S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Turkum.  Tog'rayhon (Origanum I.) - Душица Tur



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Turkum. 
Tog'rayhon (Origanum I.) - Душица
Tur. 
Tog’rayhon (Origanum tyttanthum Gontsch.) o’simligi bo’yi 30-90 sm. bo’lgan ko’p 
yillik dorivor o’simlik. O’simlikning gullash davrida yig’ib-terib olingan yer ustki qismidan 
dorivor maqsadlarda foydalaniladi. Uning tarkibida 2,2% efir moyi, 6-8% tanidlar, 
mikroelementlar, organik kislotalar, C vitamini, timol, karvakrol moddalari hamda uning 
mevasida 28% o’simlik moylari uchraydi.
Dorivorlik xususiyati. Tog’rayxon (Origanum tyttanthum Gontsch.) o’simligidan xalq 
tabobatida ham, ilmiy meditsinada ham foydalaniladi. Uning o’tlaridan tayyorlangan damlama 
balg’am ko’chiruvchi, siydik haydovchi, o’t haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Uning 
qaynatma va choylari yurak og’riqlarida, tutqanoqda, yo’talda, tuberkulyozda, ich ketganda
jigar hastaliklarida gipertoniyada, epilepsiyada, ishtaha ochishda, ovqat hazm qilishni 
yaxshilashda ishlatiladi. 
 
Turkum. 
Tog'jambil (Thymus L.) - Тимьян, Чабрец 
Tur.
O’rmalovchi tog’jambili (Thymus serpyllum L.) o’simligi ko’p yillik dorivor o’simlik. 
O’simlikning yer ustki qismlari dorivor hisoblanadi va u yoppasiga gullagan davrida yig’ib 
olinadi hamda soyada quritiladi. Vatani ispaniya va Fransiyaning janubi, MDH davlatlarida
Krasnadar o’lkasida, Qrim, Ukrainanaing janubida va Moldoviyada o’sadi. 
25
O’rmalovchi tog’jambili (Thymus serpyllum L.) o’simligining yer ustki qismlarida ancha 
miqdorda efir moylari mavjud. Undan tashqari o’simlik tarkibida oshlovchi moddalar, achchiq 
modda va bo’yoqbop moddalar bor.
25
M.A. Jo‘rayeva “ Dorivor o‘simliklar atlasi” O‘quv qo‘llanma. T 2019


108 
Dorivorlik xususiyati
. O’simligining qaynatmalari, suyuq ekstraktlari shamollash 
kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Undan tashqari dezinfeksiya 
xususiyatiga ega. O’rmalovchi tog’jambili (Thymus serpyllum L.) o’simligi ham xalq tabobati 
va ilmiy tibbiyotda keng miqyosda qo’llaniladi 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə