S t a t I s t I k a



Yüklə 8,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/224
tarix19.12.2023
ölçüsü8,69 Mb.
#152907
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   224
Shadiyev Xamid Azimovich- Statistika- Darslik

Kuzatish birligi 
- bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga 
ega b o ig a n birlikdir. K uzatish birligi b o ‘ lib aholi ro ‘yxatida har bir shaxs, 
korxonalar ro ‘yxatida har bir korxona hisoblanadi.
K uzatish birligi bilan to ‘plam birligini alm ashtirm asligim iz kerak. 
U lar ayrim vaqtda bir-biriga teng. Masalan, aholi ro'yxatida har bir shaxs 
ham kuzatish birligi, ham to ‘plam birligi hisoblanadi. Ayrim paytda 
ular o ‘zaro teng emas. M asalan, sanoat korxonalarida jihozlar ro‘yxatga 
olinganda sanoat korxonasi kuzatish birligi, har bir jih o z esa, to ‘plam 
birligi bo‘lib hisoblanadi.
Kuzatish form ulyari 
- bu berilgan savollarga olingan javoblar 
to ‘ldirilgan hujjat. U ikki xil bo‘ladi: a) alohida shakldagi formulyar. 
U nga tijorat korxonasining yillik hisobotini m isol keltirish mumkin. b) 
ro ‘yxat shaklidagi formulyar. U nda bitta emas, balki bir nechta hisob 
birliklari haqida m a’lum ot keltiriladi.
Yo‘riqnom a 
~ bu statistik kuzatish dasturidagi barcha savollarga 
to 'g ‘ri, aniq va bir xilda javob qaytarishni ta’minlaydigan ko'rsatmalar, 
tushuntirish va talqinlar to ‘plami. Yo‘riqnom ada har savol va unga be- 
riladigan javob turli variantlarda talqin qilinadi. Savollar b o ‘lmasa, 
m a’lum otlam i qayerdan va kimdan olish, kuzatish obyekti va birligi
kuzatish muddati, kuzatish m ateriallarini rasm iylashtirish tartibi, topshi- 
rish v a jo 'n a tish muddati, ko'rsatkichlarni hisoblashning yagona texnolo- 
giyasi va boshqa masalalar batafsil yoritiladi.
Statistik kuzatishning tashkiliy m asalalari quyidagilarni o ‘z ichiga 
oladi: kuzatish organi; kuzatish vaqti va muddati; kuzatish joyi; boshqa 
tashkiliy masalalar.
Kuzatish organi 
- bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil 
qiladigan va o ’tkazadigan tashkilotdir. Aholi ro ‘yxatini o ‘tkazishda, so-
39


biq ittifoq paytida, faqatgina M arkaziy statistika boshqarmasi (M SB) 
kuzatish organi b o ‘lib hisoblanardi. K uzatish organi b o ‘lish uchun (ku­
zatish o ‘tkazishdan oldin, kuzatish paytida va undan keyin) ju d a katta 
javobgarlikni bo‘yniga ola oladigan va shu ishni kam i-ko‘stsiz bajarishga 
qurbi yetadigan tashkilot b o ‘lishi kerak. Bu javobgarlik о 4 a m uhim va 
boshqalardan farq qiladi. Masalan, aholi ro ‘yxatini o ‘tkazish organi 
bo‘lgan tashkilot ishiga shu m am lakatning xalqi, hukum ati va bir qancha 
nufuzli xalqaro tashkilotlar baho beradi.

Yüklə 8,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə