Respublikasi oliy ta'lim, fan va inovatsiyalar vazirligi samarqand hududiy boshqarmasi kattaqo‘RG‘on tuman 2



Yüklə 2,6 Mb.
səhifə46/51
tarix11.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#148370
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Jismoniy tarbiya O\'M00T

Mashg‘ulot yakuni

  1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi



Uyga vazifa berilishi:

  1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi



Baholari bilan tanishadilar
Topshiriqni yozib oladilar


O'qituvchi: D.Kenjayev

(F.I.SH.)

(imzo)
  1. mavzu: Basketbol


Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi:





  • Hujumkor himoyachi (ing. Shooting guard, SG); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni savatga tushirish. Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni himoya qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor boʻlishadi. Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193-201 sm ni tashkil qiladi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, koʻplab basketbol afsonalari, masalan, Maykl Jordan, Redji Miller, Klayd Draksler, Oskar Robertson, Jerri Uest, Allan Xyuston, Allan Ayverson, Kobi Brayant, Dueyn Ueyd kabilar aynan hujumkor himoyachi boʻlishgan. Hozirgi kunda oʻynayotgan NBA oʻyinchilaridan Jeyms Xarden va Kley Tomsonni ham alohida aytib oʻtish mumkin.

  • Pleymeyker (ing. Point guard, PG); Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar aynan shu oʻyinchi orqali boshlanadi. U maydondagi barcha oʻyinchilarning joylashuvi vaziyatini va imkoinyatlarini oʻrganib, hujum uchun kerakli yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan muomala qilish darajasi juda yuqori. Maydonni yaxshi koʻra olishadi. Himoya vaqtida esa raqib tezkor qarshi hujumga oʻtib ketishining oldini olishadi. Jamoaning boshqa oʻyinchilariga nisbatan biroz past boʻyli boʻlishi ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng mashhur oʻyinchi bu Majik Jonsondir. U 3 marta NBAning eng qimmatli oʻyinchisi deb eʼtirof etilgan. Bunday unvonga yana Oskar Robertson, Allen Ayverson, Stiv Nesh va Stefen Kerrilar erishishgan. NBA boʻyicha eng koʻp samarali toʻp uzatishlar soni 15086 ga teng boʻlib, bu natija Jon Stokton ga tegishli.

  • Kichik hujumchi (ing. Small forward, SF); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195-210 sm), shuningdek, maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun blok (ing. Block shoot) qoʻyishadi. Bu pozitsiyada oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan Lebron Jeyms, Kevin Dyurant, Skotti Pippen, Karmelo Entoni va rossiyalik basketbolchi Andrey Kirilenko larni aytib oʻtish mumkin.

  • Ogʻir hujumchi (ing. Power forward, PF); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-215 sm ni tashkil etadi. Asosan, toʻpni savatga slem-dank koʻrinishida tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday dankni amalga oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan ijro etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan Kevin Garnett, Tim Dankan, Dirk Novitski, Dennis Rodman, Ben Uolles kabi oʻyinchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

  • Markaziy oʻyinchi (ing. Center, C); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni himoya qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (ing. rebound)ni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik. Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni savatga tushirishda esa, koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210- 225 sm boʻladi.




    1. Yüklə 2,6 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə