S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Sistematikasi. 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
 
(Magnoliopsida yoki Dicotyledones)
- Магнолиевые или
 
Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Yalpizkabilar 
(Lamiidae) 
- Яснотко-вые (Губоцветные) 
Qabila. 
Sigirquyruqnamolar (Scrophulariales) - Норичниковые 
Oila. 
Zubturumdoshlar (Plantaginaceae Juss.) - Подорожниковые 
Turkum. 
Zubturum (Plantago L.) - Подорожник
Tur. Zubturum, bargizub (Подорожник большой) 
Plantago major L. 
Katta zubturum 
Zubturumdoshlar - 
Plantaginaceae 
oilasiga mansub bo‘lib, kalta va yo‘g‘on ildizpoyali, 
poyasiz ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Yer ustki qismini ildizoldi barglari va 10-50 sm balandlikdagi 


109 
gul o‘qi tashkil qiladi. Barglari uzun, qanotli bandli, keng tuxumsimon yoki keng ellipssimon, 
tekis qirrali, 3-9 ta yoysimon asosiy tomirli bo‘ladi. Gul o‘qi bitta yoki bir nechta. Mayda, 
ko‘rimsiz, to‘rt bo‘lakli gullari gul o‘qi uehidagi boshoqsimon to‘pgulga joylashgan. Mevasi 
tuxumsimon, ko‘p urug‘li ko‘sakcha. 
26
Zubturum yo‘l chekkalarida, ariq, daryo, buloq bo‘ylarida, bog‘larda, botqoqliklarda, dalalarda, 
ekinzorlarda, o‘tloqlurdu. o‘rmon chetlarida o‘sadi. 
Dorivorlik xususiyati
: Tibbiyotda zubturumning bargi bilan gul ustki qismi ishlatiladi. 
Barglari yil bo‘yi kalta bandli qilib qirqib olinadi va tezlikda soya yerda quritiladi. Yer ustki 
qismi o‘simlik gullagan vaqtda yig‘iladi va quritilmasdan undan shira olish uchun farmatsevtika 
zavodlariga yuboriladi. Zubturum bargi bilan yer ustki qismi tarkibida 0,1% efir moyi, shilliq 
moddalar, saponinlar, aukubin glikozidi, S vitamini (300 mg% gachA. va К vitamini, 4,5-32,91 
mg% karotin, flavonoidlar (lyuteolin, apigenin, baykalalien va ularning glikozidlari), organic 
kislotalar, 
oshlovchi 
va 
boshqa 
biologik 
faol 
moddalar, 
urug‘ida 
22% 
gacha 
yog‘ 
saponinlar, 
44% 
gacha 
shilliq 
va 
boshqa 
biologik 
faol moddalar mavjud. Katta zubturumning dorivor preparatlaridan (damlamasi, yangi yig‘ib 
olingan bargi yoki yer ustki qismining konservatsiya qilingan shirasi, shirasidan tayyorlangan 
plantaglyusid preparati) m e’daichak kasalliklari (gastrit, cnterit, enterokolit), yo‘g ‘on 
ichakning yallig‘lanishi, me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolashda 
foydalaniladi. Bundan tashqari, me’da shirasining kislotaliligi kamayib ketgan hollarda ham 
ishlatiladi. Bargi yoki yer ustki qismi shirasi bilan tuzalishi qiyin bo‘lgan kolit kasalligi va 
yaralar davolanadi. Zubturum bargi yo‘talga qarshi ishlatiladigan yig‘malar-choylar 
tarkibiga kiradi. Zubturum qadimdan xalq tabobatida turli kasallikiami davolashda keng 
ishlatilib kelingan o‘simlik hisoblanadi. Uning bargi bilan Abu Ali ibn Sino o‘z vaqtida qiyin 
bitadigan yaralarni, shishlami (xavfli shishlami ham), ko‘z yallig‘lanishi, jigar, buyrak va 
boshqa kasalliklami davolagan hamda qon to‘xtatish uchun ishlatgan. Jigar va buyrak 
kasalliklarida hamda qon tupurishda bemorga zubturum urug‘ining qaynatmasini ichirgan. 
Bargidan tayyorlangan damlamasi yoki quritilmagan barg shirasi xalq tabobatida nafas yo‘llari, 
ko‘z, teri, bezgak, yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi va turli yuqumli kasalliklarni hamda kuydirgini 
davolashda ishlatilgan. 
26
M.A. Jo‘rayeva “ Dorivor o‘simliklar atlasi” O‘quv qo‘llanma. T 2019


110 
Zubturum, bargizub - 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə