Research and education issn: 181-3191 volume


RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022



Yüklə 381,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix22.05.2023
ölçüsü381,26 Kb.
#111886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
229-239

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022
 
 
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022 
230
 
investitsiyalarini faol jalb qilgan holda qoʻshma korxonalarni tashkil etish muhim 
hisoblanmoqda. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish 
boʻyicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiymulkchilikning 
huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, viloyat, shahar va tumanlarni 
kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya muhitini 
yaxshilash yoʻli bilan mamlakat iqtisodiyoti va mintaqalariga investitsiyalarni faol jalb 
qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb 
etishdan manfaatdorlik har qanday davlatning oʻz investitsiya siyosatini ishlab 
chiqishini talab etadi. Bu siyosat investitsiyalarni jalb etishning oʻziga xos yoʻnalishini, 
shuningdek, ularni jalb etishni rag‘batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya 
faoliyatining huquqiy tartibini belgilaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida: “Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya 
siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli 
ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻoʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning 
yuragi, desak, mubolag‘a boʻlmaydi. Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi 
ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal 
rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada toʻplanib 
qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi. Buni hammamiz chuqur 
tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart.”
12
, deb ta’kidlab, 
investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi g‘oyat muhim ahamiyatini va uni 
jalb qilishning dolzarbligini e’tirof etadi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining uchinchi bandida investisiya muhitini 
takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, 
toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish vazifalari belgilangan edi
13

Oʻtgan 5 yil davomida bu qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar ijrosini amalga oshirilishi 
natijasida ijobiy natijalarga erishildi. “...Natijada iqtisodiyotimizga jalb qilingan yillik 
xorijiy investitsiyalar hajmi uch yarim barobarga oshib, oxirgi 5 yilda ularning umumiy 
qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi”
14
.
12
O‘zbekiston Respublik
asi Prezidenti
ning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 
271-272 (7229-7230) soni 
13
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
ning 

Yüklə 381,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə