmat qiladi:
1) loyihada texnik hisoblar asosida aniqlangan ishlar hajmi;
2) ish kuchi, materiallar sarflash me’yori oMchami, ustama 
xarajatlar, mexanizmlar ishlashini reglamentlovchi me’yoriy miqdori 
(mashina/soat);
3) mehnatga haq to'lash stavkasi har xil qo‘shimchalar va 
koeffitsientlar bilan birga;
4) olinadigan mahsulotning sotilish narxi, buni ishlab chiqarish 
uchun sarflangan materiallar (transportda tashib keltirish, ularni 
yuklash, yukni tushirish narxi bilan birga), elektr energiya, yoqilg'i 
materiallar, suv va siqilgan Im’ havoning narxi bilan birga;
5) loyihalashning texnologik me’yori va boshqalar;
6) yiriklashtirilgan qurilish me’yoriy hujjati (U SN );
7) tuman bo‘yicha yagona baholash birligi (V E R ER );
8) yagona me’yorlar va ta’rif darajasini baholovchi tarif 
spravochnigi (YEN1R va TKS);
9) qurilish ishlari tizimi tasdiqlashga taqdim etishdan avval loyiha 
buyurtmachisi loyihalovchi institut ishtirokida qurilish ishlari 
boshlanmasdan 30 kun avval, katta qurilish obyektlari uchun 45 
kun avval, bosh pudratchi bilan kelishilgan bo'lishi shart.
Loyihaning iqtisodiy qismida (ishchi loyihada) qurilishga 
sarflanadigan kapital qo‘yilmalar (miqdori jamlama smeta) talab 
etiladigan ishchi xizmatchilar soni va mehnat haqi fondi, 1 tonna 
rudaning tannarxi hisobi, olinadigan foyda miqdori, korxona 
rentabelligi haqidagi hisob-kitob ma’lumotlari keltiriladi.
Qabul qilingan kon ishlari texnologiyasi bo'yicha loyihalana- 
yotgan ruda konini qazib olish maqsadga muvofiqligini asoslash 
natijalari keltiriladi. Shu hujjatda transport yo‘li, energetika resurs­
lari, kadrlar bilan ta’minlanish darajasi, kapital qo'yilmalarning 
iqtisodiy jihatdan samaradorligi va ishlab chiqarish rentabelliligi 
haqidagi ma’lumotlar ham keltiriladi. Loyihaning iqtisodiy qismida 
mamlakatdagi va xorijiy mamlakatlardagi rudniklarni ishlatishda 
erishilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, quriladigan rudnik
24


samaradorligini solishtirib (taqqoslab) hisoblagan ma’lumotlar 
natijalari ham keltiriladi.

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə