Referat Mavzu : O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari Bajardi


-rasm. Yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar tarkibining taqqoslanishi, % da27



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə7/8
tarix14.02.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#100785
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
2O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari

6-rasm. Yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar tarkibining
taqqoslanishi, % da27.

Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, 2017 yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan
yashash bo‘yicha xizmatlar ulushining ko‘payish omillaridan biri respublikada turizm faoliyatini rivojlantirish hisoblanadi. Jahonga mashhur tarixiy yodgorliklar,
zamonaviy shaharlar, O‘zbekistonning betakror tabiati, noyob milliy taomlari,
shuningdek, xalqimizning betakror mehmondo'stligi sayohatchilarni o‘ziga jalb qiladi. Mamlakatda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, yashash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 0,8 f.p.ga oshgan.
O‘zbekiston iqtisodiyotida so‘nggi yillarda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida har oyda o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Misol uchun, 2018-yil yanvar-dekabr oylarida shu yilning III choragiga nisbatan 417,6 ming so‘mga hajmi oshib, 4455,6 ming so‘mga teng bo‘ldi. 2017 yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan farq 794,3 ming so‘mni tashkil etdi.

7-rasm. O’zbekiston hududlari bo’yicha aholi jon boshiga ko’rsatilgan
bozor xizmatlari hajmi ko’rsatkichlari (2018 yil).

Ushbu ko‘rsatkich hududlar o‘rtasida Toshkent shahrida 19439,6 ming so‘mdan Surxondaryo viloyatida 2160,2 ming so‘mgacha oraliqda bo‘ladi (7 rasmga qarang). Aholi jon boshiga ko'rsatilgan bozor xizmatlari hajmining maksimal o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (11,4 %), Jizzax (11,2 %), Navoiy (10,0 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (8,7 %) qayd etildi. Ta‘kidlash joizki, kelgusida xizmatlar sohasini keng qamrovli rivojlantirish aholi turmush darajasini yaxshilash, samarali bandligini va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta‘minlash kabi dolzarb masalalarga yechim hisoblanadi.

ХULОSА


Amalga oshirilgan tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari to‘g‘risida quyidagi xulosalarga muvaffaq bo‘lindi:
- Xizmatlar sohasi rivojlangan davlatlar aholisining 60 foizidan yuqori qismini bandligini taʼminlaydi. Xizmatlar sohasining АQSh yalpi ichki maxsulotidagi salmogʼi 75%, Аngliyada 64% va Yevropaning yetakchi davlatlarida esa 50%dan yuqoriligi qayd etilgan.
- Iqtisodiyotning yalpi ichki maxsulotidagi xizmatlar ulushi bozor va nobozorxizmatlarining salmogʼini xisoblash orqali aniqlanadi. Nobozor xizmatlar bu ijtimoiy sohaga yoʼnaltirilgan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan xizmatlar.
- Davlat tomonidan xizmatlarni tartibga solinishining asosiy sababi bu ijtimoiy sohaga yoʼnaltirilgan xizmatlarning, yaʼni sogʼliqni saqlash, taʼlim va ularning quyi tarmoqlarida koʼrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va ragʼbatlantirish asosida iqtisodiyotdagi xizmatlar salmogʼini kengaytirish.
- Ichki bozordagi xizmatlar sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi orqali bandlik sohasidagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal yetash, xizmat koʼrsatishning asosiy yoʼnalishlari boʼyicha mahalliy tadbirkorlarni qoʼllabquvvatlash, ichki investitsiyani ragʼbatlantirish va boshqa maqsadlar ilgari suriladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan ma‘lumotlardan tashqari, ilmiy tadqiqot izlanishlarimiz davomida ayni kunlarda O‘zbekiton Respublikasida xizmatlar sohasida bir qator kamchilik va muammolar borligini aniqlandi:
- xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi malakali xodimlar tayyorlashda bir qancha kamchiliklar mavjud, jumladan kasb-hunar kollejlarida darsliklar hozirgi zamon talablariga javob bermaydi, oliy ta‘lim muassasalarida umumiy xizmatlar sohasi to‘g‘risida darsliklar mavjud emas(faqat uning tarmoq va sohalari bo‘yicha darsliklar mavjud). Soha bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning amaliyot soatlari kam;
- Respublikaning qishloq hududlarida, ayniqsa chekka joylarda xizmatlar bozori va uning infratuzilmasi talab darajasida rivolanmagan;
- Respublika hududida bozorlar soni yetarli emas, yashash va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi shahobchalar, tibbiyot maussasalari hamda boshqa bir qator xizmat ko‘rsatish obyektlari mavjud talabni qondira olmaydi va boshqa bir qator muammoar mavjud. Biz bu muammolarni hal etish maqsadida quyidagilarni amalga osyirish lozim:
– Birinchi navbatda Respublika miqyosida xizmat turlariga bo‘lgan talab asosida dasturlarni shakllantirishni bosqichma-bosqich amalga oshirishimiz lozim.:
1-bosqichda Mahalla/qishloq fuqarolar yig‘ini tomonidan aholi uchun talab etiladigan xizmat turlarini aniqlanadi va tuman iqtisodiyot va sanoat hamda investitsiya bo‘limlariga taqdim etiladi.
2-bosqichda tuman iqtisodiyot va sanoat hamda investitsiya bo‘limlari talab etiladigan xizmat turlarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlagan holda hududiy dasturlarni shakllantiradilar hamda ularni markaziy boshqaruv apparatidan tasdiqdan o‘tkazadilar.
3-bosqichda hududiy iqtisodiyot va sanoat hamda investitsiya boshqarmalari tasdiqlangan dastur asosida monitoring olib borish va loyihalarni amalga oshirishda vujudga keladigan muammolar yuzasidan choralar ko‘rish vazifalarini bajaradilar.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə