S. F. Abdirasilov


Gipsli geometrik jismlarni tasvirlash



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Gipsli geometrik jismlarni tasvirlash
Kub. Kubning t o i l tomoni va burchaklari bir-biriga teng boigan 
shakldir. Kubning tasvirini chizish uchun gips yoki kartondan ishlangan 
shaklini olish mumkin. Bundan asosiy maqsad biz bajarayotgan kub 
tasvirida soya, yomg‘ keskin ajralib turadi, narsa bizga yaqqol ko‘rinadi. 
Kubning tasvirini bajarishdan oldin uning ufq chizigidan past yoki 
yuqorida turganligi aniqlanadi. Vazifa metodik ketma - ketlikda bajariladi.
183
www.ziyouz.com kutubxonasi


To‘g‘ri burchakli narsaiaming, masalan: yashik, jomadon, uy, 
sandiq va televizor kabilaming asosi kubdir. Kubni yon tomon 
qirralarining qisqarishini ko‘ra bilish tasvirni to‘g‘ri bajara olishga 
zamindir.
Kub olti kvadratdan tashkil topgan. U kishiga, ikki yoki uch tomoni 
bilan ko‘rinishi mumkin. Agarda kub, kishiga ikki tomoni bilan ko‘rinsa, 
unda u to‘g ‘ri to‘rt burchakka o ‘xshab turadi. Kubning uch tomoni 
ko‘rinsa, uning tomonlarini qisqarishi yaqqol seziladi va perspektiv 
qonuniyatlar asosida bajariladi.
Kubning rasmini tasvirlashda uning balandligi, katta-kichikligiga 
qarab ixtiyoriy tik chiziq bilan belgilanadi. Shu tik chiziqning tepa va 
pastki gorizontal qirralami aniqlab chiziq bilan belgilanadi. Yon 
tomonidagi gorizontal parallel qirralar ufq chizig‘idagi nuqtada 
kesishadi. Kubning bizga yaqin qirrasiga solishtirib, balandligi 
aniqlanadi, chap va o‘ng tomonining chekka qirralari belgilanadi.
Kubni konstruktiv qurilishi yana bir bor tekshirib aniqlik kiritiladi, 
so‘ng tus jihatdan yom g‘-soyalar tekshiriladi va umumlashtirib 
yakunlanadi.
Silindr. Silindr tasvirini chizishda uning qog‘ozdagi o ‘lchami 
aniqlanadi. Tasvirni chizish markaziy o ‘q chiziqdan boshlanib uning 
balandligi va eni belgilab olinadi. 
0
‘rta chiziqdan o‘ng va chap 
tomonlarida teng joy olinadi, ustki va ostki asoslari tasviri yordamchi 
chiziqlar orqali chiziladi. Shundan so‘ng silindr sirtini chegaralovchi 
yon chiziqlari chiziladi. Xatolari to ‘g‘rilangach, uning hajmini 
tasvirlashga kirishiladi. Silindr tanasida yom g‘dan soyaga o‘tish to ‘g ‘ri 
to‘rtburchak shaklidagi kabi keskin emas. Bunday predmetlarda 
yom g‘dan soyaga o‘tish asta-sekinlik bilan boradi, shuning uchun 
chizish jarayonida bunga rioya qilish lozim. Silindming asosiy tashqi 
shakllari aniq chizilgandan so‘ng, uni bosqichlar yordamida tuslab 
yakunlanadi.
Konus. Konussimon narsaiaming rasmini chizishga ko‘p jihatdan 
o‘xshaydi, chunki konussimon narsalar tanasidagi yorug‘lik va soya 
silindrsimon narsalar tanasidagi y o m g iik va soyaga yaqin. Konussimon 
narsalarni chizishda avvalo uning qanday narsaga o‘xshashligi aniqlab 
olinishi kerak. Masalan: gultuvak, chelak ba’zi bir shisha idishlarga 
o'xshashligi mumkin. Konussimon narsaiaming tuzilishi silindrdan farq 
qiladi. Konusning pastki tomoni yo‘g ‘onlashib, yuqoriga chiqqan sari 
asta-sekin ingichkalashadi. Konus tasvirini qog‘ozda bajarish usuli 
oldingi kub va silindr turlari kabi bosqichma-bosqich tarzda bajariladi.
184
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shar. Sharga qaysi tomondan qaralmasin uning shakli aylana. U 
qirrasiz bo‘lib hamma tomoni yumaloq hajmga egadir. Sharni tasvirlash 
geometrik jismlami tasvirlash kabi bajariladi. Shaming hamma qismiga 
yorug‘lik bir xilda tushmaydi. Sharda yaltiroq joyi, yorug‘lik, soya, 
yarim soya va refleks joylarini ko‘ramiz. Shaming soya tomoniga 
ikkinchi tomondan yom g‘ 
tushib tursa refleks hosil 
boMadi. 
Yoritg‘ichdan tushayotgan yorugiik sharga tik tushib turgan joyida 
sho‘la hosil qiladi. Shar sirtidagi soya-yorug‘lik mayin tuslar orqali 
taraladi. Masalan, kesik konus shaklidagi chelak rasmini chizishda uning 
eni pastga tomon torayib borishiga, shuningdek, chelakning bandi, 
qulog‘i, qismlarining o‘lchami va tuzilishiga alohida e’tibor berish 
lozim. Chelakdagi yoragMik, soya, yarimsoya va refleks kabilarning 
och-to‘qligi jihatidan bir-biridan farqini his qilgan holda bajariladi.
Ko‘za simmetrik shakl hisoblanib, u silindr va shar shakllaridan 
iashkil topgan. Ko‘za rasmini chizish simmetriya o'qini o‘tkazish va bu 
o‘qda ko‘zaning balandligi hamda enini topishdan boshlanadi. Ko‘za ufq 
chizig‘idan bir oz pastroqqa qo‘yilganligi uchun uning ustki va ostki 
asoslari ellips shaklda ko‘rinadi. So‘ngra ko‘zaning bo‘yi va enini 
belgilovchi chiziqlami tutashtirish orqali uning umumiy shakli topiladi. 
So‘ngra soya va yorug‘likni asta-sekin tasvirlashga o‘tiladi. Narsalardagi 
yorug‘-soyalarni tasvirlashni puxta o'rganish maqsadida gipsdan 
ishlangan ornamentlarni chizish juda foydalidir.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə