Referat Mavzu : O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari Bajardi


-rasm. Transport xizmatlari tarkibining asosiy turlari bo’yicha ulushlari (2018 yil % hisobida)



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə6/8
tarix14.02.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#100785
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
2O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari

2-rasm. Transport xizmatlari tarkibining asosiy turlari bo’yicha
ulushlari (2018 yil % hisobida)
Ulardan keying o‘rinlarni yuk va yo‘lovchilarni havo transportida tashish bo‘yicha xizmatlar 11,5 % hamda yordamchi transport faoliyati 8,3 % lik ko‘rsatkichlar bilan egallaydi.
Mamlakatda transport xizmatlarini yanada rivojlantirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ko‘magida yuklarni tashish uchun elektron platforma yaratilish ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda ―O‘zavtotrans‖ agentligi birgalikda xalqaro multimodal transport-logistika markazining elektron platformasini yaratish to‘g‘risidagi loyihani ishlab chiqish borasida qaror qabul qildi. Loyihada yuklarni eksport-import qilishda transportda
tashish bilan bog‘liq ma‘lumotlarni to‘plash, ishlov berish va tahlil qilish, eksportimport yuklarni tashishda transportda tashish va omborga joylashtirishni
qulaylashtirish, transport xarajatlarini qisqartirish, kelishtirish hisobiga yetkazib berish va ombor operatsiyalarining samaradorligini oshirish, logistika jarayonini barcha ishtirokchilarning aniq hisob-kitoblar va oqilona harakatlar yagona electron platformasini yaratish ko‘zda tutilgan. 2018 yilda savdo xizmatlari hajmi 39445,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi va ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi 26,9 % ni tashkil etdi. 2017- yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlarining hajmi 7439,3 mlrd.so‘mga oshdi.
Savdo xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent sh. (12788,3 mlrd. so‘m), Toshkent (3569,9 mlrd. so‘m), Samarqand (3024,6 mlrd. so‘m), Farg‘ona (3011,0 mlrd. so‘m), Andijon (2705,5 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (2337,0 mlrd. so‘m) va Surxondaryo (2246,3 mlrd. som) viloyatlarida qayd etildi. Savdo xizmatlarining eng past ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida kuzatildi. Ushbu hududda o‘tgan yilda savdo xizmatlari hajmi 632,9 mlrd. so'mga teng bo‘ldi.
Mamlakatimizda oxirgi yillarda aholi daromadlari darajasining oshishi bilan
parallel ravishda iste‘mol talabi va savdo aylanmasi hajmi o‘sib bormoqda.
Savdo xizmatlari tarkibida avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari
chakana savdo bo‘yicha xizmatlar ham katta salmoqqa ega bo‘lib, 2018 yil yanvardekabr oylarida uning ulushi 67, 7 % ni tashkil etdi. Ulgurji savdo bo‘yicha
xizmatlarining (avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari) ulushi 25,5 % ga
yetdi. Avtomobillar va mototsikllarni ta‘mirlash bo'yicha xizmatlarni qo‘shgan holda avtomobillar va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi bo'yicha xizmatlar
umumiy savdo xizmatlari hajmida 6, 8 % ni egalladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fuqarolik jamiyatida va bugungi kundagi bozor iqtisodiyotida yuz beradigan jarayonlarning deyarli barchasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatish uchun zarur component hisoblanishi xech kimga sir emas. Hayotning ko‘pgina sohalarida AKT joriy etilishi va rivojlanishi jamiyat, hokimiyat va tadbirkorlik bilan bog‘liq ko‘plab tashqi va ichki jarayonlarni
soddalashtiradigan hamda tezlashtiradigan muhim element hisoblanadi. 2018 yilda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 9744,1 mlrd. so'mga teng bo‘ldi. Ularning o‘sishi 2017-yilga nisbatan 15,6 % ni tashkil etdi. Yuqori o‘sish sur‘atlari Toshkent (128,5 %), Samarqand (113,5 %), Buxoro (113,5 %), Surxondaryo (113,3 %), Qashqadaryo (112,9 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (118,6 %) qayd etildi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining uncha yuqori bo‘lmagan o‘sish sur‘ati Qoraqalpog'iston Respublikasi (107,7 %) va Sirdaryo (107,9 %) viloyatida qayd etildi.
Bugungi kunda, mobil aloqa xizmatlaridan asosan aholi (jismoniy shaxslar) foydalanishadi. Ularning ulushi 97,5 % ni tashkil qiladi. Mobil aloqa xizmatlaridan
foydalanishda yuridik shaxslarning ulushi 2,5 % ni tashkil etadi (2.1.3-rasmga
qarang).
4-rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, aloqa va axborotlashtish xizmatlarining
o‘sishi Respublika miqyosida 115,6 % ni tashkil ilgan bo‘lib, eng yu qori o‘sish Toshkent viloyatiga (128,5 % lik o‘sish) to‘gri kelmoqda, undan keyin Toshkent shahri (118,6 %), Buxoro va Samarqand viloyatlari (mos ravishda 113,5 % dan) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.Eng kam o‘sish darajasi 107,7 % bo‘lib,
Qoraqalog‘iston Respublikasida kuzatilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga investitsiyalar jalb qilinishini ko‘paytirish butun dunyoda raqamli o‘zgarishni rag‘batlantiradi va ko‘plab odamlarga AKT xizmatlari, xususan, mobil aloqa xizmatlari va Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Respublikada so‘nggi yillarda pul-kredit siyosati (monetary siyosat) ni
erkinlashtirish, istiqbolli investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lamini kengaytirish,
shuningdek, moliyaviy tashkilotlar tomonidan innovatsion xizmatlar ko‘rsatish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar moliyaviy xizmatlar hajmining o‘sishiga
turtki bo‘lmoqda. 2018 yilda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 21192,6 mlrd. so‘mga teng bo'lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur‘ati esa 125,8 % ni tashkil etdi.
O‘tgan yil davomida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmida eng yuqori
yuqori o‘sish sur‘atlari Jizzax (152,1 %) viloyatida kuzatildi. Nisbatan past o‘sish sur‘ati Toshkent shahrida – 117,2 % qayd etildi (2.1.5- rasmga qarang).
Mamlakatda moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa
ta‘minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar katta salmoqqa
egaligini alohida qayd etish joiz. 2018 yil yanvar-dekabr oylarida uning ulushi
umumiy moliyaviy xizmatlar tarkibida 89,2 % ni tashkil etdi.
Bugungi kunda o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirishning
muhim omili sifatida maktablarni zamonaviy laboratoriya uskunalari, kompyuter
texnikasi, darsliklar va yangi avlod metodik materiallari bilan ta‘minlashga alohida
e‘tibor qaratilmoqda. 2018 yil yanvar-dekabr oylarida ta‘lim sohasidagi xizmatlar
hajmi 5422,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi hamda o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 10,7 %
ni tashkil etdi. O‘tgan 2018-yilda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 4420,5 mlrd. so‘mga yetdi. 2017-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati
104,7 % ni tashkil etib, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning ulushi 3,0 % ga teng bo‘ldi. Respublikada o‘tgan yilda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta‘minlash bo‘yicha xizmatlar 81,2 % ulush bilan etakchilik qilgan bo‘lsa, yashash bo‘yicha xizmatlar ulushi 18,8 % ga to‘g‘ri kelgan (6-rasm).


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə