Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari


Tovush tizimlari quyidagi masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/311
tarix13.04.2023
ölçüsü10 Mb.
#105465
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   311
RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH TEXNOLOGIYASI Meyliyev Asliddin Ash DwWRub9

Tovush tizimlari quyidagi masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan 
dasturiy va apparat vositalardir:
1. Tashqi qurilmalardan olingan tovush signallarini yozish. Yozish 
jarayonida kirish analog tovush signallari raqamli signallarga aylantiriladi.
2. tashqi akkustik sistemalar va naushniklar yordamida oldindan kiritilgan 
tovush signallarini eshittiradi.
3. Yozish yoki eshittirish jarayonida bir necha manbadan olingan 
signallarni muksherlaydi, ya’ni aralashtiradi.
4. Bir vaqtning o‘zida tovush signallarini ham yozadi, ham eshittiradi.
5. Tovush signallarini qayta ishlaydi, ya’ni tahrirlaydi signal 
fragmentlarini qo‘shadi yoki bo‘ladi, filtrlaydi, uning sathini o‘zgartiradi.
6. Yozish va eshittirish jarayonida har bir kanalning stereofonik tovush 
signalini panoramasini va signal sathini boshqaradi.


194 
7. Uch o‘lchamli eshittirish hajmini algoritmiga mos ravishda tovush 
signalini qayta ishlaydi.
8. Eshittirish sintezatori yordamida har xil musiqa asboblarini ovozini, 
hamda inson nutqini hamda boshqa tovushlarni o‘xshatishni boshqaradi.
9. Tashqi musiqa asboblarini ishini boshqaradi.
10. Kompakt disklarni eshittirish.
11. Mikrofon yordamida matnlarni kiritish operatsiyalarini boshqarish
 Sound Forge
Sony Creative Software 
kompaniyasining proffessionallar foydalanishi uchun 
yo‘naltirilgan raqamli tovush redaktori. Sound Forgening 
cheklangan Sound Forge Audio Studio versiyasi arzon 
raqamli tovush redaktorlaridan biri, avval u Sonic 
Foundries Sound Forge LE nomi bilan mashxur edi. 2003 – yilda Sound Forgeni 
yaratgan kompaniya Sonic Foundries boshqa yirik kompaniyalar tomonidan 
jiddiy raqobatga uchrab, oqibatda o‘zining musiqali ta’minotini ishchi 
versiyalarini Sony Pictures Digital kompaniyasiga sotishga rozilik bildiradi. 
Dastlab dastur Windows 3 bilan ishlashga mo‘ljallangan edi, 3.0 versiyasi 
yaratilganidan so‘ng ishlashni to‘xtatdi. Bundan tashqari 5.0 versiyasi 
chiqqanidan so‘ng Windows 95 bilan ishlashni ham to‘xtatdi. Sound Forge 
tovush fayllarini tez va yuqori aniqlik bilan tahrirlash va tovush fayllarini 
yaratish imkonini beradi, so‘zsiz, qayta ishlanmagan tovushdan master – nusxa 
yaratgan holda. Sound Forge yordamida audioni tahlil qilish va tahrirlash
(kesish, bo‘laklarga qirqish, filtrlarni joylashtirish, effektlar va hokazo) tovushli 
tuynuklar hosil qilish, raqamli remasterning ishlab chiqish va eski yozuvlarni 
tozalash, mediafayllarni akustik obrazlarini modellashtirish, potokli yaratish va 
master disklar yaratish. Sound Forge 8 ning foydalanuvchi interfeysi juda qulay 
va zamonaviy ko‘rinishga ega. Foydalanuvchi interfeysining ko‘pgina 
elementlari – markerlar, to‘lqinli shakllar, oynalar balandligi – har qanday 
foydalanuvchiga mos ravishda nastroyka qilinishi mumkin. Sound Forge Pro 
ko‘pgina kengaytmalar, shu bilan birga video AVI, WMV, MPEG – 1 va 
shuningdek MPEG – 2 shablonlarini HDV 720p va 1080 с o‘lchamdagi mos 
fayllarni qo‘llay oladi. Bundan tashqari 720p va 1080p o‘lchamli WMV kodlash 
uchun mo‘ljallangan shablonlarni ham o‘z ichiga oladi. Birga ishlay oladigan 
kengaytmalari:

Macromedia Flash (SWF faqat o‘qish)

Real Media 9 (faqat export)

AIFF 56

MPEG – 1

Macintosh

Microsoft WAVE (WAV)

CDA va AV 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə