Reja: Nutq tovushlarining tasnifi Unli tovushlar va ularning tasnifi haqida ma'lumot. Undosh tovushlar va ularning xususiyatlari. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi



Yüklə 232,29 Kb.
səhifə6/11
tarix02.08.2023
ölçüsü232,29 Kb.
#120213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi-fayllar.org

b) yon undoshi: l;

d) titroq undosh: r.

Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar dastlab ikki turga bo‘linadi:

1. Sonor yoki shovqin ishtirok etqan ovozdor undoshlar; 2. Shovqinli undoshlar.



Sonor (ingl. sonorous - jarangdor degani2) undoshlar tarkibiga ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo‘ladi, ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlarning hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi bo‘g‘iz bo‘shlig‘idagi un (ovoz) paychalarini faol ishtirok ettiradi, shuning uchun bu undoshlar unlilarga yaqin turadi. Lekin bu undoshlar havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrab, qisman shovqin hosil qilishi natijasida yuzaga keladi.

Shovqinli undoshlar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko‘p bo‘ladi yoki ovoz mutlaqo qatnashmaydi. Ularga b, v, g, d, j, dj (jiyan so‘zidagi kabi), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h undoshlari kiradi. Bunday undoshlar tarkibida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra, ikki turga bo‘linadi:

1) jarangli undoshlar tarkibida qisman bo‘lsa-da ovoz qatnashgan shovqinli undoshlardir: b, v, g, d, j, dj (jilg‘a so‘zidagi kabi) z, y, g‘.

2) jarangsiz undoshlar faqat shovqinning o‘zidan iborat bo‘lgan, tarkibida ovoz mutlaqo qatnashmagan undoshlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, h.
Undosh fonemalar tasnifi jadvali
Undosh tovushlar tavsifi
1.Lab undoshlari

B fonemasi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh fonemasi bo‘lib, so‘z boshida (bahor), o‘rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. Bu fonema so‘z oxirida kelganda jarangsizlashadi va p fonemasi bilan almashadi: maktab – maktap, odob- odop. Bu fonema ko‘pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe’l birikib talaffuz qilinganda, v fonemasi kabi aytiladi va ba’zan shunday yoziladi: kabob – kavob, qobirg‘a - qovurg‘a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko‘ra ber – ko‘raver kabi.
So‘z boshida kelgan b fonemasi ayrim shevalarda talaffuz paytida m fonemasiga o‘tadi: murch > burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va m fonemalarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga va h.

Yüklə 232,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə