|
Rahbarlik psixologiyasining fundamental asoslariTADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASIrahbarlik-psixologiyasining-fundamental-asoslari (1)TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Bunday qobiliyat va malakani esa maxsus ta’lim tadbirlari orqaligina rivojlantirish
mumkin. Shu munosabat bilan, bugungi kunda boshqaruv sohasi, rahbar kadrlarni tayyorlash
sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish o‘ta muhim masala sifatida o‘z natijasini kutmoqda.
Ushbu sohadagi konkret natijalarga yo‘nalgan tadbirlar esa aynan pedagogika va psixologiya
fani oldiga dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, turli boshqaruv sohalarida lavozimlarga
rahbar kadrlarni tayinlashda munosib nomzodlarni tanlash, ularning boshqaruv salohiyati va
qobiliyatini adolatli baholash zarurati doimo dolzarb masala bo‘lib kelgan. Aniqlangan qobiliyat
va shaxs imkoniyatlarini rivojlantirish esa, yana bir muhim pedagogik va psixologik tadbir
sifatida o‘z ahamiyatiga ko‘ra avvalgisidan qolishmaydi. Zamonaviy rahbarlarga xos bo‘lgan
professional va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishda shaxsning xislat va fazilatlarini, uning
tajribasi, mavjud bilim va malakasi hamda qobiliyatini integratsiyalash zarurati tug‘iladi. Axir
pirovard maqsad – yaxlit, bir butun va o‘zaro muvofiqlashgan ichki tizimga ega bo‘lgan rahbar
shaxsini shakllantirishdan iboratdir.
TADQIQOT NATIJALARI
Umuman olganda, boshqaruv tarixini boshqaruv sub’ekti va ob’ekti o‘zaro raqobatining
rivojlanishi sifatida tasavvur etish mumkin. Bu raqobatda ob’ekt, ya’ni xodim doimo rahbardan
o‘zishga intiladi, uning murakkab faoliyatini o‘zlashtirgisi va o‘z pozitsiyasini kengaytirib borish
niyatida bo‘ladi. Rahbar esa, xodimni o‘z itoatida ushlash uchun boshqaruvning yangidan –yangi
va murakkab uslublarini “o‘ylab” topadi va avvalambor, ilm hamda qonuniy vakolatlar asosida
o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga intiladi. Bunday “bellashuvda” rahbar nafaqat g‘olib bo‘lishi,
balki yutqazib qo‘ymasligi eng muhim boshqaruv shartidir. Buning uchun esa rahbar boshqaruv
sohasida yuksak mahoratga erishishi, professionalizmning yuqori darajasiga chiqishi lozim.
Boshqaruvni raqobat sifatida qabul qilish albatta boshqaruv mohiyatidan chetlashish bo‘lardi.
Har holda boshqaruvning asosiy maqsadi tashkilot maqsadlariga xodimlar yordamida erishish
ekan, raqobatdan ko‘ra hamjihatlik va hamkorlikka suyanish anchagina o‘rinli. Demak, bunda
“raqobat” tushunchasidan ham murakkabroq hodisa, ya’ni xodimga ta’sir ko‘rsatish, unda
xayrixohlik uyg‘otish va uni hamkorlikka chorlash masalasi yetakchi o‘ringa chiqadi.
MUHOKAMA
Nazarimizda, rahbar faoliyatini tahlil etuvchi ilmiy psixologik izlanishlarning aksariyat
qismi aynan shu mavzuga tegishli. Bunda rahbarni eng mukammal shaxs sifatida namoyon
bo‘lishi uchun yordam beruvchi kouching texnologiyalardan tortib, jamoani ahil komandaga
aylantirish treninglarigacha to‘xtalib o‘tish mumkin. Zamonaviy boshqaruvga e’tibor berilsa,
bugungi tashkilotda eng ishonchli va itoatkor boshqaruv ob’ekti sifatida faqatgina ofisdagi
moslama va uskunalarni sanab o‘tish qoldi. Bevosita boshqaruv ob’ekti sifatida tushuniluvchi
xodimlar esa murakkab boshqaruv jarayonining “ehtimoliy” elementiga aylangan. Mana shu
“element” bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lish, doimo uni maqsad sari undash va bir og‘iz so‘z bilan
aytganda, bugungi boshqaruv samarasi, asosan, rahbarning psixologik uquviga bog‘liq.
Boshqaruvni yanada mukammallashtirish borasidagi izlanishlarning ko‘lami shunchalik kengki,
ular bir qaraganda faqat bir mavzu atrofida jamlanib, o‘ta birikib ketgan ko‘rinsa-da, lekin
ularning rang-barangligi boshqaruv ilmida o‘zaro ziddiyatli g‘oyalarning paydo bo‘lishiga olib
UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Dostları ilə paylaş: |
|
|