Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Pedagogik psixologiyaning rivojlanish tarixi



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə24/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Pedagogik psixologiyaning rivojlanish tarixi
Pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yar- mida tarkib topadi. XIX asrning 60-yillarida xalq ommasi orasida bilimlarni tarqatishga qaratilgan tashkilotlar paydo bola boshladi. Bu davrda talabalarning tashabbusi bilan dehqon va hunar- mandlarga ta’lim beradigan kattalarning yakshanbalik maktablari paydo bola boshladi. Shuningdek, dastlabki xalq kutubxonalari va o‘quv zallari (qiroatxonalar), mehnatkashlar uchun tekin ku- tubxonalar tashkil etildi; umumta’lim, amaliy va kasbiy bilimlarni ommalashtirishning keng tarqalgan shakllaridan biri xalq o'qishlari o'tkazila boshlandi. Bilimlarni ommalashtirishda bilim jamiyatlari va komitet- lari muhim rol o‘ynadi. Bunday muassasa a’zolari xorij va rus yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini chop etish, yozgi pedagogik kurslarni tashkil etish, xalq maktablari va kutubxonala- rini yaratish kabi ishlar bilan shug‘ullanishgan. Sankt-Peterburg- da 1861-yilda tashkil etilgan bilim jamiyatiga L.N.Tolstoy, I.S. Turgenev kabi mashhur yozuvchilar a’zo bolishgan. Xalq ta’limining rivojlanishida pedagogik muzeylarning tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bolgan. Bunday muzey nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda dastlab 1864-yilda Peterburg- da harbiy-o‘quv yurtlarining Pedagogik muzeyi tashkil etilgan. Dastlab muzey faqat xorijda nashr etiladigan o‘quv qollanma- larni tizimlashtirish, mamlakatimizda yaratiladigan o‘quv qoT lanmalarni ishlab chiqish, o‘qitishning ilg‘or metodlarini om- malashtirish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik muzeyda katta
ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, pedagogika fanining dolzarb muammolarini ishlab chiqadigan jamoatchilik ilmiy markaziga aylantirildi. Bu yerda pedagogik psixologiya bo‘yicha Rossiyada birinchi eksperimental laboratoriya tashkil etildi. Keyinchalik ta’lim va tarbiyaga oid kitob, dastlabki pedagogik jurnallar nashr etila boshladi. Ular sirasiga «Tarbiya jurnali», «0‘qituvchi», «Rus pedagogik xabarnomasi», «Maktab va oila», «Ta’lim va tarbiya» va boshqalarni kiritish mumkin. 1848-yilgi fransuz revolutsiyasidan so‘ng rus olimlarining xorij- ga safarbarliklari to‘xtatildi. 1860-yillarda rus olimlarining Yev- ropa ilmiy hayoti bilan bevosita aloqasi yana tiklandi. 60 dan ortiq olimlar xorijga malaka oshirishga jo‘natildi. Ular orasida faylasuf va psixolog M.M.Troitskiy, K.D.Ushinskiy hamda I.M.Sechenov- lar bor edi. K.D.Ushinskiy Shveysariya, Germaniya, Fransiya, Belgiyadagi ayollar ta’limining yo‘lga qo‘yilishini o‘rgandi. Bunda taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning «Inson tarbiya predmeti sifatida» nomli asari katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari Ch.Darvinning evolutsion g‘oyalari ham yosh psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Evolutsion ta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini qa- ratishga olib keladi. XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkazi- ladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shun- dayligicha o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davrning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun yetarli bilimlar boyli- gini bera olmas edi. Shved yozuvchisi E.Key tomonidan «Bolalar asri» nomli kitobi keng tarqaldi. Uning ta’kidlashicha, XX asr bolalar asri bo‘ladi. Bunda kattalar bolalar ruhiyatini tushu- na boshlaydilar, o‘zlari ham bolalardek bo‘ladilar. Shundagina ijtimoiy tuzum yangilanadi». Turli mamlakatlarda bolalar va pedagogik psixologiya muammolarini o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalar, jurnallar tashkil etildi. 1896-yilda Leypsigda «Bolani tadqiq qilish» jurnali, 1899-yilda Leypsigda «Pedagogik psixologiya, gigiyena va patologiya» jurnali, 1905-yilda Leypsigda «Eksperimental pedagogika» jurna- li (1911-yildan «Pedagogik psixologiya jurnali» sifatida nashr eti- la boshladi). 1901-yilda Rossiyada birinchi eksperimental pedagogik labo- ratoriya Peterburgda A.P.Nechayev rahbarligida tashkil etildi. 1906-yilda Peterburgda pedagogik psixologiya bo‘yicha I syezd chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyandalari — A.P.Nechayev, N.E. Rumyansev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot bilan yaqinlashtirish eksperimental tadqiqotlarni ta’lim-tarbiya jarayonining o‘zida o‘tkazish orqaligina mumkin degan muhim xulosa chiqarildi. Ya’ni eksperimental ma’lumotlar tashqaridan emas, balki psixologik-pedagogik tadqiqotning o'zidan olinishi kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim nazariy, metodologik masalalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini izlab topish lozim edi. Shu tufayli psixik taraqqiyotning manbalari va uning ta’lim jarayoniga munosabati masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy muammosi bo‘lib qoladi. 1879-yilda I.A.Sikorskiy tomonidan ta’lim jarayonida eksperimentdan foy- dalanish g‘oyasi ko‘pchilik olimlar tomonidan tan olinmadi. Lekin 80-yillarda psixologik laboratoriyalarning tashkil etilishi bilan, eksperimentlarni pedagogik jarayon bilan bog'lash, ta’lim va tarbiya haqida yangicha fanni yaratishga intilish vujudga keldi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSHda pedologiya deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. Uning namoyandalari — S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyandalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini me- xanik ravishda qo'shadilar. 20-30-yillarda pedologiya «Bola haqidagi yagona marksis- tik fan» rolini da’vo qila boshlaydi va pedagogika hamda bolalar fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat qiladi. Pedologlarning qarashlari idealistik va mexanistik xarakter- da edi. Ularning o‘quvchilarni «aqliy qobiliyat koeffitsienti»ni
aniqlashga oid testlari asossiz bo‘lib, psixologiya va pedagogika- ga salbiy ta’sir ko‘rsatdi hamda maktabga katta ziyon yetkazdi. Shuning uchun 30-yillarning boshlarida pedologiyani keskin tan- qid qilish boshlandi. 1936-yil 4-iyulda BKP MKining «Xalq mao- rifi komissarligi sistemasidagi pedologik buzg‘unliklar haqida»gi qarori chiqdi. Bu qarorda pedologiya fani marksistik nuqtayi na- zarga zid ekanligi ta’kidlanib, katta tanqid ostiga olindi. Shu tari- qa pedologiya faniga barham berildi. 20—30-yillarda pedagogik psixologiyada juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bir qancha psixologik-pedagogik konsepsiyalar vujudga keldi. Ayniqsa, A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bolgan ilmiy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalarning rivojlanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi. Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya psixologiya fanining eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. Yosh va pedagogik psixologiya masalalari bilan bir qator ko‘zga ko‘rinarli psixologlar shug‘ullan- ganlar va shug‘ullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Ananyev, L.I.Bo- jovich, P.Ya.Galperin, W.Davidov, A.V.Zaporojets, L.V.Zank- ov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, N.F.Talizina, D.B.Elkonin va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bolalar psixologiyasi muammolari bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlaridan: profes- sorlar M.G. Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, M.Vohidov; R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova, Sh.A.Do‘stmuhamedova, S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin.



Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə