Reja: Muhammad Yoqub Chingiyning haqidagi ma’lumotlar “Kelurnoma” asarining badiiy mohiyati Asardan namunaviy misollar


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil 1-fevraldagi



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə2/3
tarix18.05.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#111078
1   2   3
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil 1-fevraldagi
-Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi PQ-1730 sonli qarori va shu kabilar misol bo`la oladi.
Korpus lingvistikasi - bu matn korpuslarini yaratish va ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan faoliyat yuritadigan soha. Korpus lingvistikasi kompyuter lingvistikasining bir yo`nalishi.
Bu yo`nalishga turli olimlar turlicha fikr bildirgan. Masalan, Professor B.Mengliyev: “Korpus – til birliklarining xususiyatlarini aniqlash maqsadida qidiruv dasturiga bo‘ysundirilgan matnlar majmui, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki og‘zaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta'minot asosida joylashtirilgan matnlar jamlanmasi. Til korpuslari – til bo‘yicha tadqiqot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun inkor etib bo‘lmas ish quroli”, E.Finegan o`z kitobida: “Korpus- bu odatda mashinada o`qiladigan formatdagi matnlarning reprizentativ to`plami bo`lib, matn yaratilgan vaziyat haqidagi ma`lumotlarni, masalan, ma`ruzachi, muallif haqidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi”, V.P.Zaxarov: “Korpus lingvistikasi- kompyuter texnologiyalaridan foydalngan holda lingvistik korpuslarni (matnlar korpuslarini) qurish va ulardan foydalanishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqadigan kompyuter tilshunosligining bo`limi”, J.Sinkler esa korpusni tilning xilma-xilligini ko`rsatish, turli ko`rinishdagi til materiallarini tasniflash maqsadida tanlangan tabiiy holda tuziladigan asl matnlar yig`indisidir deya e`tirof etadi. Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo`lsak, korpus tabiiy tillarning sun`iylashtirilgan holatdagi ko`rinishi va tilni atroflicha tahlil qilish uchun qulay bo`lgan tizim- baza hisoblanadi.
Bu yo`nalish yaratilishi va taraqqiyoti haqida turli manbalarda ma`lumotlar keltirilgan. Korpus lingvistikasi termini esa (corpus linguistics) ingliz tilidagi dastlabki korpuslarning yaratilishi bilan yuzaga kelgan. Ya`ni 1963- yilda ingliz tilidagi korpuslarning yaratilishi barobarida foydalanila boshlangan. “Kompyuterda yaratilgan dastlabki matnlar korpusi (BK, inglizcha Brown sorpus, VS) hisoblanadi, u 1961- yilda Braun universiteida yaratilgan, ha biri 2000 so`zli 500 ta matn fragmentini o`z ichiga oladi. Braun korpusi (The Brown Corpus) matnlari AQShda nashr etilgan jurnallardan, amerika kitoblari, gazetalaridan olingan. Korpus mualliflari U.Frensis va G. Kucherlar uni dastlabki statistic ishlov berilgan kata hajmdagi materiallar miqdori: har xil statistik taqsimotga asoslangan chastotali va alfavit-chastotali lug`at sifatida shakllantirdilar. So`ngra yevropalik tadqiqotchilar ushbu prinsip asosida 1961- yilda Buyuk Britaniyada ilk marta e`lon qilingan matnlar korpusini tuzishdi. Bu korpus 15 xil janr, 2000 so`zli 5000 ta matndan iborat edi. U ingliz tilining britaniya variantiga oid 1mln. So`zni qamrab oladi, uni Britaniya va ikki Norvegiya universiteti nomi bilan “Lankaster -Oslo-Bergen” yoki qisqacha LOB korpusi (The Lancaster-Oslo-Bergen Corpus) deb atashadi
Rossiyaga termin sifatida 1996- yilda kirib kelgan. Va bu ingliz xalqaro korpusi mualliflaridan Sidni Grinbaum nomi bilan bog`liq. Birinchilardan bo`lib Nils Frensis va Genri Kuchera korpus tuzish tamoyillarini ishlab chiqqan bo`lsa, korpus lingvistikasidagi dastlabki tadqiqotlar Blumfild, Bonderas va Fritz tomonidan boshlangan. 1980- yillarda turli tillardagi korpus loyihalari yaratildi. Ayni damda aynan korpus lingvistikasi borasidagi yangiliklar, bu borada erishilgan natijalar o`qitish tizimida keng tadbiq etila boshlandi, Dunyoning yetakchi oliy ta`lim muassasalarida korpus lingvistikasida yaratilgan loyihalar va natijalar kun mavzusiga aylandi. 1990- yillarning birinchi yarmida esa Korpus lingvistikasi yangi lingvistik yo`nalish sifatida shakllandi. XX asrning 90- yillaridan korpus lingvistikasiga oid tushunchalar mukammalroq shakllandi, turli manbalarda yangi yo`nalish haqida bir- biriga o`xshash ta`riflar berila boshlandi. O`z materiallarining muqaddimasini “Korpus lingvistikasi yetuklikka erishdi” deb nomlagan Dj.Svartvik qatnashgan Korpus lingvistikasi bo`yicha birinchi Nobel simpoizumi 1992- yilda bo`lib o`tadi. Dunyo tilshunosligida korpus lingvistikasi yangi yo`nalish bo`lishiga qaramay, ushbu sohada maqsadli tadqiqotlar talay. Braun korpusi tuzuvchilari N. Frensis, G.Kucheralarning korpus tuzish tamoyillari haqidagi fikrlari, rus tilshunosligida V.P.Zaxarov, A.B.Kutuzov, E.V.Nedoshivina, V.V.Rikov, V.Plungyanlarning nazariy va amaliy takliflarini korpus borasidagi dastlabki tadqiqotlar sifatida baholash mumkin. Bu mutaxassislar korpus, uning turlari, o`ziga xos xususiyati, korpusning ijtimoiy ahamiyati, korpus tuzish tamoyillari masalasini o`rganishgan bo`lsa, ta`limiy korpuslar V.V.Mamantova, D.V.Sichinavalar tomonidan tadqiq etilgan. A.Eshmo`minov: Korpusga taalluqli yana bir asosiy jihat uning hajmidir. Dastlabki korpuslar ko`pi bilan 1 mln. So`zdan iborat bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunda ularning tarkibi bir necha yuz mln. (Rus tili milliy korpusi- 140 mln.ga yaqin so`z)ga, yoki mlrd. (Bank of English ingliz tili korpusi- 2,5 mlrd.dan ziyod) ga yetgan
Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, korpus lingvistikasi o`z- o`zidan paydo bo`lmagan. Korpus lingvistikasi yuzaga kelishi uchun ko`p asrlik korpuslar yaratish hamda korpus usullaridan foydalanish davri asos bo`lgan. Ammo bu ikki davr bir- biridan farq qiladi. Zamonaviy korpus lingvistikasi materialni elektron saqlasa, eski davrlarda kartoteka usullari orqali saqlangan. Bu davr korpus lingvistikasi tarixidagi dastlabki davr hisoblanadi va elektronlashishgacha bo`lgan davr deyiladi. Elektronlashishgacha bo`lgan davr ikki bosqichdan iborat:
  • Mil.avv. davrdan XVIII asrgacha;
  • XVIII asrdan XIX asrning 60- yillarigacha

Dastlabki bosqich mil.Avv. V-VI asrlarda yaratilgan bo`lib, bu bosqichga panini tomonidan yaratilgan mashhur qadimgi hind grammatikasi korpusi sifatida ham qaraladi. U og`zaki she`rlar shaklida og`izdan og`izga o`tgan. Bundan tashqari, panini grammatikasi sanskrit tilini ifodalovchi veda matnlari korpusi hisoblanadi. Boshqa elektronlashishgacha bo`lgan ko`plab korpuslar ham turli diniy kitoblar bilan bog`liq bo`lgan. Shulardan injil matnlari korpusi mashhur bo`lgan va eng ko`p o`rganilgan. Undagi so`zlar ro`yxatiga mazkur muqaddas kitobdagi she`rlarga havola ko`rsatilgan bo`lib, ular simfoniya yoki konkordans deb nomlangan. Shundan kelib chiqib ilk konkordanslar XIII asrning boshlarida paydo bo`lgan deyiladi. Konkordanslar tuzish (matnda uchraydigan so`z shakllarining alifbo tartibida joylashtirilgan ro`yxati.)
Vikopediyada konkordanser so`ziga quyidagicha ta`rif beriladi: Konkordanser (inglizcha: concordance) – bu konkordansni avtomatik ravishda tuzib chiqish uchun kompyuter dasturi, ya`ni minimal kontekstda so`zdan foydalanishga yo`naltirilgan misollar ro`yxati yoki o`rganilayotgan matnda so`z yoki ibora uchraydigan barcha kontekstlar ro`yxati. Konkordanserlar matn korpusidagi ma`lumotlarni qayta ishlash uchun ishlatiladi, ular qidiruv tizimlari internetda ma`lumot izlayotgani kabi matnda qidirish imkonini beradi
Konkordanser ishining natijasi avtomatik tarjima tizimining bir qismi sifatida yoki mashina tarjimasining dastlabki bosqichlarida tarjima xotirasiga kirish ma`lumotlari bo`lib xizmat qilishi mumkin. Konkordanserlar korpus tilshunosligida ba`zi bir matn korpusidan lingvistik ma`lumotlarning alifbo tartibida yoki boshqacha tartiblangan ro`yxatini olish uchun ham qo`llaniladi, keyinchalik tilshunos ularni tahlil qiladi.
Ikkinchi bosqich lug`atlar tuzish va lug`atshunoslikni rivojlantirish bilan bog`liq edi. Bugungacha ma`lum bo`lgan ko`pgina lug`atlar mualliflar tomonidan minglab kortotekalar asosida yaratilgan bo`lib ularni tasviriy korpuslar deb hisoblash mumkin.
XXI asrga kelib dunyo tilshunosligida korpus lingvistikasini ilmiy va amaliy o`rganish jarayonlari kengaydi. Shu bilan birgalikda kompyuter lingvistikasida so`zlarni teglash nazariyasi, korpus bazasini yaratish, tabiiy tilni qayta ishlash va matnlarni tahlil qilish, electron lug`atlar tuzish dunyo tilshunosligida dolzarb masalaga aylandi.
Xususan, o`zbek tilshunosligida bu soha XX asrning boshlarida nazariy tadqiqotlar bilan boshlandi. Shu o`rinda aytish mumkinki, 2021- yilda O`zbek tilining ta`limiy korpusi yaratildi. O`zbek tilining ta`limiy korpusi hali to`liq shakllanmagan. Zero, korpus birdaniga paydo qilinadigan tizim emas. Uning shakllanishi, rivojlanishi va kengayishi uchun vaqtlar va lingvistik izlanishlar zarur bo`ladi. O`zbek tilshunosligida korpus lingvistikasi hali dastlabki nazariyalar ishlab chiqilgan, amaliyoti endigina yo`lga qo`yilgan yosh soha hisoblanadi. Matnlar ustida ishlash va ularning elektron shakllari ko`plab ta`limiy va ilmiy jarayonda asosiy manba bo`lishi haqida A. Po`latov o`z qarashlarini berib o`tgan.
So`ngi yillarda bu borada B.Mengliyev, Sh.Xamroyeva, N.Abdurahmonova, M.Abjalova, A.Eshmo`minov, O`.Xoliyorov, G.Toirova. D. O`rinboyeva, G. Begmatova, B. Elov, A. Raxmonovalar izlanishlarini keltirish mumkin. Natijada mualliflik korpuslarini tuzishning lingvistik asoslari, tabiiy tilni qayta ishlash, sinonim so`zlarni semantic teglash, atov birliklarni leksik-semantik teglash, o`zbek tilining ta`limiy korpusini yaratish, elektron korpuslar modellari, korpus tuzishning kompyuter usullari tadqiq etildi.
“Korpus” lotincha “tana” degan ma`noni bildiradi. Korpus lingvistikasining maqsadi til o`rganishda empirik yondashuv negzidagi korpus lingvistikasi bilan bir qatorda korpus texnologiyalari asoslari bilan ham tanishtirishdan iborat. Bundan tashqari, tabiiy tilning sun`iylashtirilgan, ya`ni elektronlashtirilgan varianti, til bazasi hisoblanadi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə