Referatni birovdan ko’chirgan hamda birovga ko’chirtirgan har ikkala talabaga ham "0" ball qo’yiladi



Yüklə 232,69 Kb.
səhifə10/12
tarix22.03.2024
ölçüsü232,69 Kb.
#184216
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
14 MAVZU TOPSHIRIQ

Genetik ta’rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini ko’rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishi natijasida hosil bo’lgan kimyoviy birikmadir», degan ta’rif genetik ta’rifga misoldir. Bu ta’rifning mantiqiy strukturasi yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta’riflash bilan bir xildir.
Ta’riflash ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat:
a) ta’rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi tushuncha hajmi bilan aniqlovchi tushunchalar hajmlari yig’indisi teng bo’lishi kerak. Bu qoida buzilsa, ta’rif yo haddan tashqari keng, yo haddan tashqari tor bo’lib qoladi. Masalan, «Mantiq, tafakkurni o’rganuvchi fandir» – haddan tashqari keng, «Mantiq isbotlash strukturasini o’rganuvchi fandir» – haddan tashqari tor ta’rifdir.
b) Ta’rif aniq bo’lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, «Xayol – uchqur ot», «Davlat dunyoviy ruhning siyosiy jihatdan namoyon bo’lishidir» (Gegel) degan ta’riflarda bu qoida talablari buzilgan. Ularda chuqur ma’no bo’lsa-da, tushunchaning mazmuni aniq ochib berilgan emas.
v) Ta’rif aylana shaklida bo’lib qolmasligi kerak. Ta’rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etilsa, ta’rifda aylana hosil bo’ladi. Masalan, «Mantiq to’g’ri fikrlash haqidagi fandir» deyilganda ta’rifda aylana vujudga keladi. Chunki, «To’g’ri fikrlash nima?», degan savolga, «U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan holda fikrlashdir», deb javob berishga to’g’ri keladi, ya’ni «mantiq» tushunchasiga murojaat qilinadi.
Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. Masalan, «Ta’magir ta’magirlik qiluvchi kishidir» desak, tavtologiyaga yo’l qo’ygan bo’lamiz.
g) Ta’rif iloji boricha inkor shaklda bo’lmasligi kerak. Aks holda predmetga xos bo’lgan belgi o’rniga unda yo’q bo’lgan belgi ko’rsatiladi. Masalan, «Ong moddiy emas» degan ta’rif «ong» tushunchasining mazmunini to’liq ochib bera olmaydi.
Bilish jarayonida ta’riflashga o’xshash usullar ham ishlatiladi. Ulardan tushunchani ta’riflashning yuqorida biz ko’rib chiqqan turlarini qo’llash mumkin bo’lmay qolganda yoki unga zaruriyat bo’lmaganda foydalaniladi.
a) Ta’riflashga o’xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi bo’lgan tushuncha orqali ta’riflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, «Ong materiyaning miyamizdagi in’ikosidir».
v) Tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba’zi tashqi belgilarini ko’rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini, personajlarning portretlarini chizish, sodir bo’lgan birorta voqyeaning bayon etilishi tasvirlashga misol bo’ladi.
s) Tavsiflash yordamida predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko’rsatiladi. Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko’rsatish mumkin.
Tafovutlash, ostensiv ta’riflash kabi usullar ham mavjuddir. Ta’riflash bilishda katta ahamiyatga egadir. U qisqa holda predmet haqida yaxlit fikr, tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Lekin, predmet haqida fikr yuritganda u bilan cheklanib qolish mumkin emas. U albatta bilish jarayonida boshqa bilimlar yordamida konkretlashtirilishi, chuqurlashtirilishi zarur. Ana shundagina tushuncha ifoda etuvchi predmet haqidagi tasavvur aniq, to’laroq bo’ladi.

Yüklə 232,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə