Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi



Yüklə 112 Kb.
səhifə4/9
tarix29.11.2023
ölçüsü112 Kb.
#142651
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kelajak yo`nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan.
Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o`quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g`oyani olib kiradi. Ikki yo`nalish ham bir-biri bilan bog`liq.
Kollejlardagi va akademik litseylardagi psixologik xizmat o`rta maxsus ta'limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o`quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta'minlaganligini psixologik xizmat to`g`ri tashkil etilgan deyish mumkin.
nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazarlarning birligi psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.
Ilmiy nuqtai nazar – psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo`nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o`tkazishdan iborat.
Tashviqot nuqtai nazari xalq ta'limi xodimlarining psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi. Bu yo`nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo`lib pedagoglar, metodistlar va didaktlar maydonga chiqadi.
Psixologik xizmatning tuzilishini quyidagi tarzda tavsiya etish mumkin. Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmat uch bosqichdan iboratdir:

  1. Yuqori bosqich – psixologiya kafedralari tomonidan psixologik markazlarning buyurtmalariga binoan ilmiy-amaliy hujjatlar, ko`rsatmalar va metodikalar ishlab chiqariladi.

  2. O`rta bosqich – psixologik markazlar tomonidan yangi diagnostik amaliyotga tatbiq qilib ko`riladi.

  3. Quyi yoki ommaviylashgan darajada barcha amaliy psixologlar faoliyatini yo`lga qo`yadilar.

Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyotidagi zamonaviy tendensiyalar va

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə