Reja: Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə5/12
tarix02.03.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#84268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
malika

Parishonxotirlik - diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonxotirlik vaqtincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror hislati bo’lishi ham mumkin. Parishonxotirlikning ikki turi mavjud bo’lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatni muayyan obyekt ustiga kuchli tuplantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi.

Xotira - atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv xolda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat psixik jarayon alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik (yunon.«mnema»-xotira) faoliyat, psixikaning «tanasi» sifatida namoyon bo’ladi. Xotira shaxs psixik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o’tmishda yuz bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham hozirgi, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ruyobga chiqishini ta’minlaydi. Inson ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qola oladi.

Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo’lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so’z, son, belgi, narsaning shakli bo’lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili bo’lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo’lardi. Demak, ongning tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatish yana bir psixik jarayonni - xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi. Inson xotirasining mukammal bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgankechirganlarimizning mazmuni to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog’liq: esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga; shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga nechog’lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga; shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga; shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; irodaviy kuchi va intilishlariga.



Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham muhim muammo. Chunki ko’pincha biz xotiramizda kechagina o’qigan ma’lumotning borligini bilamiz-u, lekin kerak bo’lgan vaqtda uni esga tushira olmaymiz. Psixolog sifatida shuni ta’kidlash lozimki, xotira bu – doimiy va o‘zgaruvchan hamda saqlangan ma’lumotlarni o‘rganishdir. Xotira ustidagi izlanishlar uning qanday ishlashini tushunishimizga yordam beradi.

Masalan 92 yoshli qariya insult bilan kasallangandan so‘ng u oldingidek harakatlana olardi. U oilaviy albomlarni ko‘rganda qarindoshlarini eslay oladi, ammo, kundalik yangi suhbatlarni va hatto haftaning qaysi kuni ekanligini eslay olmaydi. U har safar yangiliklarni eshitganda ta’sirlanadi va pochchasining o‘limini tez-tez eslaydi. Buning aksi o‘laroq Xotira Olimpiadasida medallar sovrindori rus jurnalisti SHereshevskiy boshqa jurnalistlar intervyularni qayd qilsa, u shunchaki tinglardi. Balki biz 7 yoki 9 tagacha bo‘lgan raqamlarni takrorlay olarmiz ammo Shereshevskiy 70 tagacha bo‘lgan raqamlarni 3 soniya ichida takrorlay oladi. Bundan tashqari, u raqamlarni orqadan oldiniga ham osonlik bilan aytib bera oladi. Hatto u yuzlab ro‘yxatlar orasidan 15 yil oldingi ro‘yxatni ham aniq aytib bera olgan. U shunday boshlagan: “Biz stol atrofida o‘tirgan edik, siz kursida kulrang kastyum kiygan holda o‘tirgan edingiz va menga mana bunday holatda qarayotgan edingiz”.

Ajablanarli holat shunday emasmi? Siz ham imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin. Atrofda turli tovushlar, qo‘shiqlar, yuzlar, ko‘rinishlar, turli joylar, turli ta’m va hidlar mavjud. Tasavvur qiling, siz 2500 ta yuzlar va joylarni har biriga 10 soniyadan vaqt ajratib ko‘rdingiz. Keyinroq esa oldingisiga o‘xshamagan boshqa 280 ta yuzlar va joylarga e’tibor bering. Ralf Xaberning axborotiga ko‘ra siz 90% oldingilarini eslab qolasiz. Keyingi tajriba tasavvur qiling, siz oldin shakli aniq bo‘lmagan, har tomonlarga chizilgan rasmni ko‘rdingiz, so‘ngra shakli aniq bo‘lgan to‘liq rasmni ko‘rdingiz. David Mitchellning tadqiqotlariga ko‘ra to‘liq ob’ektlarni ko‘rish va eslab qolish noaniqlariga nisbatan oson va tez. Xotira tadqiqotchilari 1 asrdan ko‘proq vaqtdan buyon quyidagi savollarga javob izlamoqda: Qanday qilib biz xotira yutuqlariga erishishimiz mumkin? Nima uchun biz, hatto, bir daqiqa oldin uchrashgan insonimizning ismini unutib qo‘yamiz? Xotiralar miyada qanday saqlanadi? Nima uchun ayrim narsalarni tez unutamiz ammo alamli, istalmagan hodisalarni unutishimiz qiyin? Qanday qilib bir hodisa ikki shaxsning xotirasida turlicha qoladi? Xotiramiz imkoniyatlarini qanday o‘stirishimiz mumkin? Insonlarni o‘rganish va axborotni qabul qilish bo‘yicha 3 turga ajratsak bo‘ladi. Bular: eshitish, ko‘rish va harakat xotiralar.

Bular miyaga kirayotgan xabarning turiga bog‘liq. Ko‘rish: bunda yaqqol tasavvurlar hosil qilinadi. Bunda so‘z tasavvurdagi manzaralar timsolida xotiraga joylashadi. Doktor Medina fikricha: barcha sezgi organlari ichida eng muhimi aynan axborot qabul qilish bo‘yicha mavjud sezgidir. Vizual xotira cheksiz. Tadqiqotlardan birida ishtirokchilarga 10000 ta rasm berilgan va so‘ng boshqa rasmlar bilan aralashtirilgan rasmlarni berib ularni ajratish topshirilgan. 99% aniqlikda rasmlar to‘g‘ri ajratilgan. Va hatto 3 oydan so‘ng ham shu natija takrorlangan. 10% o‘qiganda, 20% eshitganda, 30% o‘qib eshitganda, 50% eshitib ko‘rganlarda, 70% suhbatlashganda, 90% bajarayotganda eslab qolingan. Tevarakdagi ma’lumotlarni hissiyotlarimiz orqali qabul qilamiz. O‘rganish va xotirada saqlashning turli usullari mavjud. Har bir odamda ma’lum usullarning majmui mujassam bo‘lib turlicha usullarda turlicha o‘rganish mumkin.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə