Referat шакаров Шохруз



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə4/5
tarix05.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#88866
növüReferat
1   2   3   4   5
Документ (8)

Machay g’or makoni mezolitning so’nggi bosqichiga oid yodgorlik bo’lib, u Hisor tizmasining Ketmonchopti tog’ining janubidan Machay daryosining o’ng sohilidan topilgan. Machay g’ori daryo sathidan 70 metr balandda bo’lib, og’zi janubga qaragan. Uning kengligi 20 metr, chuqurligi 15 metr, balandligi 3,5 – 5 metr keladi.
G’or–makon ko’p qatlamli bo’lib, u yerdan ko’p miqdorda tosh qurollari va oz miqdorda suyakdan yasalgan mehnat qurollaar ham topilgan. Suyak qurollar 15 nusxada bo’lib, ular bigiz, igna, so’zan va boshqalardir. G’orning madaniy qatlamlaridan jami 870ta toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Ular xar xil shakldagi nukleuslar, retushlangan va retushlanmagan paraqa va paraqachalar, tosh pichoqlar, arrasimon qurollar, keskich, ushatgich toshlar, nayza va o’q uchlari, trapetsiyalar, sigmentlar va boshqa xil qurollar topilgan. Mochay g’oridan topilgan qurollarning ishlanish texnikasi, katta kichikligi Tojikistonning Vaxsh daryosi havzasidagi, Markaziy Farg’ona va Toshkent vohasidagi mezolit qurollariga ancha o’xshab ketadi. Lekin ularning o’ziga xos jihatlari xam bor.
Machay g’orining madaniy qatlamlaridan antropologik materiallar – odam bosh suyaklari, tishi, jag’i va boshqa a’zolarining suyak qoldiqlari topilgan. Haligacha O’rta Osiyoning mezolit davriga oid yodgorliklaridan bunday topilmalar topilgani yo’q.SHu jihatdan Machaydan topilgan odam suyaklari juda katta amaliy va ilmiy ahamiyatga egadir. Tadqiqotlar natijasida kalla suyaklarining biri ayol kishiga, biri erkak kishiga va uchinchisi yosh bolaga mansub ekanligi aniqlandi. Antropologik materiallarni chuqur o’rganish asosida, ularning qaysi irqqa mansub ekanligi aniqlandi. Ularning hammasi yevropoid irqiga mansub deb topildi. Bu materiallar O’zbekistonning eng qadimgi axolisini, uning tashqi qiyofalarini aniqlashda muxim manba bo’lib xizmat qiladi.
G’orning madaniy qatlamlarini qazish jarayonida antropologik materiallar bilan bir qatorda xilma–xil hayvonlarning suyaklari – paleontologik materiallar ham topildi. Palezoolog B. Botirov Machay g’oridan 20 xildan ortiq hayvon suyaklarini topdi. Ular qizil bo’ri, tulki, bars, mo’ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon, dalasichqon, to’ng’iz, Buxoro bug’usi, ayiq, echki, toshbaqa va boshqa yovvoyi hayvonlarga mansub bo’lgan. Machayliklar asosan arxar va jayron ovlaganlar. Xonakilashtirilgan sigir va qo’y-echkilarning ham suyaklari topilgan. Topilgan suyaklarning aksariyati mayda, sindirilgan va olovda kuygan. G’ordan topilgan qalin kul qatlamlari u yerda doimo olov yonib turganligidan darak beradi. Demak, machayliklar olovdan juda keng foydalanganlar, hayvon go’shtlarini olovda pishirib yeganlar. U yerdan topilgan mehnat qurollarining 80% ovchilar va hayvon terisini ishlash bilan bog’liq.
G’ordan yovvoyi va xonaki hayvon suyaklarining topilishi bu yerda yashagan mezolit davri kishilari ovchilik, termachilik va qisman chorvachilik bilan ham shug’ullanganliklarini bildiradi. Tadqiqotlar g’orning mil.av. YII – YI ming yilliklarga mansub ekanligini ko’rsatdi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə