Reja: Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə12/12
tarix02.03.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#84268
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
malika

Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo’lib, ba’zan qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi qo’zg’alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga ega bo’lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: yo’q narsalarningko’zga ko’ri nishi; u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi; yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar. Illuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning noto’g’ri - noadekvat, yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Ba’zan psixologik fanida noto’g’ri idrok qilishga olib keluvchi qo’zg’atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» - tashqi tuzilishida o’xshashlik, o’zaro o’xshashlik, joylashuvda yondashuvlik) o’zi ham illuziya deb ataladi. Idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga berilgan ustanovkaga uzviy bog’liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir. Quyidagi bir nechta rasmlarda ko’rish ilyuziyalariga misollar keltirilgan.

Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obektiv (haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo’lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. Paranormal (G‘ayritabiiy) Idrok mavjudmi? G’ayritabiiy idrok - bu ichki sezgilardan ajralgan holatda telepatiya (fikran so‘zlashish), Kleyaren (normal holatdagi sezgi organlari bilan sezib bo‘lmaydigan sezish qobiliyati) hamda kelajakni oldindan ko‘ra olishni idrok qila olish qobiliyatining bahsli tasdig‘i hisoblanadi. Parapsixologiya - bu odatdagi voqea va hodisalarni g‘ayritabiiy sezuvchi idrok hamda g‘ayritabiiy aqliy iste’dodni o‘z ichiga qamrab olgan holatda izlanishlar olib boradi.



Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo’lgan oq fonga qaratsak (bu biroz qiyin bo’lishi tabiiy), rasmda bizga orqasi bilan o’girilib turgan shimol xalqlaridan biri (deylik eskimoslar)ning vakili yoki shunchaki qishning sovug’ida qalin kiyingan kishining tasvirini ko’rishimiz mumkin.



Shu kabi ko’rish illuziyalariga misol bo’la oladigan rasmlarni hayotimizda juda ko’p uchratishimiz mumkin. Ularni ko’rganingizda rasmlaga qarab, biroz mulohaza yuritib ko’ringchi. Fon xususiyatlari sababli hosil bo’ladigan illuziyalar nafaqat fon va undagi shakl hajmiga, balki har ikkisining fazodagi joylashuviga ham bog’liq bo’ladi. Ingliz psixologi Jon Lokk (1632-1704) biz o‘z tajribalarimiz orqali olamni turlicha idrok qilishni o‘rganishimiz mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. Chindan ham, biz predmetlarni ularning masofasi va o‘lchamlarini birbiriga bog‘lash orqali o‘rganamiz.

Xo‘sh, bunday holatda tajriba qanday muhim ahamiyatga ega? Villiam Molineks kub va shar orasidagi farqni, ko‘r bo‘lib tug‘ilib, hozirda ko‘ra oladigan inson farqlay oladimi yoki ko‘rish qobiliyatiga har doim ega bo‘lgan inson farqlay oladimi degan savol bilan Jon Lokkga yuzlanganda Lokk bu savolga nisbatan yo‘q inson farqlarni ko‘rish orqali o‘rganmaydi deb javob qaytaradi. Malineksning taxminiy fikrlari bir nechta butunlay ko‘r bo‘lib tug‘ilgan o‘spirinlarda tajriba o‘tkazish orqali isbotlandi. Ularning ko‘pchiligi katarakta bilan tug‘ilgan bo‘lib, bu katarakta linzalari ularga oddiy tipdagi rangni ko‘rishga imkoniyat yaratgan. Katarakta operatsiyasidan so‘ng, bemorlar turli xil figuralarni va ranglarni bir-biridan farqlay oladilar, shuning uchun sezishning barcha ko‘rinishlari tug‘ma qobiliyat deb baholanadi. Lekin Jon Lokkning fikrlashicha, bunday odamlar tegish, ushlab ko‘rish orqali ularga ma’lum, tanish bo‘lgan predmetlarni har doim ham ko‘rish orqali payqab olavermaydilar. Siz va men yakka holdagi yuzni bir butunlikda tasavvur qilishimiz va idrok qilishimiz mumkin.

Bizga yuzning aynan bir xil qismi bilan juftlashgan ikkita har xil eng pastki yarim qismi aynan yuzning eng yuqori yarim qismidan farqlanadi. 43 yoshli erkakning 40 yillik ko‘rlikdan so‘ng ko‘rish qobiliyati tiklandi va u odamlarni o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Ammo u yuzlarni doimiy ravishda yodda saqlab qola olmasdi. Bundan tashqari, doimiy sezish qobiliyati ham etarli darajada bo‘lmasdi, masalan insonlar undan uzoqlashganda ularning hajmi kichiklashib borayotganday tuyulardi. Psixolog George Stratton o‘z tajribalari uchun 8 kun davomida kiyiladigan maxsus optik bosh kiyimini yaratdi. Bu optik bosh kiyimning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u chapni o‘ngga, yuqorini pastga qilib ko‘rsatadi. Stratton bu moslamani kiyganda o‘zining harakatlarida adashganligini his qildi. U yurishni xohlaganda, o‘z oyog‘ini topolmay qoldi. Bu bosh kiyimni kiyganda ovqatlanish deyarli amrimahol edi. U bu jarayonda qattiq asabiylashgan holda bu vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirdi 8 kundan so‘ng, deyarli hech narsaga urilmagan holatda to‘g‘ri yo‘nalishda shu bilan birga qulay holatda o‘zi istagan predmetlarga etib bora oldi. U bosh kiyimini echganda, o‘zining asl holatiga yana qaytadan moslashdi.

Xulosa

Men bu mustaqil ish mavzuimda shaxs va uning tashqi olamni bilish imkoniyatlari. Bilish qobiliyatining professional faoliyatga aloqadorligi, bilish jarayonlari klassifikatsiyasi: idrok va idrok adekvatligini ta’minlovchi psixologik qonuniyatlar, xotira va shaxs tajribasining boyligi, esda yaxshi olib qolish qonunlari; xotirani oʻstirish va tarbiyalash. Materialni yaxshi esda saqlab qolishdagi individual farqlar.



Bilish jarayonlarini boshqarish usullari. Ta’lim va tarbiya jarayonida bilish qobiliyatlarini takomillashtirishning psixologik tamoyillari va shartlari. Pedagogning ushbu jarayondagi roli va oʻrni. Ishlab chiqarish vaziyatlarida bilish jarayonlarini samarali boshqarishning amaliy ahamiyati.

Tafakkur tashqi olamni bilishning oliy formasi sifatida, uning asosiy turlari va ularning kasbiy faoliyatda namoyon boʻlishi. Professionalizm va fikrlash salohiyatining uzviyligi masalasi. Ijodiy va mantiqiy fikrlash-mutaxassislarda sogʻlom ma’naviyat va e’tiqodni shakllantirishning omili va sharti sifatida. Kasbiy fikrlash shartlari. Kadrlar salohiyatini oshirishda mustaqil fikrlashga oʻrgatishning ahamiyati. Mustaqil fikrlash yoʻllari va operatsiyalari. Kreaktiv, konvergen va divergen tafakkur, ijodiy va mantiqiy fikrlash yoʻllari. Mustaqil va ijodiy fikrlashning shaxsning jamiyatda mavqei va undagi ijtimoiy muloqandmandligiga aloqasi. Tafakkurning kasbiy fiklash shartlari bilan bogʻliqligi. Muloqotning kommunikativ tomoni va unda nutq faoliyatining verbal, noverbal komponentlaridan samarali foydalanishning zarurati. Ijtimoiy psixologik hamda kommunikativ treninglar haqida tushunchalarni tushudim.

Adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.- T.:Oʻzbekiston,7aprel.2017.

2. “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori. 2017 yil 20 aprel, PQ-2909-son

4. 2017 — 2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 maydagi PQ-1533-sonli qarori

5. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, «Ma’naviyat», 2009.

6. Karimov I. A. Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti. //Oʻzbekiston ovozi, 18 fevral 2012 y.

7. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

8. Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

9. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.



10. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.

11. Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell Publishing Ltd, 2003. – 515 p. 12. Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р.910
Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə