Reja: Nutq tovushlarining tasnifi Unli tovushlar va ularning tasnifi haqida ma'lumot. Undosh tovushlar va ularning xususiyatlari. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi



Yüklə 232,29 Kb.
səhifə4/11
tarix02.08.2023
ölçüsü232,29 Kb.
#120213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi-fayllar.org

Lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida paydo bo‘luvchi undoshlar bo‘lib, ularga b, n, m, v, f undoshlari kiradi.
Lab undoshlaridan b, p, m undoshlari, shuningdek, ov, qovun, vodiy, voris, birov kabi so‘zlaridan v undoshi hamda pufak, tufli, juft, Fotima kabi so‘zlaridagi f undoshi ikki lab orasida paydo bo‘ladi; vatan, va’da, vafo, vagon, arava kabi so‘zlar tarkibidagi v undoshi, fazo, farzand, fitna, telefon kabi so‘zlar tarkibidagif undoshi pastki lab bilan ustki tishlar orasida hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra lab undoshlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1) lab-lab undoshlari: b, p, m, v, f;

2) lab-tish undoshlari: v, f.


Til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil bo‘lib, ularga g, d, j (jurnal so‘zidagi undosh), dj (jilo so‘zidagi undosh), z, y, k, l, n, ng, r, s, m, x, ch, sh, q, g‘ undoshlari kiradi.

Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo‘lishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi, masalan, z, s, sh kabi undoshlar tilning old qismida, y undoshi tilning o‘rta qismida, k, g, ng kabi undoshlar tilning orqa qismida hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra til undoshlari to‘rt guruhga ajratiladi:


1) til oldi undoshlari: d, j (jurnal so‘zidagi kabi), dj (jiyda so‘zidagi kabi) z, l, n, r, s, t, ch, sh:

2) til o‘rta undoshi: y;

3) til orqa undoshlari: k, g, ng;

4) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x.

Bo‘g‘iz undoshi faqat bitta – h dan iborat bo‘lib, u bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladi.

Hosil bo‘lish (artikulyatsiya) usuliga ko‘ra undoshlar uch guruhga bo‘linadi:

1) portlovchilar;

2) sirg‘aluvchilar;

3) portlovchi – sirg‘aluvchilar.



Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o‘zaro jipslashuvi va o‘p kadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolarga zarb bilan urilib, portlab o‘tishidan hosil bo‘ladigan undoshlar bo‘lib, ularga b, g, d, dj (jilva so‘zidagi) k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Bular orasida dj (jajji so‘zidagi) va ch undoshlari o‘ziga xos artikulyatsiyasi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Shu jihatdan portlovchilar ikki turga ajratiladi:
a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q;
b) qorishiq portlovchilar (affrikatlar): dj (jahon so‘zidagi) dj (d+j), ch (t+sh).

Yüklə 232,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə