Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi


Psixologik xizmat predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 112 Kb.
səhifə3/9
tarix29.11.2023
ölçüsü112 Kb.
#142651
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Psixologik xizmat predmeti, maqsadi va vazifalari
Prezidentimiz o`zining O`zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo`lini ifodalovchi boshqa qator ma'ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma'naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o`zaro ajralmas, bir-birini to`ldiradigan, o`zaro ta'sir, aks ta'sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi iqtisodiy o`nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma'naviy o`nglanish, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg`un bo`lishini ta'minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta'kidlaydi.
Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo`ygan talablar asosida qaror toptirishga ko`maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog`liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikr-mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar.
Psixologik xizmat uch asosiy bo`g`indan tuzilgan:

  1. Aniq o`quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi.

  2. Tuman xalq ta'limi qoshidagi tashhis markazi.

  3. Respublika kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi.

Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo`lishi mumkin:

  1. Xalq ta'limi va o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi xodimlari, o`quvchilar, talabalar bilan ma'ruzalar turkumi, aholining psixologik madaniyatini o`stirish maqsadida trening mashg`ulotlari o`tkazish;

  2. Ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish;

v) Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; Psixologik xizmatning mazmuni:
g) Psixodiagnostik tadqiqotlar o`tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar); d) psixologik maslahat berish;
e) psixologik konsiliumlar o`tkazish;
j) ta'lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish;
z) psixologik tadqiqot ob'ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o`quv dasturi, o`quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar. Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo`nalishi: dolzarb va kelajak yo`nalishlari mavjud. Dolzarb yo`nalish o`quvchilar ta'lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog`liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə