S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


– diametri 3-6 sm bo‘lgan savatcha, cho‘zinchoq, ko‘pincha sharsimon,  novda va shoxchalarning uchida bir donali. Mevasi –



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

 –
diametri 3-6 sm bo‘lgan savatcha, cho‘zinchoq, ko‘pincha sharsimon, 
novda va shoxchalarning uchida bir donali. Mevasi

urug‘chalari kokilli, ellipssimon yoki 
teskari tuxumsimon, uzunligi 8 mm gacha, eni 2-4 mm, qalinligi 1-3 mm, ozgina yapaloq, 
tuksiz, yaltiroq, to‘q jigarrang yoki qora, uzun-uzun cho‘zinchoq qo‘ng‘irsimon dog‘larga ega. 
Rastoropshaning o‘sishi va rivojlanishiga agrotexnik usullar ham ta’sir qiladi: ekish usuli, urug‘ 
ekish me’yori, oziqlantirish rejimi, erga ishlov berish usullari, shu bilan birga meteorologik 
sharoitlar va boshqalar. Xalq tabobatida rastoropsha (olao‘t) o‘simligi o‘rta asrlardan beri 
ishlatilib kelishiga qaramasdan, uning dorivorlik xususiyatlarini bioekologik va agronomik 
nuqtai nazardan o‘rganish hozirgi vaqtda O‘zbekiston sharoitida nisbatan yaqin yillarda 
boshlandi. 
Rastoropsha (olao‘t) -
ning biologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari O‘zbekiston 
iqlim sharoitida o‘rganilmagan. Xususan, Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida bu o‘simlikni 
ko‘niktirish, iqlimlashtirish va dorivorlik xususiyatlarini va ularning morfologiyasi, biologiyasi, 
ekologiyasi, ayrim fiziologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va hosildorligini o‘rganish 


104 
zarurdir. Rastoropsha turli tuproq-iqlimli xududlarda o‘sadi. Yorug‘liq va issiqsevar o‘simlik, 
qurg‘oqchilikka chidamli. O‘sish xususiyatlari atrof muhit sharoitlariga juda bog‘liqdir. 
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi xar xil tezlik bilan sodir bo‘ladi, va natijada o‘simliklar 
vegetatsion massasining og‘irligi, generativ organlarining soni va massasi bo‘yicha, 
urug‘larining yetilish muddatlari bo‘ycha farq qiladi. Qurg‘oqchilik sharoitlarida hosildorlik 
pasayishining asosiy sababi bu o‘stiruvchi jarayonlarning bosib turilishidir. Natijada uning 
reproduktiv a’zolari va butun bir o‘simlikning o‘lchami kamayib ketadi. Rastoropsha 
rivojlanishining vegetatsion davri ancha uzun. Unib chiqishdan g‘unchalash davrigacha 
o‘rtacha 53 kun o‘tadi. Rastoropsha odatda iyul oyining ikkinchi o‘n kunligida gullaydi. 
Urug‘larning yoppasiga etilishi odatda avgustning birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi va iqlim 
sharoitlaridan kelib chiqqan xolda 20 iyuldan 5 sentyabrgacha o‘zgarib turadi. Gullashdan 
urug‘larning to‘liq etilishigacha bo‘lgan havoning faol harorat yig‘indisi o‘rtacha 1618 
0
S va 
1350 
0
S dan 1870 
0
S gacha o‘zgarib turadi. Rastoropshaning o‘sishi va rivojlanishiga 
agrotexnik usullar ham ta’sir qiladi: ekish usuli, urug‘ ekish me’yori, oziqlantirish rejimi, yerga 
ishlov berish usullari, shu bilan birga meteorologik sharoitlar va boshqalar. Rastoropsha 
mevasining tarkibiga 200 ga yaqin biologik faol birikmalar kiradi. Ular tarkibiga quyidagi 
moddalar kiradi: yog‘lar (20-30%) (tarkibi linolen – 56,57%, olein – 20,73%, palmitin – 8,01%, 
stearin – 4,79%, araxin – 2,70%, begenin – 2,09%, nonadetsil – 1,11%, lignotseril – 0,69%, 
miristin – 0,09% yog‘ kislotalaridan iborat); flavonoidlar (tarkibi flavonol (kempferol), 
digidroflavon (taksifolin) va degidrokempferol sinflaridan iborat); 

shakarlar – arabinoza, ramnoza, ksiloza, glyukoza; 

kul; 

makroelementlar (mg/g) – K-9,20; Ca-16,60; Mg-4,20; Fe-0,08; 

mikroelementlar: Mn-0,10; Cu-1,16; Zn-0,71; Cr-0,15; Al-0,02; V-0,01; Se-
22,90; Ni-0,20; Sr-0,08; Pb-0,08; I-0,09; B-22,40; 

efir moylari (0,1%). 
Rastoropshaning eng qimmatli moddalaridan biri flavonoid va fenilpropanoidlar 
jumlasiga kiruvchi noyob moddalarni – flavolignanlarni saqlashidir. Ularga silibin, silidianin, 
silikristin, tritsik ketonlar va adaptogen tabiatga ega bo‘lgan benzofuranlar kirib, bu moddalar 
o‘simlikning gepatoprotektorlik xususiyatini belgilab beradi 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə