S. F. Abdirasilov



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Topshiriq 
-
Qalam va rangda «Oltin kuz», «Mehrjon», «Qovun 
sayli», «Qish etyudlari», «O ikam izda bahor», «Tog‘ 
manzarasi», 
«Geometrik 
shakllan>, 
«Mevalar», 
«Sabzavotlar», 
«San’at 
atributlari» 
kabi 
mavzular 
kompozitsiyasi ustida ishlash.
- Qalamda va rangda 0 ‘zbek xalq eposi «Alpomish», 
ertaklardan 
«Uch 
og‘ayni 
botirlar», 
«Zumrad 
va 
Qimmat», 
«Ur 
to‘qmoq» 
kabi 
mavzular 
asosida 
kompozitsiyalar tuzish va tasvirlash.
Kompozitsiya tushunchasi keng ma’noga ega b o iib , qalamtasvir, 
rangtasvir, haykaltaroshlik va amaliy san’atning har bir turida o‘ziga xos 
va o‘ziga mos mazmunni tashkil qiladi.
Tasviriy san’at kompozitsiyasining asosiy ma’nosi, asaming 
g‘oyasini aniq va ishonchli tarzda yetkazish bilan bogiiq. Kompozitsi- 
yada eng muhimi badiiy obrazni yaratish.
Kompozitsiya lotincha 
compositio
so‘z bo‘lib, tuzish, birlashtirish- 
turli boiak lam i bir butun yaxlit biror g ‘oyaga mos holda birlashtirish 
ma’nosi ni 
bildiradi. 
Tasviriy 
san’atda kompozitsiya deb badiiy 
asaming mazmuni, xarakteri va 
maqsadi bilan b o g iiq holdagi 
qurilishiga aytiladi.
«Kompozitsiya» 
so‘zi
tasviriy san’at termini sifatida 
muntazam 
ravishda 
Uyg‘onish 
davridan 
boshlab 
q o ilan a 
boshlandi. Boshqa paytda kompo- 
zitsiya termini tasvirlash savod- ; 
"
J.U m arbekov. Olis bolalik.
’m
é
i
xonligining asosiy elementlardan 
birini bildiradi, u orqali san’at 
asarlari quriladi va baholanadi.
Rassomlar asrlar davomida kompozitsiyaning ifodalovchi shartli 
tasvirlami (uchburchak, piramida, aylana, oval, kvadrat, to‘g‘ri 
to‘rtburchak va shu kabilar) izlab keladi. Bulami misollarda ko‘rish 
mumkin; G ‘. Abdurahmonov «Kashta tikuvchi qiz», J. Umarbekov «Olis 
bolalik», M. To‘xtayev «Oila», Inog'omov «Tinchük b o isin uyingda».
Qandaydir bir harakatsiz, o ‘zgarmaydigan obrazni ko‘rsatish uchun 
tutashtirilgan, yopiq, muvozanat (harakatsizlik) kompozitsiya to‘g‘ri 
keladi. Chiziqni asosiy yo'nalishi markazga tortilad!. Aylana, kvadrat.
210
www.ziyouz.com kutubxonasi


to‘g‘riburchak shakii simmetriyasini hisobga oigan holdagi qurilishi 
kerakli yechimini beradi.
Panoramli manzarani tasvirlash uchun, keng dalani ko'rsatish kerak 
boMsa, unda yon atrofmi qandaydir daraxtlar yoki binolar bilan yopish 
kerak emas, yaxshisi chegaradan tashqariga yo‘naltirilganligini 
ko‘rsatish terak.
Kompozitsiya ma’lum bir qonuniyatlar asosida quriladi. Uning 
qonun-qoidalari va usullari o'zaro bogiiqda bo‘lib, kompozitsiya 
tuzishning barcha holatlarida qatnashadi. Buning hammasi ham badiiy 
asaming yaxlitligi va ifodaliliga erishish uchun yo‘naltirilgan.
Kompozitsiyaning qonun-qoidalari, usullari va vositalari badiiy 
asarning qurilishida asosiy qonuniyatlari hisoblanadi.
Kompozitsiya qonun-qoidalari: harakatlami tasvirlash (dinami- 
ka), tinch holat (statika), oltin kesim (uchdan biri).
Kompozitsiya usullariga: kompozitsiyaning qismlar muvozanati, 
ritmi, simmetriya va asimmetriyasi, syujetli kompozitsiya markazini 
ifodalanishi kiradi.
Kompozitsiya vositalariga: format (hajm), fazoviy kenglik, 
kompozitsiya markazi, muvozanat, ritm, qarama-qarshilik, yorug‘-soya, 
rang, dekorativlik, dinamika va statika, simmetriya va asimmetriya, 
oChiqIik va yopiqlik, yaxlitliklar kiradi. Shunday qilib, kompozitsiya 
vositasi - yaratish uchun zarur bo‘lgan barchasi, shuningdek, uning usul 
va qoidalarini o‘ziga qamrab oladi. Ular turli-tuman, boshqacha 
aytganda kompozitsiyaning badiiy ifodalash vositasi deb ataladi.
Kompozitsiya usullari
Ritm , h a ra k a t va tinch holatni tasvirlash. Ritm - universal tabiiy 
xususiyatga ega bo'lib, har doim harakatni anglatadi. San’atdagi va 
hayotdagi ritm - bu bitta ma’nodagi narsa emas. Tasviriy san’at 
asariarida ham, musiqadagi kabi, faollik, keskinlik, maydali ritm yoki 
silliq, xotirjam, sekinliklami farqlash mumkin.
Ritm 
-
ma’lum 
ketma-ketlikdagi 
element 
qismlaming 
takrorlanishi.
Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va amaliy san’atda ritm 
kompozitsiyaning muhim ifodalovchi vositasi kabi boMib, tasvirni 
qurilish mazmuniga ma’lum hissiyotlikni baxsh etadi.
Ritmni chiziqlar, yorug‘ va soya dog‘lari, rang dog'lari bilan berish 
mumkin. Kompozitsiyaning bir xil elementlaming takrorlanishidan
211
www.ziyouz.com kutubxonasi


foydalanish mumkin. Ritm yordami orqali tekislikda harakatlarni 
ifodalash mumkin.
San’at asaridagi harakat - vaqtni ifodachisidir.
Portret, manzara yoki natyurmort kabi janrlarda haqiqiy rassomlar 
oddiygina tasvirlamaydi, ulaming tasviri dinamika bilar toidiradi, 
harakatdagi uning mohiyatini ifodalaydi, m a’lum davrning vaqti ichida 
yoki kelajakni taqdim etadi.
Ritm va h a ra k a t. Harakat mavjud boMgan san’at asarlarini 
dinamik harakatdagi kabi ta’riflanadi. Nima uchun ritm harakatni 
ko‘rsatadi. Bu esa 
bizning ko‘rish a ’zolarimiz xususiyatlari bilan 
bo g iiq. Masalan, toiqinlam i kuzatganimizda, nigohimiz bir toiqindan 
boshqasiga ko‘chayotganda ularning harakatida illyuziya paydo boiadi. 
Rassomlar o ‘z asarlarida illyuziya harakat ko'rinishlarini yaratishda 
uning xarakteriga alohida urg‘u beradi. Ba’zi bir ko‘rinishíami ko‘rib 
chiqamiz.
Asami yaxlit bir butunlikda ko‘rganimizda harakat holati 
tushunarli boiad i. Harakatdagi obyekt oldida bo‘sh fazoviy kenglik 
b o isa harakatni xayolan davom ettirish uchun imkoniyat tug'diradi, 
go‘yoki a bilan birga harakat qilishga chorlaydi.
Boshqa bir holatda esa ot-arava butunlay to‘xtab qolgandek. 
Qog‘oz qirrasi unga harakat qilishga imkon bermayotganday tuyuladi.
H a ra k a t holatiga misollar.
Harakat holatiga misollar Qalamtasvir chiziq yo‘nalishlari yordamida 
harakatni chizish mumkin. Haykaltarosh «Disk uloqtiravchi» haykalida 
qahramon kuchining eng tig iz holatini aks etgan.
Fondagi vertikal yoki gorizontal chiziqlami ko‘pligi harakatni 
to'xtatib qo‘yishi mumkin. Harakat y o ‘nalishining o‘zgarishi uni 
tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi.
San’at asarlarida harakatsizlikni his etish yuz berishi mumkin. 
Masalan, K.Korovinning «Qishda» asarida diagonal yo‘nalishlaiiga 
qaramasdan ot chana bilan tinch turibdi, harakatning 
3
^
0
‘qHgERi his
212
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilishda quyidagi sabablardir: suratning geometriic va icompozitsiya 
markazlarini mos kelishi, kompozitsiya muvozanatli iiisoblanadi va ot 
oldidagi fazoviy kenglik daraxtlar bilan to'sib qo‘yilgan.
Rangtasvir, 
grafika, 
haykaltaroshlik, 
me’morlik 
asariarida 
kompozitsiya markazi ajratib ko'rsatiladi. Masalan, Uyg‘onish davri 
rassomlari kompozitsiya markazi mato markazi bilan mos tushishini 
afzal ko‘rgan. Bosh qahramonlarni shunday joylashtirib, rassomlar 
ulaming muhim o‘rnini, syujet uchun ma’noligini ajratganlar.
Rassomlar surat kompozitsiya qurilishining ko‘pchilik turlarini 
kashf etgan, masalan, kompozitsiya markazi asaming syujet maqsadi, 
agarda talab qilsa, unda matoning geometrik markazidan xohlagan 
tomonga surilishi mumkin. Bunga Rembrandtning,«Adashgan o‘g‘lining 
qaytishi» nomli asari kompozitsiyaning klassik namunasi sifatida bo‘la 
oladi, chunki suratning asosiy g‘oyasini aniqroq yoritish uchun 
kompozitsiya markazini o‘ng tomonga surib tasvirlagan. Suratda tug'ilib 
o‘sgan ostonada ota-bola uchrashuvi tasvirlangan.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə