Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə20/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

106 TARBIYA PSIXOLOGIYASI
Mavzuning o‘quv maqsadi: Ta’limiy: Talabalarga tarbiya tushunchasining mohiyatini, uning shaxs kamolotidagi o‘rnini, tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari, turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari, shaxs shakllanishiga oilaning, madaniyatning ta’sirini tushun- tirish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirishdan iborat. Tarbiyaviy: Milliy an’analar, urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarga asoslan- gan axloq normalarini yaratish va ularni bolalarimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilim- don inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish, talabalar- da o'qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Talabalarda tarbiya usullarini egallash va un- dan oqilona foydalana olish malakalarini shakllantirish. Tayanch tushunchalar: shaxs, guruh, axloq, tarbiya, xulq-atvor motivlari, shaxsning yo‘nalganligi, e’tiqod, shaxsiy namuna, o‘z- o‘zini tarbiyalash. 22.1. Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabi- ga munosib bolgan yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha dolzarb ahamiyatga molik bolib kelgan. Tarbiya tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror ax- loqiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yolida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.
Tarbiya — bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko'rsatish jarayonidir.
Tarbiya — bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishni o‘rganishi hamda insonning hayotiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishidir. Ta’lim jarayonining markazida shaxsning bilish va anglash jarayoni, uning qobiliyati, ilm o‘rganishi yotsa, un- dan farqli o‘laroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga, uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tarbiya — bu alohida jarayon emas, balki o'qitishning bir tomo- ni bolib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko‘nikma olish mexanizmining o‘ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbiya jarayonida shaxsning sifat va xossasi, ijtimoiy xulq-atvori va shakllari nazarda tutilsa, o‘qitishda bilim, ko‘nikma va malakalar inobatga olinadi.
Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan tashqari falsafa, sotsiologiya va pedagogika fanlari shug‘ullana- di. Holbuki, psixologiya fanisiz tarbiyaning asosiy muammolari hal qilinib bo‘lmagan holda to‘g‘ri qo‘yilishi ham mumkin emas, chunki ularni anglash negizida shaxs psixologiyasi, insoniy mu- nosabatlar, har xil ijtimoiy jamoalar psixologiyasini bilish yotadi. Barcha uchun umumiy bolgan yoki o‘quvchilarga individual tav
siyalar berishda umumiy psixologiya va yosh davrlar psixologiya- siga tayaniladi. Tarbiya uning maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi.
Tarbiyaning bosh vazifasi - jamiyat hayotida zarur bolgan kerakli sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirish va rivojlan- tirishdan iborat.
Tarbiya jarayonida doimiy va o‘zgarmas maqsad qo'yilmay- di, chunki o‘zgarmas maqsad har qanday jamiyatga ham mos bolavermaydi. Jamiyat tuzilishi va ijtimoiy munosabatlar o‘zga- rishi bilan tarbiya maqsadi o‘zgaradi. Tarbiya turli xil davrlarda va turli xil jamiyatlarda o‘zgar- mas jarayon bolib qolmaydi. Tarbiyaning maqsadlari, mazmu- ni, shakl va metodlari har bir tarixiy davrda o‘ziga xos xususi- yatlarga ega boladi. Inson shaxsini shakllantirish bo‘yicha har bir ijtimoiy tuzum yo£nalishiga mos ravishda talablar qo'yiladi. Tarbiyaning barcha tarixiy davrlar uchun xos bolgan ba’zi bir umumiy belgilari ham mavjud. Pedagogik g‘oyalar va tarbiyaviy ishni rivojlantirishda muayyan darajadagi aloqa va ma’lum bir davomiylik mavjud. Jumladan, asrlar davomida dars maktabda o‘quv mashg'ulotlarini tashkil etishning asosiy shakli bolib kel- di va shunday bolib qolmoqda. Qator o‘quv predmetlari mazmu- ni ma’lum darajada saqlanib qolayapti. Ayni chog‘da tarbiyada va ta’lim berishda g‘oyaviy tomondan betaraf qoladigan jihatlar borligini ham unutmaslik lozim. Tarbiya va ta’limning tashkiliy shakllarini aniq toldirish, maktab ishining u yoki bu masala- larini izohlashda turli davrlarda turlicha yondashuvlar mavjud bolgan. Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin: Agar jamiyat o‘z taraqqiyot davrida ma’lum bir rivojlanishga, madaniyatga va ma’naviyatga erishgan bolsa va uni saqlab qo- lishni hamda yuksaltirishni istasa, uning tarixida turli xil o‘zga
rishlar ro‘y berishidan qat’i nazar, u o‘tmishdan beri saqlanib kelayotgan eng yaxshi an’ana va qadriyatlarini qabul qilishi, da- vom ettirishi lozim boladi. Umuminsoniy qadriyatlar va madaniy boyliklar tarixiy va hududiy chegara bilmaydigan boyliklar qatori- ga kiradi. Birinchi navbatda xuddi o‘shalar ijtimoiy tarixning barcha bosqichlarida tarbiya maqsadlarini ifodalaydi. Bu maqsadlar yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va tartiblilik, insoniylik va ta- biatga bo‘lgan muhabbat tushunchalari bilan bog‘liqdir. Bu yana ruhiyat, erkinlik, shaxsning o‘zi va atrofida ro‘y berayotgan vo- qealarga javobgarlikni his qilishi, kamtarlik, insoniylik ko‘rinish- larida namoyon boladi.

Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə