S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Turkum. 
Tog'rayhon (Origanum I.) -Душица
Tur. Oddiy tog’rayxon - Origanum vulgare L. Ko’p yillik, bo’yi 30-60, ba’zan 90 sm ga 
yetadigan xushbo’y o’t o’simlik. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, yuqori qismi sershoxli, tukli va 
to’rt qirrali bo’ladi. Bargi oddiy, cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali bo’lib, bandi 
bilan poyada qarama-qarshi o’rnashgan. Gullari mayda, barg qo’ltig’ida 2-3 tadan joylashib
qalqonsimon to’pgul hosil qiladi. Qalqonsimon to’pgullar poya uchida ro’vaksimon to’pgulni 
vujudga keltiradi. Mevasi – kosachabarg bilan birlashgan to’rtta yong’oqcha. Iyun oyidan 
boshlab sentyabrgacha gullaydi. Mahsulotdan tayyorlangan preparatlar ichak atoniyasi 
kasalligida hamda ishtaha ochuvchi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi dori sifatida 
ishlatiladi. Efir moyi esa tish og’rig’ini qoldirishda ishlatiladi. 
Zubturumdoshlar
(Plantaginaceae) oilasi ikki urugʻpallali yoki magnoliyasimonlar sinfiga 
mansub koʻp 
yillik va bir 
yillik 
oʻsimliklar oilasi. 
260 turni oʻz 
ichiga 
olgan 
3 turkumdan iborat. Oiladagi eng katta turkum zubturum (
Plantago
) moʻʼtadil iqlimli 
mintaqalarda oʻsadi. Bir necha turdan tashkil topgan litorella (
LitorellA.
turkumi 
faqat Yevropa, Azor 
orollari va Janubiy 
Amerikada uchraydi. 
Bitta 
turdan 
iborat bouguyeria (BougueriA. 
turkumi 
esa 
Jan. 
Amerika 
uchun 
endemik 
hisoblanadi. Oʻzbekistonda Z.ning 6 turi usadi. Ularning gullari mayda, rangsiz, guldor poya 
uchi-dagi boshoqsimon toʻpgulga joylashgan. Gul boʻlaklari toʻrtta (kosabargi toʻrtta, tojbargi 
toʻrtta, changchisi toʻrtta, urugʻchisi ikkitA., tojbarglari rangsiz yupqa pardachadan iborat. 
mevasi qopqoqchali koʻsakcha, chorva mollari uchun oziqlik qiymati kam, baʼzi turlari dorivor 
hisoblanadi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə