S. F. Abdirasilov


Yorug‘ va soyalar qonuniyati



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

3. Yorug‘ va soyalar qonuniyati
Mazmuni:
Yorug* va soya haqida tushuncha. Narsalarga tabiiy va 
sun’iy yorug'Hkning ta’siri. Narsalarni tasvirlashda 
sho‘la, yorugMik, soya, yarimsoya. Shtrix. Tus, tuslar 
munosabati. Narsalarni tus jihatdan aniqlash, refleks, 
shaxsiy 
va 
tushuvchi 
soyalar 
haqida 
ma’lumot. 
Buyumlarni fazoviy holatini tasvirlash.
Topshiriq -
kub, konus, silindr, ko‘za, sopol idishlar, meva va 
sabzavot kabi narsalarni tasvirlash.
Narsalaming yom g‘-soyalarini to‘g‘ri tasviriay olish realistik rasm 
chizishda muhim ahamiyatga ega. Aslida narsalaming yorug‘lik 
tushayotgan tomoni yom g‘ uning teskari tomoni esa soyaboMadi.
Yorug‘lik manbai qanchalik kuchli boMsa, narsaning yom g‘ qismi 
shunchalik tiniq bo‘!adi. Narsalardagi yorug‘ va scya o‘rtasidagi 
tekislikka yarim soya deb yuritiladi. Ular narsaning shaklidan kelib 
chiqqan holda turli xil ko'rinishga ega bo‘ladi, masalan, shar shaklidagi 
predmetlarda yarimsoya halqa shaklida bo‘Isa, prizmatik shakldagi 
narsalarda esa u to‘g‘ri to‘rtburchak yoki trapetsiya shaklida bo'ladi.
1,3 - yorugS 2 - eng y orug‘ shu’la, 4 - yarim soya,
5 - shaxsiy soya, 
6
- refleks, 7 - tushuvchi soya.
Narsalaming yorng* qismi o‘rtasida yaltiroq tekislik mavjud. Bu 
tekislik blik (shu’la) deb yuritiladi. Narsaning soya qismida ko‘pincha 
tevarak-atrofdan (masalan, narsa turgan tekislikdan) aks etgan yom g‘ 
ko‘rinadi. Uni refleks deb yuritiladi.
181
www.ziyouz.com kutubxonasi


Soyalar ikki xil boMadi; shaxsiy va tushuvchi soyaiar. Shaxsiy 
soya deb narsaning o‘z tanasida joylashgan soyasiga aytilsa, biron 
narsadan boshqasiga yoki tekislikka tushgan soyaga - tushuvchi soya 
deb yuritiladi.
Narsalarni qanday yorug‘lik manbai yoritayotganini aniqlash 
muhimdir. Aslida yorug‘lik manbai tabiiy va sun’iy boiadi.
Y orug‘Iik m an bai tu rlari.
Tabiiy y o rug iik manbai narsalarga nisbatan juda uzoq bo‘lgani 
uchun uning nurlari narsalarga deyarli parallel yo'nalgan bo‘ladi. 
Shuning uchun rasm chizayotganda bunga rioya qilish muhimdir.
T u rli y orug‘lik m anbaidagi tasvirlar. 
182
www.ziyouz.com kutubxonasi


Quyosh nurlari tush paytida narsalarga tikroq tushishi natijasida 
soyalar ancha qisqa, ertalab yoki kechki payt nurlar og‘ganligi uchun 
ular uzunroq boMadi. Shuningdek, narsalarga quyosh nurlari chap, o ‘ng, 
old va orqa tomonlardan tushishi mumkin. Sun’iy yorug‘Iik nurlari 
hamma tomonga ma’lum radius bo‘ylab tarqaladi deb qabul qilingan.
Narsalarning fazoviy holati va hajmini realistik tarzda tasvirlash 
uchun ulaming qay holatda turganligini aniqlash bilan bir qatorda yorug‘ 
va soya qonunlarini puxta bilish va ularni amalda qo'llash yuzasidan 
ma’lum ishlar olib borish kerak boMadi.
Ma’lumki, narsalar yoritilganda ulaming tanasidagi yorug‘ va 
soyalarning xarakteri narsalaming shakliga ko‘ra (masalan, silindrik
konussimon va to‘g‘ri to'rtburchak 
shaklidagi narsalarda) har xil b oiadi.
Narsalaming 
hajmini 
tasvirlashda 
ulaming tuzilishiga ko‘ra qalam yuritish 
maqsadga muvofiq boiadi.
Shuningdek, narsalaming yorug‘- 
soyalarini tasvirlashda qalamni qattiq 
bosmaslik kerak. Yomg‘-soya qoida- 
larini 
puxta 
o‘zlashtirish 
uchun 
mashqlarni tavsiya etamiz. Tekis yuzani 
hamda 
shar, 
silindr, 
konus 
kabi 
shakldagi yuzalami shtrixlash y o ila ri ko‘rsatiladi va ochdan to‘q tusga 
o ‘tish mashqlari bajariladi.
Bu mashqlardan so‘ng, alohida narsalami har xil holatda qo‘yib 
yom g‘ va soyalarini tasvirlash mashqlarini bajarishga oiiladi. Shu 
maqsadda to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega b o igan kitob, taburetka, 
quticha kabilarning rasmini chizish foydalidir. Bunday narsalaming 
rasmini chizishda perspektiva hamda yorug‘-soya haqidagi nazariy 
bilimlar amalda sinab ko‘riladi va mustahkamlanadi.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə