Reja: Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari


Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/12
tarix02.03.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#84268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
malika

Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xattiharakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Bizni o‘rab turgan ko‘p sonli qo‘zg‘qtuvchilardan tahlil uchun biz faqat ayrim qo‘zg‘atuvchilarni tanlaymiz. Ultrik Neysser va Robert Beklen ( Neisser and Beclen, 1979) hamda Deniel CHervone (Cervone1983) buni o‘z tadqiqotlarida ko‘rsatib berishgan. Tadqiqot shundan iborat bo‘lganki, unda sinaluvchilarga 1 daqiqali video ko‘rsatilgan. Videoda 3 ta qora ko‘ylakdagi basketbol o‘yinchilari orqa qatorda esa 3 ta oq qo‘ylakli o‘yinchilar basketbol o‘ynayotganlari tasvirlangan. Sinaluvchilarg berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli o‘yinchilar koptokni birbiriga uzatgan paytlarida sinaluvchilar tadqiqot tugmachasini bosishlari kerak edi. Shu bilan birga klip davomida basketbol o‘yinchilari o‘ynayotgan paytda orada o‘yinchilar o‘rtasidan soyabonli bir ayol o‘tib ketadi. Sinaluvchilarning aksariyati berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli ishtirokchilarni shunchalik diqqat bilan kuzatishganki ayolni ko‘rmay qolishgan. Video sinaluvchilarga qaytadan ko‘rsatilib, soyabonli ayol o‘yinchilar orasidan o‘tganligi aytilganda sinaluvchilar o‘zlari ayolni ko‘rmay qolganliklaridan hayratda qolishgan.

Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to’plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat - aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.





Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yunaltirilishi, ularda faol to’planishiga aytiladi. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq holatlar bunga misol bo’la oladi. Ichki diqqat esa ongimizning o’z subyektiv taassurotlarimiz, his- tuygularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu, istak va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan farqli o’laroq ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko’rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish imkoniyatiga egadir. Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo’naltirilishi va unga to’planishiga individual; bir guruh yoki ko’pchilikdan iborat kishilar jamoasining ongi psixik faoliyatning biror obyektga qarata yo’naltirilishi va shu obyekt ustida to’planishiga guruhiy yoki jamoa diqqati deb yuritiladi.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə