Reja: kirish. I bob. O’simliklarga ta’sir qiluvchi omillar


II BOB.O’simliklarni muhofaza qilish



Yüklə 457,41 Kb.
səhifə6/9
tarix21.06.2022
ölçüsü457,41 Kb.
#89851
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xurshida

II BOB.O’simliklarni muhofaza qilish.
2.1. O’zbekiston xududida tarqalgan noyob o’simliklarni muhofaza qilish chora-tadbirlari.
Respublikamiz hududidagi tabiiy landshaftlarni saqlab qolish muammosi dolzarb masalalar qatoridan o’rin olgan. Respublikamizdagi barcha ekosistemalar bir necha asrlardan beri davom etib kelayotgan antropogen omillar yig’indisining ta’siri ostida qolib kelmoqda. Ilgari aholi sonining nisbatan kamligi va tabiatdan foydalanishning mahalliy uslublari ekologik muvozanatni birmuncha saqlab kelgan. Biroq keyingi bir necha o’n yilliklar davomida kishilarning tabiatga ta’siri bir necha barobar ortdi. Chorva mollarini betizim o’tlatilishi tog’ va balantog’dagi o’tloqlarning tarkibini bir xillashib borishiga, chorma mollari yemaydigan begona o’tlarning ko’payib ketishiga olib keldi. Kamyob va yo’qolib borayotgan turlari va ularni muhofaza qilish maqsadida ushbu turkumning ayrim turlarini O’zbekiston Respublikasi ―Qizil Kitobi‖ga kirish va Respublikamizdagi Qo’riqxona va milliy bog’larda saqlab qolish choralari ishlab chiqilmoqda.
―Qizil kiob – bu hujjat bo’lib u insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash ma’suliyatini olgan‖.
Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insoniyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor tog’larni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turlari, toza havo sho’x sharsharalari, muz cho’qqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga yetish, tabiatdagi mo’’jazgina bir jonli mavjudotni ham asray-avaylash lozim.
Ma’lumotlarga qaraganda, Yer yuzida hayvonot va o’simlik turlarining yo’qolib ketishga ikkita sabab bor bo’lib, ulardan birinchisi – bu tabiiy sharoitning o’zgarishi (tabiiy sabab) natijasida bo’lsa, ikkinchisi esa – (antropogen) inson xarakatlari natijasidir. Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning to’rtdan bir qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, to’rtdan uch qismi esa inson ta’sirida yo’qolganligi aniqlangan. Bunday raqamlarni yana ko’plab keltirish mumkin, afsuski, ularning deyarli barchasi insoniyatning bilib-bilmay tabiatga nisbatan olib borayotgan beayov qilmishlarini ko’rsatib beradi. Aslini olganda, bu raqamlar aynan bo’lmasa-da, ko’pchiligimizga ma’lum, bu raqamlar oqibatida yuzaga keladigan fojealar ham ma’lum. Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o’simliklar) o’simlik va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo’lib, ularning 93 % uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo’lishi va ularning yo’qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo’lib, Yerda geologik sharoitlarning o’zgarishiga ham bog’liqdir. Ammo, odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o’simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo’qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yerlar, orollar va qit’alarning o’zlashtirilishi natijasida butun sayyorada fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Ma’lumki, o’simliklar xalq xo’jaligining barcha sohasida samarali foydalanib kelinmoqda. Shu jumladan chorvachilik, tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarni misol qilib keltirish mumkin. Lekin shu tufayli o’simliklardan belgilangan miqdordan ko’proq foydalanish o’simliklar qoplamiga salbiy ta’sir etmoqda. Bunday xarakatlar dovomida o’simliklar florasi, antropogen omillar natijasida son jixatidan kamaishi, ayrim turlar yo’qolish arafasida turganligi, ko’p sonli o’simlik turlari O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilayotganligi, o’simliklarni muhofaza qilish, ularni asrab-avvaylash, ko’paytirish va ularni tarqalgan arealini kengaytirish, ularga ta’sir qiluvchi ekologik omillarni aniqlash hamda taxlil qilish shu kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini tasdiqlaydi.



Yüklə 457,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə