Respublikasi oliy ta'lim, fan va inovatsiyalar vazirligi samarqand hududiy boshqarmasi kattaqo‘RG‘on tuman 2


O’quv kun tartibida sog’lomlashtirish va jismoniy tarbiya tadbirlari



Yüklə 2,6 Mb.
səhifə12/51
tarix11.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#148370
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Jismoniy tarbiya O\'M00T

O’quv kun tartibida sog’lomlashtirish va jismoniy tarbiya tadbirlari


Mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastika nazariy mashg’ulotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan xonada yoki ustaxonada birinchi darsni boshlaydigan o’qituvchi yoki ishlab chiqarish ustasining nazorati ostida o’tkaziladi.
Jismoniy tarbiya pauzasi nazariya bilan boo’langan 2 va 3 juft darslarining yoki ustaxonaning 2 va 3 darslarining yarmida o’tkazish tavsiya qilinadi. U 5-7 jismoniy mashqlar majmuasidan iborat bo’lib, 5-6 daqiqa davom etadi va umumiy kiyimda o’tkaziladi.
Katta tanaffusda o’tkaziladigan jismoniy tarbiya kamida 20 daqiqa davomida
o’tkaziladi. Sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan oldindan o’rganilgan jismoniy mashqlar majmuasi ya'ni gimnastika, harakatli o’yinlar va estafetalar. Ommaviy milliy sport o’yinlari va milliy raqs elementlari guruhlarga bo’lib bajariladi.
O’smirlar mashqlarni gantel, espander, shtanga, toshlar bilan bajarishlari mumkin. Katta tanaffusda mashqlar o’tkazish jismoniy tarbiya o’qituvchilari rahbarligida oldindan tayyorlangan instruktorlar, jamoatchilar yoki oldingi darsni o’tkazgan o’qituvchilar qilishlari mumkin.

  1. O’qishdan tashqari vaqtda jismoniy tarbiya, sayyohlik va har xil sport turlari bilan shug’ullanish.

Bunga quyidagilar kiradi:

  • ertalabki gigienik gimnastika (chiniqish muolajalari bilan birgalikda);

  • umumiy jismoniy tayyorgarlik to’garaklaridagi mashg’ulotlar;

  • sport va sayyohlik to’garaklardagi mash?ulotlar;

  • Harbiy-amaliy sport to’garaklaridagi mashg’ulotlar;

  • ommaviy sport tadbirlari;

  • sog’lomlashtiruvchi yurish va yugurish bo’yicha qo’shma havaskor guruhlaridagi mash?ulotlar:

  • sayohatga chiqish;

  • o’quvchilarni jismoniy tarbiya va sport bilan mustaqil shug’ullanishi (shu qatorda uyga beriladigan vazifalarni bajarishi).

Ertalabki badan tarbiya o’quvchilar uchun majburiydir. U yotoqxonada navbatchi tarbiyachi yoki maxsus tayyorlangan xodim tomonidan tashkil etiladi. Unga quyidagi mashqlar kiradi: yurish, yugurish.
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar. "Gimnastika shaharchasi"da maxsus o’rganishni
talab qiladigan, bajarish texnikasi bo’yicha qiyin bo’lgan trenajyorlarda bajariladigan, kichik va o’rtacha qarshiliklar bilan bajariladigan va boshqa mashg’larni buyumlar bilan juft-juft va guruh bo’lib bajariladi.
Bundan tashqari suv havzalarida maxsus mashqlarni bajarish o’quvchi tanasini
ayniqsa ko’p chiniqtiradi. Yuklanishlarni kundan-kunga, haftadan-haftaga, oydan-oyga sekin-asta ko’paytirib borish amaliy malaka va jismoniy sifatlarni har tomonlama rivojlantirishni ta'minlaydi, sog’liqni mustahkamlaydi.
O’qishdan tashqari vaqtda jismoniy tarbiya, sport, sayyohlik bilan shug’ullanishga havo, quyosh, suv muolajalaridan keng foydalanish yaxshi samara beradi.
Umumjismoniy tayyorgarlik to’garagining mashqulotlariga o’quvchilar gimnastika, akrobatika, yengil atletika, sport o’yinlari, to’siqlardan oshib o’tishlar bilan shug’ullanadilar. Bundan tashqari tosh, espander, arg’umchi bilan trenajyorlarda mashqlar bajariladi.
Sport va sayyohlik to’garaklarida mashg’ulotlar sport turlari bo’yicha bolalar va o’smirlar sport maktablari dasturlari asosida o’tkaziladi. Mashg’ulotlar haftada 2-3 marta 1,5-2 soatdan o’tkaziladi.
Sport to’garaklari ishining samaradorligi shug’ullanuvchilarning sport razryadlari normalarini bajarishlari bilan baholanadi.
Yotoqxonada tashkil qilinadigan ommaviy sport-sog’lomlashtirish tadbirlariga quyidagilar kiradi:

  • ertalabki gigienik gimnastika;

  • ritmik gimnastika;

  • umumiy jismoniy, sport va sayyohlik to’garaklarida shug’ullanish;

  • havaskor guruhlarida yugurish;

  • sog’lomlashtirish va sport to’garaklarida shug’ullanadigan o’quvchilar uchun har kuni o’tkaziladigan sport soatlari;

  • sport va sog’lomlashtirish kuni;

  • yotoqxona spartakiadasini o’tkazish;

  • sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish;

  • jismoniy tarbiya va sport bilan mustaqil shug’ullanish.

Yotoqxonada ommaviy sport-sog’lomlashtirish tadbirlari jismoniy tarbiya rahbari va jismoniy tarbiya o’qituvchilari, tarbiyachilari, jamoatchi murabbiylar tomonidan tashkil qilinadi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə