S t a t I s t I k a


 Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari



Yüklə 8,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/224
tarix19.12.2023
ölçüsü8,69 Mb.
#152907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   224
Shadiyev Xamid Azimovich- Statistika- Darslik

2.2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari
Statistik kuzatish informatsiya yetkazib beruvchi subyektlar kategori- 
yalariga qarab quyidagi shakllarga bo‘linadi:
1. M a’muriy m a’lumotlami to ‘plash. M a’muriy idoralar (soliq, bojxona, 
nikohdan o‘tkazish va h. k.) statistika organlariga o‘z faoliyatlari haqida 
m a’lumotlami pulsiz va so‘ralgan vaqtda yetkazib berishga majburdirlar.
2. Boshlang‘ich statistik m a’lumotlarni to‘plash. R o‘yxatdan o‘tgan 
barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar 
orqali to ‘planadi.
1. 
Statistika organlar to ‘plagan m a’lumot. Statistika organlari uv 
xo‘jaligini o‘rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o ‘tkazishadi, aholi
34


ro‘yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to ‘plangan m a’lumot. 
Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus 
uyushtirilgan statistik kuzatishlarga b o iin ad i (2.1-rasm).
2.1-rasm. Statistik kuzatishning shakllari, usullari va turlari
Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga b o ‘linadi) statistik 
kuzatishning asosiy shakli bo‘lib,ubarchakorxonavatashkilotlarfaoliyati 
haqidagi boshlang‘ich m a’lumotlarni to ‘plash uchun imkoniyat yaratadi. 
Uning m a’lumot manbai buxgalteriya va operativ hisob hujjatlarida qayd 
etilgan boshlang‘ich yozuvlardir. Joriy statistika butunlay va to‘laligicha 
hisobot ma’lumotlariga asoslanadi. Hisobot m a’lumotlari, qaysi darajada 
bo‘lmasin (korxona, tuman, viloyat va respublika), operativ boshqarishda 
va belgilangan rejalarning bajarilish darajasini o ‘rganishda juda katta 
ahamiyatga ega. Ammo statistik hisobot qanchalik yaxshi yo'lga qo‘yil- 
masin, qanchalik tez va aniq m a’lumotlarni yetkazib bermasin, uning
35


m a’lumotlari amaliy menejment uchun, ilmiy asoslangan xulosalar 
chiqarish uchun, strategik yo‘nalishlami belgilash uchun yetarli emas. 
Shuning uchun ham hisobot bilan bir qatorda statistikada maxus tashkil 
qilingan statistik kuzatishlar keng qo'llaniladi. Maxsus tashkil qilingan 
statistik kuzatishlarga aholi ro ‘yxatini misol keltirishimiz mumkin. 
Sobiq ittifoq chegarasida aholi 7 (1920, 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 
1989yillar) marta ro‘yxatdan o ‘tkazilgan. Aholi ro ‘yxatini o ‘tkazishdan 
maqsad, uning soni, joylanishi, tarkibi, migratsiyasi, yoshi, ish bilan 
bandligi va h. k. to ‘g ‘risida bebaho m a’lumotlar to ‘plashdir.
Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalaming 
sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga-uzluksiz, fursatli va 
bir y o i a kuzatishga ajratish mumkin.
Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar ro ‘y berishi bilanoq qayd qilina- 
digan kuzatish tushuniladi. Masalan, bola tug‘ilishi, nikohdan o‘tish kabi 
voqea (hodisa)lar sodir bo‘lishi bilanoq, y a’ni o ‘sha kunning o ‘zidayoq 
qayd etiladi.
Fursatli kuzatish deganda m a’lum muddatlarda o ‘tkaziladigan kuza­
tishlar tushuniladi. Masalan, aholi ro ‘yxati va boshqalar.
Bir y o ‘la kuzatish deb birorta masalani yechish uchun o ‘tkazilgan ku­
zatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalarini jihozlanish darajasining 
bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini o‘rganish uc­
hun maxsus kuzatish o‘tkazish. Bunday kuzatishni keyinchalik o'tkaz- 
maslik ham, zaruriyat tug‘ilsa, yana o ‘tkazish ham mumkin.
O ‘rganilayotgan to ‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab, 
statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga 
bo‘linadi.
Yoppasiga kuzatishda to ‘plam birliklarining barchasi kuzatiladi. M a­
salan, O ‘zbekistonda aholi ro‘yxati o‘tkaziladigan bo‘lsa, respublika 
fuqarolaming barchasi (qayerdaligidan qat’i nazar) ro‘yxatga olinadi. Bu 
degani fuqaro chet davlatdami, dengizdami, okeandami va hatto, kos- 
mosdagi kishi ham ro ‘yxatdan o ‘tishi kerak.
Qisman kuzatishda o ‘rganilayotgan to'plam birliklarining bir qismi 
kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish to ‘rtta turga: anketa orqali ku­
zatish, monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga 
boiinadi.
Anketa orqali kuzatishda savollar yozilgan varaqalar kuzatish birlikla- 
riga tarqatilib, ular to'ldirilgandan so‘ng yig‘ishtirib olinadi va umum-
36


lashtiriladi. Bunday kuzatish jam oatchilik fikrini aniqlashda va ayniqsa, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida ayrim hodisa va voqealar bo‘yicha maxsus 
mustaqil ekspertlarning fikrlarini bilishda yaxshi natija beradi.
Monografik tasvirlash deganda to'plam ning bir bo‘lagini har tomon- 
lama va chuqur o'rganish tushuniladi. Masalan, viloyatda bir jinsli 104ta 
korxona bor, shundan 4 tasi juda ham ilg‘or. Ana shu to ‘rtta korxonani 
ilg‘orlik sabablarini o'rganish uchun u korxonalarda: ishni tashkil etish; 
asosiy va oborot fondlaridan foydalanish; mehnat unumdorligi; ish re- 
jalarining bajarilishi; jihozlam i yangilanganlik darajasi; resurslardan 
to'liq va samarali foydalanish darajasi va h. k. chuqur va har tomonlama 
o‘rganiladi. Ushbu o‘rganish monografik kuzatish deyiladi. Xulosani 
chuqur yoki batafsil yozish, o ‘rganish va olingan natijalami chop qilishga 
monografiya deyiladi. Asosiy massivni kuzatishda о ‘rganilayotgan belgi 
umumiy hajmining o ‘zgarishiga olib keladigan eng salmoqli o‘rin tut- 
gan birliklar ajratib olib o‘rganiladi. Masalan, shaharda 150 oziq-ovqat 
do'koni boMib, shundan 15 tasi tovar oborotining 70-80 foizini beradi. 
Demak, 150 ta oziq-ovqat do‘konining barchasini o ‘rganib o ‘tirmasdan, 
15 do‘konni o‘rganib shaharda oziq-ovqat savdosi qanday tashkil qilin- 
ganligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Tanlab kuzatish deganda bosh to‘plamdan bir qismini tanlab olib tek- 
shirish tushuniladi. Agarda kuzatishning bu tori to ‘g ‘ri tashkil qilinsa, 
qisman kuzatishning turlari ichida eng yaxshi o'rganilgan m a’lumotlar 
umumiy to ‘plam haqida to ‘la-to‘kis va aniq filer yuritish imkonini beradi. 
Bu kuzatishda asosiy muammo tanlanma to ‘plamning reprezentativligini 
(vakolatliligini) ta’minlashdir.
Agarda tanlab olingan to'plam da bosh to‘plamning muhim xususiyat- 
lari namoyon b o is a , u to'plam reprezentativ deyiladi. Reprezentativlikni 
ta ’minlash tanlash usullarini to ‘g‘ri belgilashga bog'liqdir. Statistikada 
tasodifiy, tipik, mexanik va seriyalab tanlash usullari mavjud. Bu usullar 
mazmuni tanlab kuzatish mavzusida yoritiladi.
Boshlang‘ich m a’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish 
bevosita kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi.
Bevosita kuzatishda kuzatuvchi o‘rganilayotgan to ‘plam birliklarini 
birma-bir ko‘rib, sanab, tortib va o‘lchab, keyin ro'yxatdan o‘tkazadi. 
Hujjatli usulda esa, kerak boMgan m a’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan 
olinadi. Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, 
olingan javoblar kuzatish varaqasiga yoziladi. Bu usulda so'raluvchidan
37


hech qanday hujjat talab qilish m um kin emas. B u usulga aholi ro ‘yxatini 
misol keltirish mumkin. S o ‘roq-javob usuli, o ‘z navbatida, uchga b o !lina- 
di: og‘zaki usul; o ‘z-o‘zini qayd qilish usuli; korrespondensiya usuli.
O g;zaki usulda, kuzatish organlari tom onidan m axsus tayyorlangan 
shaxslar kuzatilayotgan shaxslarga o g ‘zaki savol berib, jav o b oladilar. 
Olingan javoblar varaqaga yozilib, keyin umum lashtiriladi.
0 ‘z-o ‘zini qayd qilish usulida kuzatuvchi m axsus tayyorlangan so ‘- 
rov varaqasini kuzatuvchilarga tarqatadi va m a’lum vaqtdan so ‘ng to ‘l- 
dirilgan varaqalam i y ig ‘ishtirib oladi. Bu usulda savollarga javobni ku­
zatilayotgan shaxslam ing o ‘zi beradi va o ‘z qo‘li bilan savol varaqasini 
to ‘ldiradi. Zarur b o ‘lgan m a’lum otlam i ixtiyoriy korrespondentlar orqali 
ham to ‘plash mumkin. B unga m isol sifatida G ermaniyada chorrahalarda 
ixtiyoriy valantyorlar turib (kamida uch kishi) y o ‘l qoidasini buzgan hay- 
dovchilar haqidagi m a’lum otlam i politsiya xodim lariga yuborishlarini 
keltirish mumkin. Oxirgilari esa, haydovchilarga nisbatan chora belgi- 
laydilar. U lam i o ‘zaro uchrashuvi ta ’m inlanm aydi. Valantyorlarga to ‘la 
ishoniladi.

Yüklə 8,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə