Reja: Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va madaniyat


Sezgilarning umumiy qonuniyatlari



Yüklə 356,55 Kb.
səhifə39/50
tarix21.05.2022
ölçüsü356,55 Kb.
#87507
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Reja Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va

4. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari

Sezgilarning hosil bo`lish sezgisi va davom etish muddati. Sezgilar biror bir sezgi a`zosining qo`zg`alishidan hosil bo`ladi. Qo`zg`atuvchi reptseptorga ta`sir etishi bilanoq sezgi hosil bo`lmaydi: qo`zg`atuvchi ta`sir eta boshlagandan bir necha vaqt keyingina sezgi hosil bo`ladi. Sezgilar davom etish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli sezgilarga bo`linadi. Masalan: qisqa muddatli sezgiga erga tushib ketgan qqalamning tovushi, lip etib chaq nagan uchqunni sezish. Kunduzgi yorug`likni sezish, zavoddan yangrayotgan gudok ovozini eshitish uzoq muddatli sezgilardir. Sezgilar o`zlariga adekvat (mos) bo`lgan qo`zg`atuvchilarning aks ettirish shakllaridan iborat. Sezgilarning umumiy xususiyatlariga sifati, jadalligi, davomati va fazoviy joylanishi kiradi. Sezgilarning asosiy xususiyatlari sifat bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan ajratadi. Masalan: eshitish sezgilari tovushning balandligi, qattiqligi bilan, ko`rish sezgilari ranglarning quyuqligi, toni bilan farqlanadi. Bilinar - bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo`zg`atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi chegarasi deyiladi. Sezgilarning quyi chegarasi analizatorning absolyut sezgirligi darajasini aniqlaydi. Masalan: 1 gramm qandni bir piyola choydagi mazasi uncha sezilmaydi, 0,1 sm qog`ozni qo`lni kaftiga qo`yilsa uning og`irligi sezilmaydi. Sezgi chegarasining me`yori qanchalik kichik bo`lsa, mazkur analizatorning sezgirligi shunchalik yuksak bo`ladi.


Formulasi: 
E - sezgirlik, P - qo`zg`atuvchining ta`sir me`yori. Ko`rish va eshitish analizatorlarining sezgirligi yuksak bo`ladi.
Sezgirlik turli sharoitlarda o`zgarib turadi, bunda ikki xil hodisa farqlanadi:
1) tashqi muhit ta`sirlaridan sezgirlik o`zgarishiga adaptatsiya deyiladi.
2) analizatorlarning o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishiga sensibilizatsiya deyiladi.
Adaptatsiya (yoki moslashish) ikki turga bo`linadi:
a) negativ adaptatsiya; b) pozitiv adaptatsiya.
Pozitiv adaptatsiyada kuchsiz qo`zg`aluvchi ta`siri ostida sezgirlik oshadi. Ko`rish analizatorida pozitiv adaptatsiya qorong`ulik adaptatsiyasi deyiladi.
Negativ adaptatsiya ikki xil bo`ladi:
a) qo`zg`atuvchining davomiy ta`siridan sezgirlik yo`qoladi. Masalan: qo`limizga yuk qo`yilsa sezamiz, ammo vaqt o`tishi bilan sezmay qolamiz. b) kuchli qo`zg`atuvchi ta`siridan sezgirlikning susayishi. Masalan: qorong`i xonadan birdaniga chiqib qolsak, avvaliga hech narsa ko`rmaymiz, vaqt o`tishi bilan sezgirlik pasayib biz normal ko`ramiz.
Adaptatsiya teri retseptorlarida tez yuzaga keladi. I.P.Pavlov fikricha “Adaptatsiya bosh miya po`stlok qismidagi muhofazalovchi tormozlanishning bo`lishi tufayli hosil bo`ladi”. Haroratga, hidlarga nisbatan ham adaptatsiya bo`ladi.


Sensibilizatsiya ikki tomonlama bo`ladi:
1) adaptatsiyada sezgirlik oshadi yo kamayadi, sensibilizitsiyada esa faqat oshadi.
2) adaptatsiyada sezgirlikning o`zgarishi tashqi sharoitlarga bog`liq bo`lsa, sensibilizatsiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog`liq bo`ladi.
Sinesteziya qo`zg`atuvchining bir analizatorga ta`siri bilan boshqa analizatorga xos sezgining paydo bo`lishidir. Ko`rish, eshitish sinesteziyasi ko`proq uchraydi. Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo`ladi. Masalan: kompozitorlardan Skryabin A., F.List, N Rimskiy — Korsakovlarda “rangdor eshitish“ qobiliyati bo`lgan. Ularga har bir tovush rangli bo`lib tuyulgan. Masalan: Skryabin “do” notasida iroda baxsh etuvchi qizilrang bor, “re” da nurafshon rang, “mi” da havo rang bor deb hisoblagan. Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo`lib qo`shilishidir. Masalan, “shirin so`z”, “tili zahar”, “tosh yurak”.


  1. IDROK HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING XUSUSIYATLARI

Reja:

  1. Idrok haqida tushuncha

  2. Idrokning predmetliligi va yaxlitligi

  3. Idrokning konstantligi va anglanganligi


  4. Yüklə 356,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə