Reja: I. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi



Yüklə 255,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix31.12.2021
ölçüsü255,19 Kb.
#82033
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
4-ma'ruza(1)

Ob’ektiv ko‘rsatkichlar: 

-

 



salomatlik  ko„rsatkichlari  (arterial  bosim,  turli  xil  funktsional  sinovlar, 

kardiogrammalar va h.k.); 

-

 

mashqlanganlik  ko„rsatkichlari  (sport  natijalari  dinamikasi,  jismoniy 



sifatlarning  o„sishi  va  texnik  tayyorgarlik  dinamikasi,  MKI  -  maksimal  kislorod 

iste‟moli, O„TS – o„pkaning tiriklik sig„imi va boshq.); 



Sub’ektiv  ko‘rsatkichlar  (uyqu,  ishtaha,  umumiy  ahvol,  mashq  qilish 

hamda musobaqalarda qatnashish istagi va h.k). 

Jismoniy  tarbiya  vazifalari,  vositalari  va  metodlarining  murakkabligi 

ko„pgina  omillar  bilan  aniqlanadi,  ularni  shartli  ravishda  guruhlarga  birlashtirish 

mumkin. Birinchi guruhga shu shug„ullanuvchilar kontingentining (guruh, jamoa) 

umumiy  xususiyatlarini  tavsiflovchi  omillar  kiradi.  Ikkinchi  guruhga  har  bir 

shug„ullanuvchining  individual  xususiyatlari  kiradi.  Uchinchi  guruhga  jismoniy 

tarbiya  jarayonida  umumiy  va  individual  o„zgarishlar  dinamikasi  tufayli  yuzaga 

kelgan omillar kiradi. To„rtinchi guruhga jismoniy tarbiyaning vazifalari, vositalari 

va metodlarini kiritish mumkin. 

Shug„ullanuvchilarning  umumiy  va  individual  xususiyatlari  muntazam 

o„zgarib  turadi.  Bitta  mashg„ulot  davomida  fiziologik  va  ruhiy  holat,  demak,  u 

yoki bu topshiriqning hamda talabning murakkablik darajasi o„zgaradi. Ko„p yillik 

jismoniy  tarbiya  jarayoni  mobaynida  shug„ullanuvchilarning  xususiyatlari  va 

imkoniyatlari  o„zgaradi.  Shu  sababli  o„rgatish  va  tarbiyalash  vositalari  hamda 

metodlarining  murakkabligi  har  doim  qayta  ko„rib  chiqilishi  lozim.  Jismoniy 

tarbiya  vazifalari,  vositalari  va  metodlarining  o„ziga  xos  xususiyatlari  e‟tiborga 

olinishi kerak. Shunday qilib, bajara olish va individuallashtirish tamoyilini amalga 

oshirish vazifasi jismoniy tarbiya o„qituvchisini ko„pgina turli xil omillarning o„ta 

qiyin,  o„zgaruvchan  manzarasiga  to„qnash  keltiradi.  Bu  omillarni  har  vaqt 

muntazam e‟tiborga olib turish zarur. Bunda ta‟sirlarni istiqbolli dasturlash uchun 

barcha omillarning kelgusidagi o„zgarishlarini oldindan ko„zlab olish kerak. 


Yüklə 255,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə