Referat Mavzu : O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari Bajardi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/8
tarix14.02.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#100785
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
2O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari

Birinchidan, aholi o’rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim;
Jumladan, aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar-joy bilan
ta'minlash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo e'tiborimiz markazida bo’ladi; Shu bilan birga, turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bo’yicha kompleks choralar ko’rishimiz lozim. Bizda turizm ko’pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qo’riqxonalar, tog’li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasini ishlab chiqishi va ijrosini ta'minlashi zarur. Shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish lozim.
Xizmatlar va servis sohasining joriy yilda keskin o‘sishi, avvalo qurilish, transport, moliya-bank va axborot-kommunikatsiya sohalarida, aholiga tibbiy va kommunal-maishiy xizmatlar ko‘rsatishda, ayniqsa, qishloq joylarda ushbu sohani
yanada kengaytirish uchun foydalanilmayotgan katta imkoniyatlar zaxirasi mavjud. Xizmatlar soxasining rivojlanishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifati
bo‘yicha biz iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan hamon jiddiy orqada qolmoqdamiz. Eng muhimi, shuni unutmaslik kerakki, katta kapital qo‘yilmalar talab qilmaydigan bu soha iqtisodiyotning yuksalishiga, axoli bandligi va
daromadlarining ortishiga sezilarli darajada ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda aholining bandligini to’liq ta‘minlash va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sanaladi. Mazkur sohaga qaratilayotgan alohida e‘tibor samarasini respublikamizda joriy yilning birinchi choragida 141 mingdan ortiq ish o’rni yaratilgani misolida ham ko’rish mumkin. E‘tiborlisi, bandligi ta‘minlangan fuqarolarning salmoqli qismi qishloq joylarda yashovchi aholi hissasiga to’g’ri keladi. Binobarin, bir insonning layoqati va qiziqishiga ko’ra doimiy daromad manbaiga ega bo’lishi nafaqat o’zi hamda oilasi, balki jamiyat uchun ham ahamiyatlidir.
Ta‘kidlash joizki, respublikada hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni 18 954 ming (o’sish – 1,0%), band aholi soni – 13 376 ming (o’sish – 1,3%) nafarni tashkil etadi. Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 ming kishini tashkil etib (o’sish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%ni tashkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi. Joriy yil birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi (o’tgan yil shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar orasida - 15,3 foiz, ayollar orasida – 13 foiz. Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan. Ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishi.mamlakatimizda mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar aholining 62 foizini tashkil qiladi1. Har yili mehnat resurslari o’rtacha ikki foizga oshib borayotganini nazarda tutsak, aholi bandligini to’liq ta‘minlash doimiy aktual masala ekani ko’rinadi.
So’nggi yillarda yalpi ichki mahsulotning har yili eng kamida sakkiz foizga o’sish sur‘atlarida bandlik darajasining oshishi o’rtacha 2,5 foizni ko’rsatmoqda. Bu barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ega mamlakatlardagi mavjud an‘analarga mos keladi. Yurtimizda ish o’rinlarini yaratish va aholining bandligini ta‘minlash borasidagi barqarorlik, samaradorlik omillarini tahlil qilsak, avvalo, xususiy tadbirkorlik rivojining jadallashuvi, qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilgani, kichik korxona va mikrofirmalar soni ortishi har yili minglab kishilarga turmush farovonligini oshirish imkoniyatini berayotganida o’z ifodasini topmoqda. Ta‘kidlash joizki, investitsiya, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, ijtimoiy-iqtisodiy va sanoatni rivojlantirish hududiy dasturlari izchil amalga oshirilishi, yakka tartibdagi tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va servis, transport-kommunikatsiya sohalarining jadal sur‘atda ravnaq topishi aholi bandligini ta‘minlashda salmoqli o’rin tutmoqda. Kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikni, milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga berilayotgan alohida e‘tibor ham minglab oilalarning ro’zg’ori butligini ta‘minlayotir. Ayniqsa, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlari kasanachilik va milliy hunarmandchilik markazlariga aylangan.
Bundan tashqari ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarining safi kengayib borayotgani, aholining shaxsiy yordamchi uchastkalarda dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgani, vaqtincha faoliyat yuritmayotgan va bankrot deb topilgan korxonalarning moliyaviy sog’lomlashtirilishi ishsizlik darajasi mo’‗tadilligini saqlashga xizmat qilmoqda.
Quvonarlisi, bandlik va daromadlar o’sishi natijasida yurtimiz aholisining iqtisodiy faolligi kuchaydi, pirovardida mehnat bozorining asosiy indikatorlari
barqarorligiga erishilmoqda. Bandlik tizimida ijobiy siljish va an‘analar ko’zga tashlanmoqda. Chunonchi, nodavlat iqtisodiy sektorda ish bilan band kishilar ulushi 2000 yildagi 58 foizdan 2017 yilga kelib deyarli 85 foizga o’sgan. Agar bundan 15 yil oldin ish bilan ta‘minlanganlarning 34 foizi qishloq xo’jaligida mehnat qilgan bo’lsa, bugunga kelib xizmat ko’rsatish, sanoat va qurilish-pudrat ishlarida bandlik ko’rsatkichi ortib borayotir.
O‘zbekistonda mehnat salohiyati yuqori mamlakatdir. Fuqarolarning mehnat
qilish bilan bog’liq konstitutsiyaviy huquqlarini kafolatlashga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlar aholining ehtiyojmand qatlam vakillari bandligini izchil ta‘minlash, ayni maqsadda kvotalangan ish o’rinlariga nogironlarni, ko’p bolali ota-onalar, ayollar, jazoni o’tash joyidan ozod qilingan shaxslarni jalb etishni ham qamrab olgan. Shu bilan birga yoshlarni, jumladan, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklarga ishsizlarni ―usta-shogird‖ usuli bilan kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, ish kuchiga talab va taklifni o’zaro muvofiqlashtirish borasida e‘tirofga loyiq natijalar qo’lga kiritilmoqda.
Bandlik sohasidagi bu muvaffaqiyatlar odamlarning turmush darajasini tobora yaxshilash yo’lidagi tizimli islohotlar bilan uzviy bog’liq. Aholi bandligini ta‘minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanib, iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda aholini ish bilan ta‘minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo’nalishlaridan biri bu – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan kichik mulkdorlar sinfini shakllantirishga, mamlakatimiz bozorini iste‘mol tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish imkoniyatini yaratishga, har bir oila daromadini ko’paytirishda hamda yangi ish o’rinlarini yaratish evaziga ishsizlik masalasini hal etishga zamin yaratadi. Kichik biznesda aholi bandligi boshqa iqtisodiy faoliyat ko’rinishlaridagi bandlik kabi bandlikning ijtimoiy shakli sifatida tan olinmoqda. Aynan kichik biznesda aholi
bandligini oshirish bugungi kunda mamlakatimizda muhim ijtimoiy vazifalardan
biri hisoblangan – ishsizlik muammosini hal etish imkonini bermoqda. Respublikada kichik biznes sohasida ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta‘minlash uchun quyidagi yo’nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:
- oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni
jadallashtirishni ta‘minlash;
- mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag’batlantirish;
- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;
- mahalliy xom ashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan yengil va oziq-ovqatni qayta ishlash sanoatining ko’p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo’jaligiga taalluqli bo’lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e‘tiborni kuchaytirish;
- ishsizlarni kasbiy o’qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish
bilan shug’ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish;
- kasb-hunar kollejlari bitiruv kurslarining o’quvchilarini aniq korxonalarga biriktirish bo’yicha kompleks choralarni ro’yobga chiqarish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlariga, ayniqsa uzoq qishloq joylarda ish o’rinlari tashkil etilishini nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirish;
- ishsizlarni, birinchi navbatda yoshlarni, xotin-qizlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga joylashtirish bo’yicha, jumladan ularni kasbiy qayta tayyorlash, haq to’lanadigan jamoat ishlariga, ayniqsa transport, yo’l yoqasi va ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari qurilishiga, qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joylar qurilishiga yuborish, shuningdek bo’sh ish o’rinlari yarmarkalarini o’tkazish yo’li bilan amaliy chora-tadbirlar amalga oshirish; viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish, uy mehnati, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga alohida e‘tibor qaratish.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ish bilan bandlik darajasining yanada oshishiga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada keng yo’l ochib beradi.


  1. Xizmatlar sohasining respublika iqtisodiyotidagi ulushi va ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevralda qabul qilingan № 55 sonli ―2016-2020-yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida‖ qarori hamda 2017-yil 7-fevralda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlandan PF-4947 sonli ―O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida‖gi farmonida belgilab berilgan ustovor yo‘nalishlar asosida milliy iqtisodiyotmizni tubdan
takomillahstirish, xizmatlar sohasining undagi ahamiyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bularning natijasi o‘laroq, bugungi kunda xizmatlar sohasining mamlakat YaIM da 35, 6 % ni tashkil etgani yoki mamlakat jami aholisining 4 000 000 dan
48 ortig‘i aynan mana shu sohada mehnat faoliyati bilan bandligini bemalol qayd
etishimiz mumkin. Respublikamizda so‘ngi yillarda qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o’sish sur‘atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o’zgarishlarining yuz berishi ta‘minlandi.
Tarkibiy o’zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi YaIM
hajmi joriy narxlarda 407 514,5 mlrd. So‘mni tashkil etdi va 2017-yil bilan taqqoslaganda 5, 1 foizlik o‘sish ko‘rsatkichini qayd etdi.
Aholi jon boshiga hisoblaganda YaIM 12 365,6 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 % ga o‘shganini ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə