Referat Mavzu : O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari Bajardi


-jadval 2016-2018 yillar mobaynida hududlar bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlar hajmi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə5/8
tarix14.02.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#100785
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
2O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari

2-jadval
2016-2018 yillar mobaynida hududlar bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlar
hajmi


Manbaa: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida.
Milliy iqtisodiyotda xizmatlar hajmining oshishi bir qator omillarning ta‘siri bilan izohlanadi, jumladan: bozorda yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi,
masalan, kredit kartalari orqali to‘lovlar, Internet-savdo, yangi savdo markazlari,
ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalarning tashkil etilishi, ta‘lim xizmatlarini
kengaytirish, dam olish sohasidagi tanlovning kengayishi shular jumlasidandir.
Yuqoridagi 2.1.2-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, hududlarda xizmatlar sohasining hajmi so‘ngi yillarda sezilarli ravishda ortib 2018-yilda uning qiymati 146 836,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan, ya‘ni 2016 yilga nisbatan deyarli 1,5 barobar o‘sish kuzatilgan.
Hududlar miqyosida xizmatlar sohasining ulushi eng ko‘p Toshkent shahriga
(2018-yilda 48 361,8 mlrd.so‘m) va Toshkent viloyatiga (2018-yilda 10 959,1 mlrd.so‘m) to‘g‘ri keladi.Eng kam ulushi esa Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Buning asosiy sababi sifatida esa ushbu hududlarda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar kamligi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, mavjud salohiyatlardan, ayniqsa turistik salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganini ko‘rishimiz mumkin.
3-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, o‘tgan yilda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida transport xizmatlari (29,5 %), savdo xizmatlari (26,9 %), moliyaviy xizmatlar (14,4 %) hamda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi (6,6 %) ustunlikka ega bo‘lgan hamda 2017 yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan transport xizmatlari 7,3 trln. so‘m, savdo xizmatlari - 7,4 trln. so‘m, moliyaviy xizmatlar - 6,2 trln. so‘m, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 1,5
trln. so‘mga oshgan. 2018-yil mobaynida eng yuqori o‘sish sur‘atlari me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (128,9 %), moliyaviy xizmatlar (125,8 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (115,6 %), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (114,9 %), ta‘lim sohasidagi xizmatlar (110,7%) kabi xizmat turlarida qayd etildi. Nisbatan pastroq o‘sish sur‘atlari shaxsiy xizmatlar (102,8 %), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (103,3 %) va transport
xizmatlari (103,9 %) kabi xizmat turlarida kuzatildi. Quyidagi 2.1.3- -jadvaldan ma‘lumki, so‘nig 3 yil davomida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining deyarli uchdan bir qismini transport xizmatlari tashkil etadi. 2018 yil yanvar-dekabr oylarida uning ulushi 29,5 % ni tashkil etdi.
O'zbekiston Respublikasi transportining samarali ishlashi modernizatsiyalash, innovatsion rivojlanish yo‘llariga o‘tish va milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun sharoit yaratishda muhim ahamiyatga egadir.
2018-yilda transport xizmatlari tarkibida etakchi o‘rinni avtomobil
transportida ko‘rsatilgan xizmatlar (49,4 %) egallagan bo‘lib (2.1.4-rasmga
qarang), quvurlar orqali tashish xizmatlarining ulushi 17,2 % ni tashkil etdi. Temir
yo‘l transporti orqali ko‘rsatilgan xizmatlar transport xizmatlari umumiy hajmida
13,6 % ni egalladi.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə