S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Dorivorlik xususiyati
: Zamonaviy tibbiyotda rastoropsha xom ashyosi o‘tkir surunkali gepatit, 
serroz va o‘t yo‘llarining shikastlanishlarini davolash uchun ishlatiladi. O‘t haydovchi va 
yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida xalq tobobatida keng qo‘llaniladi. Urug‘laridan 
tayyorlangan damlama gepatit va o‘t qopi kasalligida yaxshi yordam beradi. SHuningdek, taloq 
va bavosil kasalliklarida ham yordam beradi 
Turkum. 
Moychechak (Matricaria L.) - Ромашка 
Tur. 
Dorivor moychechak - (Matricaria chamomilla) bo‘yi 15-40 sm ga etadigan bir yillik
o ‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, 
segmentlari ingichka chiziqsimon, o'tkir uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil
moychechakniki kalta bandli) savatchaga to'plangan gullar bilan tamomlanadi. Savatcha


105 
chetidagi gullari oq, tilsimon, o‘rtadagilari esa ikki jinsli, sariq, naychasimon. Mevasi - 
qo‘ng‘ir-yashil pista. May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi.
Dorivor moychechak keng
tarqalgan bo iib , u asosan o‘tloqlarda, ekinzorlarda (begona o ‘t sifatida), yo‘l yoqalarida
o‘sadi. Asosan Rossiyaning Yevropa qismining janubida, Kavkaz, Qrim, Ukraina, Sibiming 
janubiy tumanlari va O‘rta Osiyoda uchraydi. Yashil moychechak Sobiq Ittifoqning Yevropa
qismida, G ‘arbiy Sibir va Uzoq Sharqda keng tarqalgan. Mahsulot asosan Ukrainaning
janubida (Qrim, Xerson, Nikolaev, Odessa viloyatlarida), kamroq Krasnodar o‘lkasida,
Rostov viloyati, Moldova respublikasi va boshqa yerlarda tayyorlanadi.
 
Nihollarni biologik xususiyatlari
: Dorivor moychechak urug‘larini unishi 6-7°S dan
boshlansa-da, optimal harorat 20-2.5°S hisoblanadi. Agar urug‘lar ekilgandan so‘ng
namlik etarli bo‘lmasa, urug‘lar uzoq vaqtgacha unrnasligi mumkin. Bu vaqtda urug‘ ekilgan 
maydonlar sug‘oriladi. Nihollar imib chiqqandan so‘ng (namlik va havoning harorati normal
darajada bo’lganda) 20-40 kunda har bir niholda 6-10 tadan rozetka barglari o ‘sib chiqadi.
Kuzda ekilgan nihollar shu holda qishlaydi. Erta bahorda ekilgan nihollardan aprel oyining
birinchi o‘n kunligida 7-9 tadan rozetka barglari о‘sib chiqadi. Mart-aprel oyi davrida 
bahorning ser yomg‘ir kelishi natijasida rozetka barglari tez o‘sishi va yiriklashishi natijasida
o‘simlik o‘rtasida poyani о‘sib chiqishi va shoxlanishi kuzatiladi. O ‘simlikni namlik bilan
yaxshi ta’minlab borilsa, havo haroratining ko‘tarilib borishi natijasida may oyining
birinchi o‘n kunligida dastlabki gullar ochiladi. Umuman olganda bahorda ekilgan
urugiardan 30- 50 kunda dastlabki gullami ochilishini ko‘ramiz. Kuzatishlar shuni
ko‘rsatdiki, o ‘simlik poyalarida endigina paydo bo‘lgan gunchalardan 10-12 kunda gullar
ochilishi mumkin. Shubhasiz bunga havoning harorati, tuproq namligi va luproqdagi
oziqa elementlar muhim rol o‘ynaydi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə