Reja: Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/12
tarix02.03.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#84268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
malika

Ixtiyorsiz diqqat - diqqatning quyi formasi bo’lib, odatda qo’zg’atuvchilarning analizatorlardan birortasiga ta’sir etishi natijasida sodir bo’ladi. U mo’ljal olish refleksi qonuniyatiga ko’ra paydo bo’ladi va odamlar hamda hayvonlar uchun umumiydir. Ixtiyorsiz diqqat ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi hamda bu qo’zg’atuvchilarning odamni ilgarigi tajribasi yoki psixik holatiga muvofiq kelishi tufayli paydo bo’lishi mumkin. Ta’lim va tarbiya jarayonida shakllanuvchi, faqat odamga xos bo’lgan ixtiyoriy diqqat ancha murakkabdir. Uning xarakterli xususiyati shundaki, u obyektga niyat va qo’yilgan maqsad ta’sirida yo’llanadi. Kishida paydo bo’ladigan talab, ehtiyojlar, organizmdagi o’zgarishlar, masalan chanqash, og’piq, ko’ngil g’ashligi kabi holatlar ham diqqatimizni jalb etishi mumkin. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka (mo’ljal) yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. Chunonchi, tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi bizda darhol mo’ljal refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, «nima gap» degan ma’noda atrofimizga razm sola boshlaymiz. Shuningdek, turli his-tuyg’ular, xususan qiziqish ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi.

Qiziqarli roman, kinofilm, qiziqarli suhbat diqqatimizni o’ziga beixtiyor tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili emotsional diqqat ham deyiladi. Ixtiyoriy diqqat - qat’iy maqsad asosida yo’naltirilgan diqqatdir. Diqqatning bu turi o’zini majbur qilib, zo’r berib ongni bir faoliyat ustida to’plab turishlikni bildiradi. Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko’p va kam irodaviy zo’r berish, jiddiylik (tanglik) bilan birga bo’lishidadir, bunda ixtiyoriy diqqatning uzoq saqlanishi toliqishiga, ko’pincha jismoniy zo’r berishdagidan ko’ra ko’proq toliqishga sabab bo’ladi. Shuning uchun o’qitish davrida ixtiyoriy diqqatning kuchli to’planganligi ortiqcha davomli bo’lmasligi lozim. Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi.



Ixtiyoriydan so’nggi diqqat - diqqatning muayyan obyektga avvalo ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi bo’lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga psixolog olim N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.

Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror obyektga uzoq muddat qaratilishi bilan belgilanib, bunda hech qanday sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflanmasa ham bo’ladi. Insonning yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi mehnatning yuqori, samarali ko’rsatkichi diqqatning shu turi bilan bog’liq bo’ladi. Diqqat tanlovchanligi va baxtsiz hodisalar. Mashina haydayotgan paytda telefonda gaplashsangiz e’tibor mashinadan telefonga ko‘chadi. Bunday vaziyatda, tezlik o‘zgartirish ayniqsa qiyin bo‘ladi va halokatni yuzaga keltirish mumkin. Mashina halokatlarining 80%i haydovchilarning chalg‘ishida deb hisoblanadi. Utan universitetidagi haydash tajribalarida talabalarning telefonda gaplashishlari mobaynida yo‘ldagi yo‘l belgilari, reklamalar va boshqa mashinalarni payqashi sekin bo‘lishlari aniqlangan. Diqqat tanlovchanligi bo‘lgani uchun biz qo‘ng‘iroqqa javob beraolamiz (GPS navigatsion Sistema yoki DVD magnitafon) boshqa narsalarga e’tibor berishga sabab bo‘ladi. Suzanne Meevay va uning Sidney universitetidagi hamkasblari (2005,2007) avtomobil halokati paytidan oldingi telefon qo‘ng‘iroqlari sabab hatto qo‘llari bo‘sh payt ham 4 marta ko‘proq riskda bo‘lishlarini aniqlashdi. Yo‘lovchilarda bo‘lsa xavf 1 dan 6 martaga oshadi.Hatto telefonda gaplashayotganda qo‘llar bo‘sh bo‘lsa-da yo‘lovchi bilan suhbatlashganda ham mashina haydash yoki suhbatni to‘xtatib pauza qilish talab qilinadi.

Ogaya Universiteti piyoda yuruvchilarni tabiiy ravishda kuzatishlariga binoan gapirgan holda yurish ham xavfni ko‘paytirishi mumkin ekan. Yo‘lni kesib o‘tayotganda uyali aloqadan foydalanayotgan yo‘lovchilarning yarmi va chorak qismida parishonxotirliklik bilan mashina yaqinlashganda yo‘lni kesib o‘tish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Diqqatning obyektga to’planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog’liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo’ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xattiharakatlarning o’ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa, faoliyatning maqsadga, uning natijasiga yo’naltirilgan qiziqishdir.

Diqqatning ana shu xususiyatlari ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Diqqatning barqarorligi uning davomiyligi va u yuz bergan butun vaqt mobaynida qaratilganlik darajasi bilan belgilanadi. Diqqatning barqarorligi diqqat qaratiladigan obyektlarning xususiyatlariga va diqqati yo’naltirilgan shaxsning faolligiga bog’liq bo’lib, u diqqatning o’z obyektiga kuchli yo’naltirilishi va faol to’planishidan iborat ijobiy xususiyatdir.

Diqqatning ko’lami, xajmi uning taqsimlanish xususiyati bilan belgilanib, ayni bir vaqtning o’zida aniq-ravshan idrok etiladigan obyektlar soni bilan tavsiflanadi. Diqqatning obyektlari o’rtasida kanchalik yaqin bog’lanishlar mavjud bo’lsa, uning xajmi shunchalik keng bo’ladi va aksincha. Diqqatning taqsimlanishi - ikki va undan ortiq faoliyat turlarining ayni bir vaqtning o’zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog’lik xususiyatidir. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida axamiyatga ega. Diqqatning ko’chishi subyektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir obyektdan ikkinchi obyektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o’tishida namoyon bo’lib, bunda ko’chish to’liq yoki chala bo’lishi mumkin. Diqqatning bo’linishi uning ko’chishidan farqli o’larok ixtiyorsiz tarzda bo’ladi. Diqqatning bo’linishi shaxsning asosiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ahamiyatsiz bo’lgan obyektga ko’chishida namoyon bo’ladi. Diqqatni obyektga qarata olmaslik va yunaltira olmaslik bilan bog’liq salbiy xususiyatlar, ya’ni diqqatning buzilishi ham uchrab turadi. Ulardan biri parishonxotirlikdir.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə