S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Dorivorlik xususiyati
: Uning yer osti a’zolari tarkibida antratsen hosilalari (alizarin, ruberitrin 
kislota va boshqalar), qandlar, limon, olma va vino kislotalari va boshqa moddalar bor. 
Ildizpoyasi bilan ildizining dori preparatlari – kukuni va quruq ekstrakti, qaynatmasi siydik 
haydovchi, antiseptik va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida siydik yo‘llari, buyrak hamda 
podagra kasalligida qo‘llaniladi. Ro‘yan ekstrakti yuqorida keltirilgan kasalliklarda 
ishlatiladigan sistenal, enatin va boshqa murakkab preparatlar tarkibiga ham kiradi.


100 
Zaytundoshlar (Oleaceae)- oilasi doim yashil daraxt va butalar oilasi. Gullari roʻvaksimon 
toʻpgulda oʻrnashgan, toʻgʻri, qoʻsh gulqoʻrgʻonli, ikki, baʼzan ayrim jinsli, kosachasi mayda, 
koʻpincha, toʻrt tishli. Changchisi ikkita, urugʻchisi bitta. Urugʻkurtagi ikki yoki undan ortiq 
boʻlib, 
odatda, 
faqat 
bittasigina 
uruqqa 
aylanadi. 
Mevasi 
har 
xil 

koʻsakcha, qanotcha, danakcha yoki rezavor meva. Zaytundoshlarning 600 turini birlashtirgan 
29 turkumi bor. Tropik, subtropik va moʻʼtadil iqlimli mamlakatlarda, asosan, Shim. yarim 
sharda koʻp. 
Sistematikasi 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simliklar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
 
(Magnoliopsida yoki Dicotyledones)
- Магнолиевые или
 
Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha) . 
Yalpizkabilar 
(Lamiidae) 
- Яснотковые (Губоцветные) 
Qabila. 
Zaytunnamolar (Oleales) - Маслиновые 
Oila. 
Zaytundoshlar (Oleaceae Hoffmgg. et Link) - Маслинные 
Turkum
. Zaytun ( Olea L) - Маслинa 
Tur
. Zaytun daraxti ( 
Olea europaeA.
- zaytundoshlar oilasiga mansub, boʻyi 4 - 12 metrga 
boradigan, doim yashil subtropik daraxt. 
Zaytun daraxtlarining xarakterli xususiyati 
o‘simliklarning orqa tomonidagi kulrang-yashil rang bo‘lib, uning ichida gilamdadir. 
Bo‘limdagi barglar asta-sekin 2-3 yil davomida yangilandi. Subtropikalarda zaytun aprel 
oyining ikkinchi o‘n kunligidan yoz oyining boshiga qadar gullaydi. Mevasi 5 oy mobaynida 
pishib etishadi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə