Reja: Nutq tovushlarining tasnifi Unli tovushlar va ularning tasnifi haqida ma'lumot. Undosh tovushlar va ularning xususiyatlari. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi


O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifi



Yüklə 232,29 Kb.
səhifə2/11
tarix02.08.2023
ölçüsü232,29 Kb.
#120213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi-fayllar.org

O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifi
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, u, o‘, o. Unlilar hosil bo`lishida til va lablar faol ishtirok etadi, shuning uchun ular tasnifi uch xususiyatga asoslanadi: tilning oldinga yoki orqaga harakat qilish darajasiga, tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasiga va lablarning ishtirokiga ko‘ra. Shu jihatdan unlilar uch tomondan tasnif qilinadi:
1) tilning gorizontal harakatiga ko‘ra;
2) tilning vertikal harakatiga ko‘ra;
3) lablarning ishtirokiga ko‘ra.
Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar ikki guruhga bo‘linadi:
1) old qator unlilar: i, e, a;
2) orqa qator unlilar: u, o‘, o.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi eng faol a’zo tildir. U unlilarni talaffuz qilishda oldinga yoki orqaga qarab harakat qiladi. Masalan, i, e, a ulilarini hosil qilishda til oldinga siljiydi, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda orqaga tortiladi.
Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unlilar uch turga ajratiladi:
1) yuqori (tor) unlilar: i, u;
2) o‘rta (keng) unlilar: e, o‘;
3) quyi (keng) unlilar: a, o.
Unlilar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi vertikal harakat sanaladi. Bu harakat tufayli og‘izning ochilish darajasi har xil bo‘ladi. Masalan, i, u unlilarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi va og‘izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; a, o unlilarini hosil qilishda esa til tanglaydan uzoqlashadi va til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq keng bo‘ladi.
Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi:
1) lablangan unlilar: u, o‘, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
Unlilar talaffuzida lablar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda lablar cho‘chchayadi, i, e, a unlilarini hosil qilishda bunday holat kuzatilmaydi.

Yüklə 232,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə