Reja. Tarbiya metodlari haqida tushuncha


Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini



Yüklə 450,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix11.12.2023
ölçüsü450,03 Kb.
#145183
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
11-mavzu

 
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini 
tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‟rgata boriladi. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy 
«Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbe» ni ochib, birinchi so‟zini xijjalab 
o‟qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini 
istardim» deb ta‟kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichiklagidanoq 
boshlash maqsadga muvofiqdir.
 
Ekologik tarbiyada o‟quvchilarni o‟z maktabini; yashaydigan muhiti-Shahar va 
qishloq ko‟chalarini ko‟kalamzorlashtirish, mevalli va manzarali daraxt ko‟chatlari ekish, 
xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi 
yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.


 
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik 
duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‟liqdir. Agar bu 
masala oilada to‟g‟ri yo‟lga qo‟yilmagan bo‟lsa, uni maktablarda, keyingi ta‟lim 
bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‟ladi.
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e‟tibor bilan qaraganlar va 
bu borada ibratli an‟analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go‟daklik 
chog‟laridanoq ahloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda 
mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko‟kalamzorlashtirish 
xissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni 
alohida chuqurchalarga tashlash; xojatxonalarni ariiq, soy, buloq suvlaridan 
uzoqroq joyda kovlash; yong‟in chiqmasligi chorasini ko‟rish; turli ehtiyojlar 
uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki ko‟rib qolganlaridan foydalanish; 
nihollarni sindirib, payxon qilmaslik; qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti-
harakatlar Shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uini iflos 
qilma, Chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Gullab turgan mevali 
daraxtning Shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‟zing iste‟mol qilasan", 
"pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo‟ladi, 
Chunki unda ahli mo‟minning nasibasi bor" deb pandu-nasixatlar qilganlar. 
Ekologik ta‟lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog‟chalarida, umumiy ta‟lim 
maktablarida, keyingi ta‟lim bosqichlarlda hamda mehnat jamoalarida 
davom ettiriladi. Bu o‟rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda 
ekologik savodxonlikning pastliligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko‟plab odamlar 
mollarini ekinzorlarda, bog‟larda xatto mevali va manzarali daraxtlarga 
bog‟lab boqadigan bo‟lib qolishmoqda. Axir o‟tmishda xalqimiz 
qaramog‟idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlagan-ku. Buning ustiga 
hozirgidek hayvonlarni duch kelgan yerda emas, alohida ajratib qo‟yilgan 
yaylovlarda o‟tlatgan yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o‟t-o‟lanlar 
payxon qilinmagan, qir-adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab 
ketilmagan. Daraxtlarga, o‟simliklar olamiga, hayvonlarga zarar 
keltirilmagan.


O‟lkamizming tabiiy o‟simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni 
muhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bilan yoshlarni maktab 
Yüklə 450,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə