Reja: Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari


-chizma. Nizoning kelib chiqish va to’qnashish jarayoni modeli



Yüklə 14,95 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü14,95 Kb.
#136894
1   2   3   4   5
Reja Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari-genderi.org

28-chizma. Nizoning kelib chiqish va to’qnashish jarayoni modeli.
Bu oqibatlar faqat salbiy tomonga ishlaydi va nizo yetilmagan bo’lsa -yetiltirishga, to’xtab turgan bo’lsa - qo’zg’atishga, jiddiy bo’lmasa -jiddiylashtirishga,
to’qnashish ehtimoli bo’lib turgan bo’lsa uni amalgaoshirishga xizmat qiladi. Qaisqasi, adovat tegirmoniga suv quyadi.
b.Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi yirik guruhga bo’lish mumkin (29-chizma).
Tarkibiy - tashqiliy usullarga quyidagilarkiradi.
Ishga bo’lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqozid bo’lib, bunda har bir xodim va bo’limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi.
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og’zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi.
29- chizma. Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari.
Boshqarishning vakolatlar ierarxiyasini, ya’ni mansablarga ko’ra darajama-daraja bevosita itoat etish, bo’ysunish tartibini o’rnatish kishilarning o’zaro harakatlarini, korxona ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi.
Umumtashqiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati - barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish.
Muvofiqlashtirishning tarkibiy tizimi. Disfunksional oqibatlardan holi bo’lish hamda kishilarning xatti-harakatlarigaijobiy ta’sir o’tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo’lgannizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun mukofotlash tizimi kech qo’llaniladi.
Nizoli vaziyatlarni oldini olish yoki ziddiyatini yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum (29-chizma).
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilkishiga manfaatdor bo’lmagan va o’zaro munosabatlarning zoxiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tomonidan qo’llaniladi.
Silliqlashish. Bu usul kishilarning yaxshilikka undash yo’li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir - biri bilan xushmuomalali bo’lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o’zida birga suzayotgan qayiqni "qaltis tebratish” yaramasligiga chaqirishadi.
Majburlash. - bu tamanlardan birining hohish irodasini, so’zini majburan, zo’rlab qabul qilishdir. Bunday strategiyani qo’llaydigan tomon tajovvuzkorlik bilan o’z hohishini qarshi tomonga majburlab o’tkazadi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvofaqqiyatli chiqishning eng muhim sharti - bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo’lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.

Yüklə 14,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə