Reja: Kirish Adir



Yüklə 50,09 Kb.
səhifə11/12
tarix28.09.2023
ölçüsü50,09 Kb.
#124490
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Adir o\'simliklari

Adir mintaqasi. Bu mintaqa okean sathidan 400-500 m dan to 1000-1200 m gacha bo’lgan balandliklarda joylashagn bo’lib, tog’ oldilarini egallaydi.
Adir iqlimi cho’l iqlimidan bir oz farq qilsada, yozi issiq va uzoq davom etadi. Yozi cho’ldagideuk jazirama issiq emas, yillik yog’in miqdori 300-450 mm. O’simlik qoplami cho’ldagidan qalinroq. Bunday sharoitda oddiy va to’q tusli bo’z tuproqlar hosil bo’ladi.
Oddiy bo’z tuproq tog’ etaklaridan okean sathidan tahminan 500-600 m dan 1000 m gacha bo’lgan 1,5-2,5% ni tashkil etadi. Oddiy bo’z tuproqli joylarda sug’oriladigan (obikor) va baxorikor yerlar hisoblanadi.
To’q tusli bo’z tuproqlar balandroq joylarda (okean sathidan 1000-1600 m balandliklarda) tarqalgan. Tuproq tarkibidagi chirindi miqdori 3-4% ga boradi, ko’pincha bahorikor ekinlar ekiladi. Daryo vodiylaridagi kichikroq joylarda sug’orib dehqonchilik qilinadi.
Bo’z tuproqlar respublikamizda dexqonchilik qilinadigan asosiy tuproqlardir. Binobarin, ular eng muhim va tuganmas tabiiy boyligimiz hisoblanadi. Bo’z tuproqlar ishlov berish jihatidan ham, sug’orish jihatidan ham bir qator qulayliklarga ega. Adir mintaqasida cho’lga nisbatan o’simliklar ko’proq. Mintaqa bahorda qizil, siriq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Adirlarda ko’ng’irbosh, rang, sasir, yantoq, kovrak va gulhayrilar o’sadi. Adirlarning yuqoriroq qismida zirk, namatak butalari va do’lana kabi buta va daraxtlar uchraydi.
Adirlarda hayvon dunyosi cho’l hayvon dunyosiga nisbatan kambag’alroq. Cho’lga hos sudralib yuruvchilar kaltakesak (agama, gekkon) lar, ilon (kapchabosh ilon, zaxarli ko’k ilon)lar, hatto falanga, qoraqurt, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi.
Yirtqichlardan tulki, bo’rilar yashaydi. Bahorda toshbaqa va yumronqoziqlar faol hoyot kechiradilar. Dexqonchilik qilinadigan joylar atrofida esa jayra, bo’rsiq va tipratikanlar uchraydi. Qushlar cho’ldagidan nisbatan ko’proq: pushti rang chug’urchuq (asalarilar kushandasi), ko’k qarg’a, kaklik, zog’cha, kalxat, qirg’iy va burgut kabi qushlar yashaydi.
Voxalarda musicha, chumchuq va hushovoz bulbul hamda maynalar uchraydi. Bahorda qaldirg’och, sassiqpopishak va bulbullar uchib keladi. og’ mintaqasi. Bu mintaqa okean sathidan 1000-1200 m dan 2700-2800 m gacha bo’lgan balandlikdagi joylarni o’z ichiga oladi. Balandlikka ko’tarilgan sari havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori orta boradi. Tog’larda yoz salqinroq, cho’ldagidan nisbatan qisqaroq bo’ladi.
Tog’larning shimoliy yonbag’irlari janubiy yonbag’irlariga nisbatan salqin va namroq bo’lganligidan o’tlar yoz bo’yi ko’m-ko’k bo’lib o’sib turadi. Tog’lardagi g’arbiy yonbag’irlarida sharqiy yonbag’irlariga nisbatan yog’in ko’proq bo’ladi, binobarin, bu yonbag’irlarda o’simliklar ham ko’proq va qalin o’sadi.
Tog’ mintaqasidagi nam iqlim va Alin o’simlik qoplami tuproq tarkibida chirindining ko’payishiga sharoit yaratadi. Tog’larda tog’-ko’ng’ir va tog’-jigar rang tuproqlari tarkib topgan. Bunday tuproqlar tarkibida chirindi miqdori ko’p bo’lib, 4-6% gacha yetadi.
Respublikamizning tog’lari va tog’ etaklarida, daryo vodiylarida va qayirlarda o’tloq va botqoq-o’tloq tuproqlar tarqalgan.
Tog’larning yonbag’irlarida betaga, rovoch, tog’ yalpizi kabi o’tlar o’sadi, namatak, zirk, dukcho’p va irg’ay kabi butalar, yuqoriroqda esa o’rmonlar uchraydi. Tog’ o’rmonlarida bodom, pista, do’lana, o’rik, olma, olcha, nok, yong’oq kabi mevali daraxtlar o’sadi.
Okean sathidan 1400 m dan 25600 m gacha bo’lgan balandliklarda archa uchraydi. Archa yog’ochi mustahkam g’immatbaho daraxt bo’lib uzog’ umr ko’radi. Archazorlar-shifobaxsh oromgoxlardir.
Tog’ o’rmonlarining ahamiyati katta. Ular suv oqimlarini tartibga soladi, tuproqlarni yuvilib ketishidan saqlaydi, havo haroratini mutadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni, changni yutib, kislorod va namni ko’paytiradi.
Kadrli o’quvchilar! O’rmon bizning bebaho boyligimiz va tog’larimiz ko’rkidir. Biz ularni nobud qilmay asrashimiz, ezozlashimiz lozim!
Tog’ mintaqasining hayvonot dunyosi boy va juda xilma-xildir. O’rmonlarda jayra, bo’rsiq, olmahon yashaydi. Maskur mintaqada qushlar juda ko’p: boltatumshuq, mayna, zarg’aldoq, bulbul uchraydi. Boyug’lilar zararkunanda kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. Sutemizuvchi hayvonlardan ayiq, bo’ri, bazan silovsin ham uchraydi. Yaylov mintaqasi. Yaylov yoki baland tog’ mintaqasi okean sathidan 2700-2800 m dan balandda joylashgan bo’lib, maydoni ancha katta emas.
Mintaqadagi sovuq va nam iqlim sharoitida och ko’ng’ir va o’tloq tuproqlar hosil bo’ladi.
Yaylov mintaqasi subalp va Alp o’tloqlaridan iborat. Ayrim quyoshga teskari yonbag’irlarida yil bo’yi qor saqlinishi mumkin. Subalp o’tloqlarda asosan baland bo’yli o’tlar, shuningdek boshoqlilardan yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar o’sadi. Bu mintaqalardagi Alp o’tloqlari past bo’yli va kichik o’tlardan iborat. O’tloqlarda to’ng’izsirt, qoqio’t, tipchoq, binafshalar o’sadi. O’tloqlardan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yaylov mintaqasida yirik hayvonlardan alqoro, bug’u (elik) va kiyiklar, kemiruvchilardan - sug’ur yashaydi. Yaylovning ko’rki bo’lmish qor barsi, shuningdek oq tirnoqli ayiq O’zbekiston « Qizil kitobi» ga kiritilgan (30-rasm).Respublikamizning cho’l va adir mintaqalaridagi sug’oriladign joylarda Toshkent (Chirchiq), Ohangaron, Farg’ona, Andijon, Namangan, Mirzacho’l, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Surxon, Xorazm va Qoraqalpoq vohalari vujudga kelgan. Toshkent, Zarafshon va Xorazm voxalari o’zining 2-3 ming yllik tarixiga ega. Sug’orib ekmiladigan vohalarda o’tloq-allyuvial tuproqlar hosil bo’lgan, ularning tarkibida 1-1,5 % chirindi bo’ladi. Inson vohalaridagi tabiiy o’simliklar o’rniga madaniy o’simliklardan-bug’doy, arpa, sholi va makkajo’hori kabi don ekinlari, mevali daraxtlar, uzum, anjir, anor, sabzavot ekinlari, poliz ekinlaridan dunyoga mashxur qovun va tarvuzlar yetishtira boshlagan.
Voxalar o’ziga xos hayvonot dunyosiga ega. O’zbekiston aholisining asosiy qismi, madaniy yodgorliklari va sanoat korxonalari vohalarida joylashgan. Respublikamiz suv havzalarida zog’orabaliq, laqqa baliq, shoxbaliq (oybaliq) va cho’rtan baliqlar uchraydi. Sirdaryo va Amudaryo suvlarida yashaydigan noyob qilquyruq baliqlari O’zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan.
O’zbekiston hududidagi suv havzalarida baliqchi, yovvoyi o’rdak, g’oz, qarqara, flamingo (qizilg’oz), meshkopchi qush (birqozon) va qoravoy qushlari uchraydi. Adir o‘simliklari. Adirlar cho‘l va tog‘lar o‘rtasidagi oraliq zona hisoblanadi.
Adirlar dengiz sathidan 500—700 m dan 1200—1600 m gacha baland bo‘lgan tog‘oldi qirlaridir. Adirlar o‘simligi, asosan, rang o‘simliklaridan tarkib topgan. Rang o‘simliklari orasida ko‘pincha ko‘p yillik yirik o‘tlar — qo‘ziquloq va oqquray, qizil shuvoq, bug‘doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi. Adirlarning toshli va shag‘alli baland yerlarida butalar o‘sadi. Bular orasida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va bo‘tako‘z o‘sadi.
O‘rta Osiyo tog‘lari Elbrus tog‘larining sharqiy qismidan Тorbog‘otoy tog‘ining sharqigacha cho‘zilgan. Bu hududda tabiiy sharoiti va paydo bo‘lgan davriga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan Тyanshan, Pomir, Badaxshon, Kopetdog‘, Jung‘oriya Olatovi, Тorbog‘otoy, Hindukush, Safedko‘h, Bandi Turkiston tog‘lari bor.


XULOSA:

Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson-tuhfalarini ko’r- ko’rona sarflash va uning boyliklarini talon-talonj qilishga hech kimning haqqi yo’q.


Tabiat haqida qayğurish- insoniyat o’zi haqida qayğurishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun etkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta'sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizning bu xatolarimizni kelajak avlod kechirarmikan? Yo’q. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, cndi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi- bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi-sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.
Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor toğlarni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turiari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq. olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga etish,tabiatdagi mujazgina bir jonli mavjudotni ham asray-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga etish, zavq olish o’rniga ularga ozor etkazishadi, masalan, toğda endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi. Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada toğ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda "murojaatnoma"lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: "Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz". Gullarni asray bilish, uning qadriga etish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.Yovvovi gullar - bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va toğ, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarni avaylaymiz, ularni asray olishimiz, ona- Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.

Yüklə 50,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə