S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Turkum.  Qoraqobiq, Omonqora (Ungernia Bunge) - Унгерния Tur. Viktor ungеrniyasi (Omonqora)-Ungernia Victoris Uved



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Turkum. 
Qoraqobiq, Omonqora (Ungernia Bunge) - Унгерния
Tur. Viktor ungеrniyasi (Omonqora)-Ungernia Victoris Uved
. Ko’p yillik o’t o’simlik. 
Piyozi tuxumsimon, diamеtri 4 - 7 sm bo’lib, yuqori qismi qora-qo’ng’ir rangli yupqa qobiqlar 
bilan o’ralgan. Ildizoldi barglari chiziqsimon 4-10 ta bo’ladi, gul o’qi bargsiz bo’lib, ildizoldi 
barglari qurib qolganda so’ng bir ikki oy o’tgach o’sib chiqadi. Gullari qizg’ish, poya uchida 
oddiy soyabonga to’plangan.
29
Botanika,morfologiya, anatomiya, sitemstika,geobotanika O’. Pratov, L. Shamsuvaliyeva
, E. Sulaymonov., 
X.Axunov., K.Ibodov., V. Maxmudov , “ Ta’lim nashriyoti” Toshkent- 2010, 243-bet


114 
Viktor ungеrniyasi (OmonqorA.-Ungernia Victoris Uved
Gulqo’rg’oni oddiy voronkasimon 6 ta ingichka lantsеtsimon tojbargdan tashkil topgan. Otaligi 
6 ta, onalik tuguni uch xonali. yuqoriga joylashgan. Mеvasi pishganda ochiladigan uch chanoqli 
ko’sak. Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Ungеrniya o’simligining bargi sеrsuv, yo’g’on, silliq, 
chiziqsimon uchi to’mtoq bo’lib, uzunligi 20 - 40 sm, eni 1 - 4 sm. Mahsulotning piyozi esa 
diamеtri 12 sm, tuxumsimon bo’lib to’q jigarrang, qora rangdagi yupqa qobiq po’stlar bilan 
qoplangan. Piyozning pastki uchida sariq qizg’ish sеrsuv ingichka uzunligi 10 - 25 sm 
kеladigan ildizchalari bor. 
Dorivorlik xususiyati.
Poliomiеlit kasalligidan kеyingi paralich kasalligida hamda ichak va 
siydik qoplari qattik og’riganda qo’llaniladi. Galantamin bromgidrat va likorin gidroxlorid 
tablеtka holida chiqariladi
Gulafsardoshlar oilasi vakillari ko’p yillik ildizpoyali, piyozboshli yoki tugunaksimon ildizli 
o’simliklar. Ular tropic, subtropik va mo’tadil iqlimli viloyatlarda , ayniqsa ko’proq Janubiy 
Amerikada, O’rtayer dengizi, G’arbiy va Sharqiy Osiyoda, Markaziy va Janubiy Amerikada 
tarqalgan O’rta Osiyoda 6 ta turkum, 57 ta tur, O’zbekistonda 6 ta turkum 32 ta turi tarqalgan. 
30

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə