S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Tur. Dorivor qoqio‘t (Одуванчик лекарственный) -



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Tur. Dorivor qoqio‘t (Одуванчик лекарственный) - 
Taraxacum officinale Web. 
Dorivor 
qoqio‘t Astradoshlar - 
Asteraceae (Compositae) 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 15-60 sm ga 
yetadigan ko‘p yillik o ‘t o‘simlik hisoblanadi. Barglarining hammasi ildizoldi bargdan tashkil 
topgan qisqa bandli, nishtarsimon yoki cho‘ziq nishtarsimon, patsimon kesik qirrali bo‘ladi. 
Gul o‘qi silindrsimon, ichi kovak, bo‘yi 15-30 sm bo‘lib, uning uchiga tilla sariq rangli tilsimon 
gullardan tashkil topgan savatcha gulto‘plami joylashgan. Qoqio‘tning mevasi - uchmali pista. 
Qoqio‘t aprel-may oylaridan boshlab, to sovuq tushguncha gullaydi va mevasi yetiladi. Qoqio‘t 
keng arealli o‘simlik hisoblanadi, yer sharining deyarli barcha geografik mintaqalarida 
tarqalgan bo‘lib, Arktika va qum-sahro, cho‘l zonalardan tashqari hamma yerda nam joylarda, 
yo‘l chekkalarida, ariq bo‘ylarida, bog‘larda, o‘tloqlarda, dalalarda o‘sadi. 
Dorivorlik xususiyati. Qoqio‘t ildizining qaynatmasi va quyuq ekstrakti ishtaha ochish, ovqat 
hazmini yaxshilash uchun va o‘t haydovchi vosita sifatida jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari 
kasalligida qo‘llaniladi.
Abu Ali ibn Sino qoqio‘t shirasi bilan jigar va istisko kasalligini, ildizining sut shirasi bilan 
csa kozga tushgan oqni davolagan. Chayon chaqqan joyga u qoqio‘tning quritilmagan yer ustki 
qismini ezib bog‘lashni tavsiya qiladi.
Turkum. 
Qushqo'nmas (Cnicus L.) — Волчец, Кникус 
Tur. Qushqo‘nmas, sariqgul 
(Волчец кудрявый) - 
Cnicus benedictus L. 
Qushqo‘nmas 
astradoshlar (murakkabguldoshlar) —
Asteraceae (Compositae) 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 
15-30 smga yetadigan bir yillik o‘t o‘simlik hisoblanadi. Qushqo‘nmas tog‘ etaklarida, tog‘ 
yonbag‘irlarida, yo‘l chekkalarida, begona o‘t sifatida bog‘larda va ekinzorlarda o‘sadi. U 
Markaziy Osiyo, Kavkaz va MDH davlatlarining Yevropa qismida, xususan, janubiy 
hududlarida tarqalgan 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə