Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə45/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
fayl 1854 20210917

O'zbekistonning qadimgi shaharlari yubileylari, jumladan:

  • 1997-yil - Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yilligi;

  • 2002-yil - Termiz shahrining 2500 yilligi;

  • 2002-yil - Shahrisabz shahrining 2700 yilligi;

  • 2006-yil - Qarshi shahrining 2700 yilligi;

  • 2007-yil - Samarqand shahrining 2750 yilligi;

  • 2007-yil - Marg'ilonning 2000 yilligi keng nishonlanishi vatandoshlarimizning eng quvonchli kunlariga aylanib ketdi.

  • 2009-yilda Toshkentning 2200 yilligi tantanasi Mustaqilligimizning 18 yilligi bayramiga ulanib ketdi.

O'zbekistonda bo'lib o'tayotgan Toshkent kinofestivali, “Sharq taronalari (Samarqand)”, “Teatr festivali”, “Simfonik musiqa festivali”, “Maqom” kabi xalqaro anjumanlar ham madaniyat bayramlari sifatida xalqimiz qalbidan joy olib ulgurdi.

Mustaqillik yillarida o'tkazilayotgan “Yangi avlod”, “Kelajak ovozi”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “Yangi nomlar” va boshqa ko'rik-tanlovlarning o'z yo'nalishi, o'ziga xos maqsad va vazifalari bor.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 - yil 7-aprel PQ-1091-son “Yagonasan, muqaddas Vatan” respublika ko'rik-tanlovini o'tkazish to'g'risida»gi Qarori mamlakatimiz madaniyati va san'ati, xususan, yoshlar ijodi ravnaqida muhim hodisa bo'ldi. Bu ko'rik-tanlovning bosh maqsadi: millatimiz, xalqimiz, eng avvalo, ertangi kunimizning ishonchi bo'lgan yoshlarimiz qalbida o'z ona-Vataniga bo'lgan mehr va muhabbat, sadoqat tuyg'ularini uyg'otish, Vatanni sharaflaydigan, ulug'laydigan, qadr-qimmati, sha'ni, shavkatini ifodalaydigan mazmunan teran qo'shiqlar yaratish, shu bilan birga yoshlar orasidan iste'dod sohiblarini izlab topish va kashf etishdir. Shu bois, ushbu ko'rik-tanlovni o'tkazib kelinayotgan barcha tanlovlarning umumlashmasi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'zbek madaniyatining xalqaro nufuzi osha boshladi. Eng avvalo, ajdodlarimiz merosini tiklash bo'yicha qilinayotgan keng ko'lamli ishlarimizni jahon hamjamiyati tan olmoqda. Bu boradagi olamshumul ishlarimizni o'rganish uchun dunyoning ko'pgina mamlakatlari, chunonchi, Amerika, Norvegiya, Gollandiya, Fransiya, Olmoniya, Turkiya kabilardan tashrif buyurgan mutaxassis olimlar ham amaiga oshirilayotgan ishlarga tahsin aytmoqdalar.

O'zbek san'ati jahonga tanilmoqda, ko'plab folklor jamoalari, jumladan. Toshkentning “Kamalak”, Andijonning “Sumalak”, Xorazmning “Meros” kabi folklor-etnografik ansambllari xorijiy mamlakatlarga tashrif buyurib, xalqaro anjumanlarda qatnashib, ajnabiylar e'tiboriga nodir san'atimiz durdonalarini havola etishmoqda. Chet ellarda o'zbek xalq madaniyati va ijodiga oid ko'plab kitoblar, maqolalar chop etilmoqda. O'zbek xalq ertaklari, maqollari, iboralari, afsonalarining Xitoy, Eron, Turkiya, Germaniya va AQSHda nashr etilgani quvonchli holdir. Vatanimizda xalq madaniyatini taraqqiy ettirish borasida ulkan tarixiy ishlar amaiga oshirilganligini butun jahon tan olmoqda. Shuni bemalol aytishimiz mumkinki, mustaqil O'zbekiston madaniyatining yangi mustahkam poydevori yaratildi.

Xullas, mustaqillik sharofati bilan xalq ijodining rang-barang turlarining tiklarnshi - xalqimiznjng tarixiy ongi, milliy ma'naviyatini shakllantirish va ravnaq toptirishda muhim omil sifatida namoyon bo'lmoqda.

Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o'tish davrida hayotning boshqa jabhalari kabi madaniyat sohasida ham jiddiy o'zgarishlar, islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ma'lumki, O'zbekistonda islohotlar mamlakatimizning birinchi prezidenti I.Karimov tomonidan taklif etilgan beshta tamoyil bo'yicha amalga oshinlmoqda. Madaniyat sohasida ham bosh islohotchi - bu davlat. O'zbekiston hukumati madaniyat va ma'naviyat sohasidagi islohotlarnj ustuvor yo'nalish deb hisoblab, bu boradagi ishlarga jiddiy e'tibor bermoqda.

O'zbekiston xalqining maqsadi – kuchli davlat asosida kuchli jamiyat qurish. Bundan kelib chiqib, mamlakatimiz madaniyat sohasidagi islohotlarning ham asosiy yo'nalishi madaniyat va san'at muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarib,

ularni nodavlat va jamiyat tashkilotlariga aylantirish, jamiyat va inson manfaati asosida xizmat qiluvchi yangi jamiyatlar, uyushmalar, markazlar va jamg'armalar tuzishdan iborat.

O'zbekiston madaniyat tashkilotlari va muassasalari tizimida ikki yo'nalish paydo bo'lmoqda:

1 .Davlat tashkiloti va muassasalari. 2.Nodavlat va jamoat tashkilotlari.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə