Reja: Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari



Yüklə 14,95 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü14,95 Kb.
#136894
1   2   3   4   5
Reja Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari-genderi.org

Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimini topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilishva barchani fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’zlarini maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar.
c. Stress va uni boshqarish
Stress - inclizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik keskinlik degan ma’nolarni anglatadi.
Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: “u asabiylashadi” deb aytishadi. Shu ma’noda asabiy tushunchasi:
• salga asabiylashaveradigan, bo’lar-bo’lmasga qizishib, tutaqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi;
• asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik;
• asablarning qo’zg’alishi bilan bog’liq bo’lgan holat (janjal, baqiriq-chaqiriq) kabilar ma’nosida talqin qilinadi.
Kanadalik buyuk fiziolog Gans Sel’s asabiylashishini odam yoki hayvon organizmining har qanday ta’siriga o’ziga hos munosib javob deb baholaydi. U uch bosqichga bo’linadi:
1. boshlang’ich ta’sirchanlik (emosional) tuyg’usi (g’alayon); a’zoyi badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi.
2. qarshilik ko’rsatish bosqichi.
3. toliqish bosqichi.
Srtess - bu oddiy va ko’p uchrovchi holat. qattiq bezovta bo’lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina streslarning ziyoni bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim:
• yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan va
• haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog’I lozim.
Stressni sodir bo’lishiga asosan ikki yo’nalishdagi omillar sabab bo’ladi (30-chizma).
Asabiy holatning vujudga kelishi va uning o’tib ketishi, ruhiy halovatsizlikni bilish, uni bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak. Asabiylashgan holatda:
• ongni faoliyatida ayrim tomonlar to’xtashdan qoladi.
• idrokda, xotirada anglashilmovchiliklar paydo boladi;
• kutilmagan qo’zga’alishlarga nisbatan ayni bir xil bo’lmagan ta’sirlar yuzaga chiqadi;
• diqqat va idrok ko’lami torayib, halovatsizlik kuchayadi va boshqalar.
Shunday vaziyatlarda noxush holatning oldini olish, ya’ni uni boshqarish kerak.

Stress sabablari


Tarkibiy sabablari


Shaxsiy ichki sabablar


• ish faoliyatidagi noaniqlik;


• fiziologik sabablar;


• haddan tashqari ko'p ish


ruhiy sabbalar;


yoki ka mish bilan band


• oiladagi nohushliklar;


bo'lish;


• mansabga intilishdagi


qiziqmagan ish bilan band


omadsizliklar;


bo'lish;


• tahlika tug'diruvchi


• ish sharoitining yomonligi;


sabablar va hokazo.




30-chizma.
O’z - o’zini tekshirish uchun savollar
1. Nizo nima?
2. Boshqaruv jarayonidagi nizo qachon paydo bo’ladi?
3. Ishlab chiqarishda vujudga keladigan nizolarga sabablar nimalardan iborat?
4. Jamoa a’zolari o’rtasida paydo bo’ladigan nizolarga sabablar nimalardan iborat?
5. Nizolarni qanday turlarini bilasiz?
6. Nizo jarayonidagi bosqichlar qanday?
7. Nizoning oqibatlari qanday?
8. Nizolar qanday boshqariladi va bartaraf etiladi?
9. Stressni sabablari nimada?
10. Stress qanday boshqariladi?
http://genderi.org
Yüklə 14,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə