Referat mavzu: Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi vazifalari Bajardi



Yüklə 408,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/26
tarix01.02.2022
ölçüsü408,19 Kb.
#83375
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Referat mavzu Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi

ttinchi ustuvor yo’nalish

 deb, barcha islohotlarning pirovard natijasini belgilab beradigan 



inson omili

 va mezoni ekanligi besabab ko’rsatib berilmagandir.

1

 

Inson  psixologiyasini  bilish,  o’z  taraqqiyotini  va  iqtidorini  tashkil  etishni  bilish,  har  qanday  yosh 



davrda  ham  optimal  ravishda  ishga  yaroqlilikni,  turli  o’zgarishlarga  psixologik  jihatdan  tayyorlikni 

ta’minlash,  yangicha  fikrlash  va  tafakkur  qilish,  ro’y  berayotgan  jarayonlarni  ob’ektiv  va  to’g’ri  idrok 

qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. 

SHunday  qilib,  yangi  davr  har  bir  insondan  o’z  ichki  imkoniyatlarini  adekvat  bilish,  shu  bilimlar 

zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o’z davrida 

«O’z - o’zingni bil!» degan shiorni o’rtacha tashlagan bo’lsa, yangi davr «o’z yoningdagilarni va ularning 

qilayotgan  ishlarini  ham  bil»,  degan  shiorni  har  qachongidan  ham  dolzarb  qilib  qo’ydi.  Ayni  shu 

                                                           

1

  Каримов  И.А.  Ўзбекистонда  демократик  ўзгаришларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамияти 



асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. – Т.: “Туркистон”, 2002 йил 31 август 


 

muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya  kattadir. 



An’anaga  aylanib  qolgan  hodisalardan  biri    shuki,  psixologiya  va  u  o’rganadigan  hodisalarni 

faqatgina  ushbu  fan  bilan  bevosita  shug’ullanadigan  kimsalar  o’rganib  kelishgan,  zero,  psixologik 

hodisalar  bilan  har  qanday  inson  ham  tanish  bo’lishi  va  u  inson  hayotining  asosini  tashkil  etishi  kerak. 

Yangi davr va uning o’zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish 

va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda. 

SHuning  uchun  ham  odamlarning  bilimdonligi  nafaqat  tashqi  olamda  ro’y  berayotgan  ob’ektiv 

hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, 

o’z  ichki  imkoniyatlari  va  salohiyatidan  samarali  foydalangan  holda  faoliyatini  oqilona  tashkil  etishning 

barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z 

o’rnida  unumli  foydalanishni  nazarda  tutadi.  Psixologik  bilimdonlikning  murakkabligi  aynan  shundaki, 

atrofimizdagi  narsalar  va  hodisalarning  mohiyatini  bevosita  his  qilib  bilishimiz  mumkin,  lekin  psixikaga 

aloqador  bo’lgan  jarayonlarni,  o’zimizda,  miyamiz,  ongimizda  ro’y  berayotgan  narsalarning  mohiyatini 

bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yokadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira 

oladi, lekin uning u yoki bu hatti - harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan 

his  qilayotgan  mehrimizni,  uzoq  ko’rishmay  qolganimizda  uni  sog’inayotganligimiz  bilan  bog’liq  hisni 

bevosita    ko’rib,  idrok  qilish  imkoniyatiga  ega  emasmiz.  Aynan  shunga  o’xshash  holatlar  psixologiya 

o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ular boshqa 

turli hodisalardan farq qiladi. 

SHunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni 

o’rganishning  ikki  jihati  bor:  bir  tomondan,  ularni  o’rganish  qiyin,  ikkinchi  tomondan  oson  ham.  Oxirgi 

jihati  xususida  shuni  aytish  mumkinki,  bu  hodisalar  bevosita  bizning  o’zimizda  berilgan,  ularni  uzoqdan 

qidirish,  mavhum  analogiyalar  qilish  shart  emas,  boshqa  tomondan,  ular  o’zaro  bir-birlari  bilan  bog’liq 

bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi. 

Demak, 


psixologiyaning  predmeti  konkret  shaxs,  uning  jamiyatdagi  xulq-atvori  va  turli 

faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir

, deb ta’riflash mumkin. 

 


Yüklə 408,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə